377
bundan ko‘rinib turibdiki, joylashtirish vositalari sonining o‘zgarishi
YaIMdagi turizm hajmiga kuchliroq ta’sir etadi.
Regressiya tahlilining murakkab bosqichi olingan natijalarni
interpretatsiya qilish, ya’ni ularni statistika
va matematika tilidan
iqtisodiy talqinga keltirish kerak. Regressiya koeffitsiyenti
qiymati
qanchalik katta bo‘lsa, modellashtirilayotgan turistik xizmatlar
sotilishi hajmiga shunchalik sezilarli ta’sir ko‘rsatishi haqida xulosa
qilishimiz mumkin. Ayniqsa, bunda regressiya koeffitsiyenti oldidagi
ishora ham muhim ahamiyatga ega. Ushbu ishora turistik xizmatlar
hajmini statistik qayta ishlash natijasida olingan natijaviy belgining
xususiyatini ifodalaydi. Agarda omil belgisi musbat bo‘lsa,
ushbu
omil qiymatining ortishi bilan natijaviy ko‘rsatkich qiymati ortadi,
aksincha manfiy bo‘lsa, natijaviy ko‘rsatkich qiymati kamayadi.
Mazkur
ishoralarning
interpretatsiyasi
modellashtirilayotgan
belgining ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini to‘liq ifodalay oladi. Agarda
uning qiymati o‘sish xarakteriga ega bo‘lsa, u holda omillarning
ijobiy ishorasi ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijaviy ko‘rsatkich
qiymatining kamayishi omilning manfiy ishoraga ega ekanligi bilan
izohlanadi. Agarda omil belgisi manfiy bo‘lsa, regressiya tenglamasi
parametrlarini hisoblash ishlarini tekshirish lozim bo‘ladi
57
.
Korrelyatsion va regressiontahlil omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni va
ularning ta’sirini kuzatish imkonini beradi. Ushbu ko‘rsatkichlar
statistik ma’lumotlarni qayta ishlashda juda keng qo‘llanilgan holda
turistik xizmatlar sotish hajmi bilan bog‘liq
ishonchli prognoz
ko‘rsatkichlarni olish imkonini beradi.
Olingan modelning real jarayonlarga ishonchli(adekvat)ligini
tekshirish uchun quyidagi formula bilan ifodalanadigan Fisherning
F
-mezonidan foydalanamiz:
(30)
Hisoblab topilgan Fisherning
F
-mezon qiymatlari
F
-mezonning
kritik qiymatlaribilan taqqoslanadi. Agarda hisoblab topilgan qiymat
kritik qiymatdan katta bo‘lsa, model ishonchli deb olinadi va uni
tadqiqot jarayonida foydalanish mumkin bo‘ladi.
_______________________________
57
А.Н. Кленин, К.К. Шевченко. Математическая статистика для экономистов статистиков/- М., 1990.
378
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida Fisherning
F
-mezon qiymati
F
xakiqiy
=126,5 ga teng bo‘ldi. Jadval ma’lumotlari asosida
F-mezonning kritik qiymati
F
jadval
=5,32 ekanligini, demak,
olingan
qiymat kritik qiymatdan katta bo‘lganligi bois bizning model
tadqiqot jarayonida foydalanish uchun mumkinligi kelib chiqadi.
Bizning ishishmizda, misli ko‘rilmagan va tez rivojlanayotgan
inqirozni hisobga olib, COVID-19 pandemiyasining xalqaro turizmga
ta’sirini baholash juda qiyin. Butunjahon
turizm tashkilotining
hisob-kitoblariga ko‘ra, so‘ngi voqealar, karantin choralari, xalqaro
turizmning 50 foizini tashkil etadigan
Yevropaning aksariyat
mamlakatlarida, shuningdek, Amerika, Afrika va Yaqin Sharqning
ko‘pgina mamlakatlarida chegaralar yopilishi, Osiyodagi o‘zgarishlar,
Tinch okeani mintaqasida va oldingi inqirozlar tarkibida (sars 2003 va
2009-yilgi global iqtisodiy), 2020-yilda chet eldan kelgan kelayotgan
sayyohlar soni 20-30 foizga kamayishi mumkin (10-rasm).
Eng yomon holatlarda, bu xalqaro turistik tushumlar (eksport)
bo‘yicha 300-450 milliard AQSh dollarini yo‘qotishiga olib keladi.
1,5 trln. AQSh dollari - bu deyarli dunyo
miqyosining uchdan bir
qismiga teng.
Hisob-kitoblar ushbu inqirozning miqyosi, o‘zgaruvchanligi va
misli ko‘rilmagan xususiyatini hisobga olgan holda ehtiyotkorlik
bilan izohlanishi kerak.
Dostları ilə paylaş: