24
Mamlakatda pul-kredit siyosatini amalga oshirish huquqi
faqatgina Markaziy bankka berilgan bo‘lib, bu siyosatni amalga
oshirish Markaziy bankning eng asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi.
Markaziy bankning pul-kerdit siyosati instrumentlarini shartli
ravishda bir necha mezonlariga qarab bo‘lish mumkin.
Shakl
bo‘yicha pul-kredit siyosati instrumentlari ma’muriy
(bevosita) va bozor (bilvosita) instrumentlarga bo‘linadi. Ta’sir etish
obyekti (pul talabi yoki pul taklifi)ga ko‘ra instrumentlar pul
qo‘llab-quvvatlovchi (kredit ekspansiya) yoki uni cheklovchi (kredit
restruktizasiyasi)ga bo‘linadi. Ta’sir etish muddatlariga qarab qisqa
muddat
va uzoq muddatga mo‘ljallangan instrumentlarga bo‘linadi
va h.k.
Ko‘pgina mamlakatlar tomonidan hozirda qo‘llanilib kela-
yotgan pul-kredit siyosatining vositalaridan biri bu tijorat
banklarining majburiyatlariga nisbatan majburiy zahira talablari
me’yoridir. Pul-kredit siyosatining bu vositasi qo‘llanilish jihatidan
sodda bo‘lib, tijorat banklarining to‘lovga qobiliyatliligi darajasiga
ta’sir qiladi. Shuning uchun hozirda, ayniqsa, rivojlanayotgan
mamlakatlarda pul-kredit siyosatining bilvosita usullaridan aynan
shu vositasi keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda, shu jumladan,
O‘zbekistonda eng samarali vosita(instrument) ham aynan shu
vositadir (bilvosita instrumentlardan).
Pul-kredit siyosatini moliya siyosati tarkibiga kiritilishi shubhasiz
emas, ammo ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va o‘zaro bog‘liqlik
shubhasizdir. Moliya siyosati tarkibiga byudjet siyosati bilan
birgalikda pul-kredit siyosatini kiritilishining to‘g‘riligini jahonda ro‘y
berayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz tahlili ham tasdiqlab turibdi.
Ma’lubki bu inqiroz faoliyat sohasi pul-kredit operatsiyalari
hisoblangan moliya bozorlaridagi inqirozdan boshlangan.
Dostları ilə paylaş: