Lisoniy ziddiyat va uning turlari



Yüklə 95,12 Kb.
səhifə11/12
tarix25.12.2023
ölçüsü95,12 Kb.
#195479
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
LISONIY ZIDDIYAT VA UNING TURLARI

partonimik (part - qicm, bo‘lak), tur-jins munosabatlari giponimik (tur-jins) munosabatlar deyiladi. Partonimik munosabatlarga kirishuvchi qismni ifodalovchi birliklar partonimlar, giponimik munosabatga kirishuvchi jins nomlari giponimlar deyiladi. Butunlik totonim va tur nomi giperonim deyiladi.
O‘xshashlik (paradigmatik) munosabatlari o‘zaro teng (pog‘onali munosabatdagi [daraxt] va [tana], [daraxt] va [gilos] birliklari semantik qamrovi jihatdan teng emas edi), bir umumiy belgi asosida birlashib, qator hosil qiluvchi, ammo o‘ziga xos belgilarga ko‘ra farqlanib turuvchi birliklarning o‘zaro muno-sabatini ifodalaydi.
Yuqorida aytilganidek, paradigma a’zolari o‘zaro teng bo‘lib, nutqda bir xil o‘rinni egallaydi va bir xil xususiyatlarga ega bo‘ladi. Berilgan misoldagi [Salim], [Karim], [Halima] so‘zlari o‘zaro teng, bir xil o‘rinda kela oladi, biroq o‘zaro farqlarga ham ega.
O‘zaro o‘xshashlik munosabatlarida bo‘lgan birliklarning bir-biri bilan farqli xususiyatlari asosida qarama-qarshi qo‘yilishi ziddiyat (oppozitsiya), ziddiyatga kirishayotgan paradigma a’zolari ziddiyat a’zolari deyiladi. Ziddiyatdagi birliklar o‘zaro ma’lum bir belgi asosida qarama-qarshi qo‘yiladi. Bu belgi ziddiyat belgisi deb yuritiladi.

Lisoniy ziddiyat va uning asosiy turlari. Lisoniy paradigmaga birlashuvchi birliklar, paradigma a’zolari orasidagi munosabatlar lisoniy ziddiyat deyiladi. Ziddiyat (ar.qarama-qarshilik: var.oppozitsiya. lat.oppositio-qarama-qarshi qo‘yish) lisoniy birliklarning ifodalanmi-shidagi farqlarga muvofiq ifodalovchilarining va, aksincha, ifodalovchilardagi farqlarga muvofiq ifodalanmishlarining muhim lisoniy farqlanishidir. Masalan, [b] va [t] fonemalari orasida ziddiyat mavjud bo‘lib, shunga muvofiq, (bosh) va (tosh) birliklari orasida shakliy-mazmuniy qarama-qarshilik munosabati amal qiladi. Yoki «birlik son», «ko‘plik son» orasidagi semantik ziddiyat (kitob) va (kitoblar) birliklarida ham shakliy (formal), ham mazmuniy (semantik) farqlarni keltirib chiqaradi.


Tabiat, jamiyat va tafakkurdagi mavjudlik va taraqqiyotning asosiy omili qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni bo‘lganligi kabi lisoniy paradigmalarda birliklarni bir-biriga bog‘lab turuvchi, paradigmalarning yashovchanligini ta’minlovchi omil lisoniy ziddiyatlardir. Demak, lisoniy ziddiyatlar falsafiy qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonunning tildagi xususiylashmasi, voqelanishidir.
Lisoniy ziddiyatlarni aniqlash yoki ziddiyatlarga bunday yondashish ziddiyatli va ziddiyatsiz munosabatlarni farqlashni taqozo qiladi. Chunki turli lisoniy birliklar va bir birlikning turli variantlari orasidagi munosabatlar turli tabiatli vohidlar, a’zolar orasidagi munosabatlar sifatida muayyanlashtirilmog‘i lozim. Masalan, shaxs-son shakli bo‘lmish [-miz] va [-siz] (o‘qiymiz-o‘qiysiz) har xil lisoniy morfologik birliklar bo‘lib, bir paradigmaning turli a’zolari sifatida ziddiyatli munosabatda bo‘ladi. Biroq turli farqli xossalarga ega bo‘lgan til oldi va til orqa (o‘) unlilari bitta (o‘) fonemasining variantlari sifatida fonetik jihatdan farqlanishsa-da, funktsional jihatdan tafovutga ega emas. Chunki o‘zbek adabiy tilida bitta (o‘) fonemasi mavjud bo‘lib, uning variantlari ma’no farqlash tabiatiga ega emas. Ba’zilar [o‘y] so‘zini ayt-ganda, (o‘)ni til oldi, boshqalar esa til orqa unlisi sifatida talaffuz qilishadi. Baribir, (o‘) tovushlari qanday bo‘lishidan qat’i nazar, bu so‘z «fikr», «xayol» ma’nolarini beradi. Lisoniy birlikning variantlari orasidagi bunday munosabat ziddiyatsiz munosabat deyiladi.
Ziddiyatlar paradigmatik munosabatlarning xos ko‘rinishi va xossalari sifatida sintagmatik munosabatlarga qarama-qarshi qo‘yiladi.
Ma’lum bir lisoniy birliklar mansub ziddiyatlar majmui bu birlikning paradigmatik sifatini aniqlashda, paradigmatik muayyanlash-tirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Paradigmatik muayyanlashtirish birlikning boshqa birlikdan farqlanuvchi zotiy tabiatini oydinlashtirish demakdir.
Tilshunoslar lisoniy ziddiyatlarni bir necha tomondan tasniflaydilar:
1.Ziddiyatlar tizimida tutgan o‘rniga ko‘ra.
2.Ziddiyat a’zolarining o‘zaro munosabatiga ko‘ra.
3.Turli vaziyatlarda ziddiyatlarning amal qilishiga ko‘ra.
Lisoniy ziddiyat ziddiyatlar tizimiga munosabatiga ko‘ra o‘lchami va uchrovchanlik belgilari bilan farqlanadi.
Lisoniy ziddiyatlar o‘lchoviga ko‘ra, bir o‘lchamli va ko‘p o‘lchamli turlarga bo‘linadi.
Agar belgilar majmui tizimda zidlanuvchi ikki a’zo uchungina amal qilib, boshqa a’zolarga tegishli bo‘lmasa, bir o‘lchamli ziddiyat deyiladi. Masalan, o‘zbek tilidagi [l] va [h] fonemalari hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra «yon» va «bo‘g‘iz» belgilari asosida zidlanib, bu belgi undoshlar tizimining boshqa a’zolarida uchramaydi. Chunki bu undoshlar o‘zbek tili fonologik tizimida yagona yon va yagona bo‘g‘iz undoshlaridir.
Ko‘p o‘lchamli ziddiyatda zidlanuvchi birlikdagi belgi boshqa a’zoda ham uchraydi. Masalan, til oldi undoshlari bo‘lgan [m] - [d] zidlanar ekan, [m]dagi «til oldi»lik belgisi [d] fonemasida ham mavjud. Bunda a’zolar boshqa belgi asosida zidlanadi.
«Uchrovchanlik» belgisiga ko‘ra ziddiyatlar «ajralgan» va muntazam ziddiyatlarga bo‘linadi. Ajralgan ziddiyatda shunday belgi asos qilib olinadiki, bu belgi boshqa ziddiyatlarga asos bo‘la olmaydi. Masalan, unlilarning lablangan-lablanmaganlik belgisi faqat teng qiymatli ziddiyat uchun asos bo‘ladi. Bunday ziddiyat «ajralgan» ziddiyat deyiladi. Lekin tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra belgisi teng qiymatli ziddiyatga ham asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bir belgi turli a’zolarni juftlab zidlash uchun xizmat qilsa, muntazam ziddiyat deyiladi. Masalan, erlik, ayollik jinsi asosidagi ziddiyat [ota]-[ona], [o‘g‘il]-[qiz], [aka]-[singil], [chol]-[kampir] ziddiyatlarida uchrayveradi.
A’zolari orasidagi munosabatlarga ko‘ra ziddiyatlar:
A) noto‘liq (privativ);
B) darajali (gradual);
V) teng qiymatli (ekvipolent)
kabi turlarga bo‘linadi.

Noto‘liq ziddiyatda qarshilanuvchi a’zolardan biri ziddiyat belgisiga ijobiy, boshqasi esa betaraf munosabatda bo‘ladi. Masalan, [bola] va [o‘g‘il] leksemalarini olaylik. Ular «erkak jinsli» deb atalgan ziddiyat belgisiga ikki xil munosabat bildiradi. Bu belgi [o‘g‘il] leksemasi semantik tarkibida aniq berilgan, shu boisdan uning munosabati ijobiy yoki belgilangan deyiladi va shartli ravishda [+] belgisi bilan beriladi. [bola] leksemasida esa jins belgisi aniq emas. Chunki uning semantik tarkibida «er» yoki «ayol» (ya’ni jins) semasi yo‘q. Boshqacha aytganda, bola o‘g‘il ham qiz ham bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu leksemaning ziddiyat ko‘rsatkichiga ishorasi belgilanmagan (noma’lum, majhul) deyiladi va shartli ravishda +/- yoki O (nol) belgisi bilan beriladi. Buni chizmada quyidagicha beramiz.
Noto‘liq ziddiyat tilning barcha sathlarida amal qiluvchi muhim qonuniyatdir. Masalan, morfologiyada leksemalarni umumiy grammatik ma’nolariga ko‘ra, mustaqil va nomustaqil leksemalarga bo‘lish privativlik asosida amalga oshiriladi. Bunda «lug‘aviy ma’no ifodalay olmaslik» noto‘liq ziddiyatning belgisi bo‘lib, ziddiyatda mustaqil leksemalar belgilanmagan, kuchsiz a’zo bo‘lsa, nomustaqil leksemalar belgili, kuchli a’zo sifatida namoyon bo‘ladi:

Chunki mustaqil leksemalar lug‘aviy ma’no ifodalashi ham, nomustaqil leksemalar vazifasida kelishi ham mumkin. Masalan, ko‘makchilar, fe’l ko‘makchilar, ko‘makchi fe’llar va h.lar nomustaqil leksemalar kabi lug‘aviy ma’noga ega bo‘la olmaydi.
Noto‘liq ziddiyatda belgi tanlash ixtiyoriy emas. Masalan, bir qarashda yuqoridagi ziddiyatda belgini «lug‘aviy ma’no ifodalash» deb ham, «lug‘aviy ma’no ifodalay olmaslik» deb ham qo‘yish mumkindek tuyuladi. Keling, ziddiyat belgisini yuqorida qo‘yilganidek emas, balki «lug‘aviy ma’no ifodalay olish» deb o‘zgartirib ko‘raylik:

Bu to‘g‘rimi? Birinchidan, noto‘liq ziddiyatda qaysidir bir a’zo O (nol) belgisini olishi kerak. Oldingi ziddiyatda mustaqil leksemalar ushbu belgiga ega edi. Bunda endi nomustaqil leksemalar olishi kerakka o‘xshaydi. Yo‘q, mutlaqo bunday emas. Chunki nomustaqil leksemalar goh lug‘aviy ma’no ifodalash, goh ifodalamaslik xossasiga ega emas. Ziddiyatning ikkinchi a’zosi [+] belgisiga egami? Yo‘q, u, yuqorida aytilganidek, [-] belgisiga ham, qisqasi [O] belgiga ega. Demak, keyingi «ziddiyat» ziddiyat emas. Ziddiyat lisoniy birliklarining mohiyatini, zotiy tabiatini o‘zida aks ettirmog‘i lozim. Aks holda «sun’iy» ziddiyatlar kelib chiqadi. Boshqa ziddiyatlar kabi noto‘liq ziddiyat ham ob’ektiv va bizning xohish-irodamizga bog‘liq emas.
Darajali ziddiyat a’zolari kamida uchta bo‘lib, bir belgi (ziddiyat belgisi)ning o‘sib yoki kamayib borishiga ko‘ra a’zolar qator hosil qiladi. Masalan, tilning ko‘tarilish darajasiga ko‘ra, unli fonemalar darajalanishi quyidagicha: [a] - [e] - [i] yoki [o]-[o‘]-[u]. Bunda belgi birinchi a’zoda kuchsiz, ikkinchi a’zoda o‘rtacha va keyingi a’zoda kuchli yoki aksincha bo‘lishi mumkin. Darajali ziddiyat ham barcha sath birliklarida uchraydi. Masalan, leksikada ninni-chaqaloq-go‘dak-bola..., turq-bashara-bet-yuz-chehra..., morfologiyada harakat nomi-sifatdosh-ravishdosh («fe’lni o‘zgalash darajasiga ko‘ra» belgisi asosida) kabi.
Ekvipolent (teng qiymatli) ziddiyatda ikki a’zo qarshilantirilib, har biri o‘ziga xos, ikkinchisiga xos bo‘lmagan belgiga ega bo‘ladi. Masalan, ovoz va shovqinga ko‘ra jarangli va jarangsiz undoshlar teng qiymatli (o‘ziga xos belgiga ega bo‘lgan a’zoli) ziddiyatni hosil qiladi.
Muntazam (proportsional) ziddiyatda bir ziddiyat belgisi turli juftlangan birliklar uchun oppozitiv ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. «jins» belgisi ota-ona, aka-opa, singil-uka, tog‘a-xola lug‘aviy zidlanishlari uchun umumiydir.
Ziddiyatlar a’zolari miqdoriga ko‘ra ikki a’zoli (binar) va uch (ko‘p) a’zoli (ternar) ziddiyatlarga bo‘linadi. Noto‘liq, teng qiymatli ziddiyatlar binar va darajali ziddiyat ternar ziddiyat deyiladi.
Uchinchi belgisiga ko‘ra ziddiyatlar doimiy va mo‘’tadillashgan ziddiyatlarga bo‘linadi.
Mo‘’tadillashish jarayonida munosabatga kirishayotgan birliklar o‘rtasidagi ziddiyat kuchsizlanadi. Masalan, yot-yod zidlanishda so‘z oxiridagi [t], [d] tovushlari jarangli-jarangsizlik bilan farqlanmaydi. [d] fonemasining nutqdagi vaziyatidan kelib chiqqan holda unda jarangsizlik belgisi kuchsizlanadi. Ammo bu sof nutqiy hodisadir. Mo‘‘tadillashish lisoniy birliklarning nutqiy voqelanishlarida yuz beradi. Leksemalar va morfemalar ham nutqiy voqelanganda, ularning lisonda boshqa birliklar bilan ziddiyatli munosabatlarini belgilaydigan xossalari, belgilari kuchsizlanishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan [t] va [d] undoshlarining jarangli-jarangsizlilik belgisiga ko‘ra zidlanishini yorqin namoyon qiladigan vaziyat [d] fonemasining so‘z boshi va so‘z o‘rtasida voqelanishidir. Ziddiyatni voqelantiradigan pozitsiya kuchli va uni so‘ndiradigan nutqiy xolat kuchsiz pozitsiya deyiladi.
Lisoniy tasnif va uning turlari haqida tushuncha. Tasnif (arabcha «saralash», «tartibga solish») narsa va predmetlarni aniq va doimiy o‘ringa ega bo‘lgan guruh (sinf) larga bo‘lishdir. Agar tasnif ilmiy asosga ega bo‘lsa, u uzoq davr mobaynida amal qiladi. Masalan, ximiyaviy elementlar soni 200 dan oshib ketayotgan bo‘lsa-da, ularning tasnifi bugungi kunda ham o‘zgarmasdan amal qilmoqda.

Tasnif oddiy bo‘laklashdan barqaror tabiatliligi bilan ajralib turadi. To‘g‘ri, tasniflashda ham oddiy bo‘lishda amal qiladigan barcha tamoyillar asos bo‘lib xizmat qiladi. Ya’ni tasnifda ham bo‘lishdagi kabi:
1) tasniflangan bo‘laklar hajmi tasniflanayotgan butunlik hajmiga teng bo‘lishi;
2) tasnif bir asosda amalga oshirilishi;
3) tasniflangan guruhlar bir-birini inkor qilishi;
4) tasnif uzluksiz bo‘lishi, ya’ni unda «sakrash» bo‘lmasligi lozim.
Tasnif dixotomik, politomik yoki dixopolitomik bo‘lishi mumkin.
Dixotomik tasnifda birliklar ikki guruxga ajratiladi: «fonemalar unli va undoshlarga ajraladi» kabi. Politomik tasnifda guruhlar soni ikkidan ortiq bo‘ladi: «Gramatik qo‘shimchalar lug‘aviy shakl hosil qiluvchilar, sintaktik shakl hosil qiluvchilar va lug‘aviy sintaktik shakl hosil qiluvchilarga bo‘linadi», Yoki fe’llar nutq fe’llari, ruhiy-holat fe’llari va h.
Dixopolitomik tasnifda tasniflanuvchi butunlik dastlabki bosqichda ikkiga, keyingi bosqichda ikkidan ortiq sinfga ajraladi. Masalan:

Tasnifda tasnif asosini tanlash muhimdir. Chunki biror narsalar tizimini turli asoslarda tasnif qilish turli natijalarni beradi. Masalan, undosh fonemalarni ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra jarangli va jarangsizlarga, hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra lab, til, bo‘g‘iz undoshlariga tasniflash mumkin.
Lisoniy tasnif tasniflanayotgan birliklarning ichki, zotiy belgilariga ko‘ra yoki muhim bo‘lmagan zohiriy xossalariga asoslangan bo‘lishi mumkin. Shu boisdan tabiiy yoki yordamchi tasniflar farqlanadi. Tabiiy tasnifda lisoniy birliklarning ichki, barqaror belgilariga tayaniladi. Biz yuqorida tabiiy tasnifga misollar keltirdik.
Yordamchi tasnifda birliklarning ontologik bo‘lmagan xossalarini bildiruvchi belgilariga tayaniladi. Masalan, «so‘zlarning bo‘g‘in sonlariga ko‘ra» (tasnifi bir bo‘g‘inli, ikki bo‘g‘inli va ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar), «unlilarning tilning gorizontal holatiga ko‘ra tasnifi» va h.
Lisoniy sistema va uning mikrosistemalari. Leksemalarni sistem tadqiq qilishning asosida ularni o’zaro ichki munosabatlariga tayanib ma‘lum bir qatorlarga, guruhlarga, turlarga, turkumlarga, aniqrog’i, kichik va katta paradigmalarga birlashtirish yotadi. Aslida birliklar bizning xohish-irodamizga bog’liq bo’lmagan holda ongda paradigmalar holida yashaydi. Bizning vazifamiz esa ana shu paradigmalarni, ularning yashash qonuniyatlarini ochishdan iboratdir.
Leksemalarning o’zaro muayyan o’xshashligi, farqli va zid belgilari asosida birlashgan guruhlari tizim yoki lug’aviy sistema deb ataladi. Lug’aviy tizim boshqa tizimlar kabi pog’onali qurilishga ega. Lison bir necha ichki tizimlardan iborat murakkab sistema bo’lganligi kabi leksik sistema ham o’z o’rnida bir necha tizimchalardan tashkil topadi. Bu pog’onaviylik lisondan boshlanib alohida leksemagacha davom etadi va bu bir necha bosqichdagi birliklar orasida, aytilganidek, qat‘iy lisoniy munosabatlar hukm suradi.
Buni quyida lisondan nutqqa qarab bosqichma-bosqich ko’rib o’tamiz.
1-bosqich. Bu bosqichda yaxlit butunlik sifatida qabul qilingan lisoniy sistema «ma‘noviylik» oppozitsiya belgisi ostida fonologik fonetik (F,), leksik-semantik (L) va grammatik (G) sathlarga bo’linadi. Bu bo’laklar o’zaro privativ ziddiyatli munosabatdadir. Bunda fonologik/fonetik sath belgisiz va leksik-semantik, grammatik sathlar belgili a‘zo hisoblanadi. Chunki leksik-semantik sathning birliklari bo’lgan leksemalar, grammatik sath birliklari bo’lgan morfemalar hamisha ma‘lum bir ma‘no ifodalaydi. Fonologik sath (Sf) birliklarining ma‘noga munosabati murakkabdir. Chunki aslida fonologik birliklar faqat ifoda planiga ega birliklar sifatida qaraladi. Shuningdek, ayrim holatlarda chunonchi, ayrim tovushlarni cho’zish asosida ma‘noni kuchaytirish, ba‘zi fonetik hodisalarning ma‘no farqlash uchun xizmat qilishi fonemalarning ba‘zan ma‘noviy bo’lishini ko’rsatadi. Demak, lisonning dastlabki bo’linishini quyidagicha tasvirlash mumkin:
«Ma‘noviylik»
+ 0
L/G F
Bundagi belgili a‘zo murakkab bo’lib, leksik-semantik va grammatik sathlarni o’zida birlashtirgan. O’z o’rnida bu sathlar «ma‘noning umumlashmaligi» belgisi ostida noto’liq ziddiyatda turadi. Bu ziddiyatda grammatik sath (Sg) belgili va leksik-semantik (Sl) sath belgisiz a‘zo sanaladi. Chunki grammatik sath birliklari umumlashgan grammatik ma‘noli bo’lsa, leksik sath birliklari umumlashgan ma‘noga ham, har biri xususiy ma‘noga ham ega bo’ladi.
Birinchi bosqich lisoniy munosabatlari umumiy manzarasini quyidagicha beramiz.
Lisoniy tizim murakkab bo’lganligi bois uning ziddiyatlari qatorini yanada kengaytirish mumkin. Masalan, «ifodaviylik» belgisi ostida ham mazkur bo’linish birliklari noto’liq ziddiyatda bo’ladi. Bu ziddiyatda belgili a‘zosi tilning ifoda, moddiy asosini tashkil etuvchi fonologik/fonetik sathlarning uslubiy bo’yoqdor qatlamidan iborat bo’lib, ziddiyat tasvirini quyidagicha berish mumkin:
Ko’rinadiki, sathlar o’zaro privativ ziddiyatli bo’lsa-da, ularning birida farqlovchi belgisi ham bor. Bu ularning ekvipolent ziddiyatli munosabatga ham ega ekanligidan dalolat beradi. Chunonchi, Sf Sl dan ma‘noviyligi bilan farqlanadi.
Leksik sistema va uning bo’linishlari. Ajralib chiqqan leksik sath bu bosqichda ikki katta - mustaqil va nomustaqil so’zlar guruhiga bo’linadi. Bu bo’linish privativ zidlanish asosida hosil bo’ladi va zidlanish belgisi «ma‘noviy va vazifaviy nomustaqillik» (N) dir. Ziddiyatning belgili a‘zosi sifatida nomustaqil leksemalar va belgisiz a‘zo sifatida mustaqil leksemalar yuzaga chiqadi. Buning sabablari quyidagicha:
Nomustaqil leksemalar (Sln) hech qachon mustaqil qo’llana olmaydi, bog’liq qurshovlardagina kela oladi.
Mustaqil leksemalar (Slm) mustaqil qo’llanish bilan birgalikda, nutqda nomustaqil so’zlar sifatida ham yuzaga chiqadi. Ot ko’makchilar, fe‘l ko’makchilar, ko’makchi fe‘llar shular jumlasidandir. Mustaqil leksemalar orasidan nomustaqillashgan so’zlar nutqimizda paydarpay voqelanib turadi.
Bu bosqichda leksik guruh majmualari yana ikki belgi asosida zidlanadilar. Bularning biri «shakliy o’zgarmaslik» (O’) bo’lsa, ikkinchisi «Ma‘noning umumlashganligi» (U) belgisidir. Har ikkala zidlanishda nomustaqil so’zlar belgili, mustaqil so’zlar belgisiz a‘zolar sifatida yuzaga chiqadi. Nomustaqil so’zlarning ziddiyatda belgili a‘zo sifatida namoyon bo’lishi izoh talab qilmagani holda, mustaqil leksemalarning belgisizligi shundaki, ular sirasida o’zgarmas so’zlarning ham mavjudligi (ravishlar va taqlidlar) va ayrim o’rinlarda so’z o’zgartiruvchi kategoriyalarning neytrallanishidir. Masalan, so’zlarning birikuvida joylashuv omili kuchayganda shakliy omil susayadi: tosh ko’prik, xat yozmoq kabi. Shuningdek, mustaqil leksemalarda ma‘noviy umumlashuvchanlari ham bor.
Demak, ikkinchi bosqichda ajraladigan ikki tizimiy birlashma (paradigma)ning lisoniy qiymati quyidagicha:
Sl m+ N0O’0U0
Sl n+ N+O’0U+
Bu majmuaga Sl ning birinchi bosqichda ega bo’lgan ikkinchi bosqich uchun umumlashtiruvchi belgilarni qo’shsak, belgilarning to’liq qatori quyidagicha bo’ladi:
Slm+M+U0I0N0O’0U0
Sln+ M+U0I0N0N+O’+U+

Ma‘lum bo’ladiki, mustaqil so’zlar guruhi ikkinchi bosqichda hech qanday aniq va qat‘iy belgiga ega bo’lmadi. Chunki birinchi guruh (ya‘ni, mustaqil so’zlar) birliklarining asosiy belgisi «ma‘noviylik» bo’lganligi sababli ular shakliy va vazifaviy belgilar asosidagi zidlanishda barqaror belgilarga ega bo’lmasligi mumkin. Nomustaqil leksemalarning «nomustaqillik»larining moxiyati ularning shakliy va ma‘noviy xususiyatlaridadir. Shuning uchun ular bu bosqichda barqaror belgilarini namoyon qiladi.
III bosqich. Bu bosqichda nomustaqil so’zlar (Sln) «bog’lash» funktsional belgisi asosida zidlanadi va guruhlarga bo’linadi. Nomustaqil so’zlar leksikologiya uchun o’rganish manbai bo’lmaganligi bois biz ularni tahlil etishni shu nuqtada to’xtatganimiz ma‘qul.
Mustaqil leksemalar guruhi bu bosqichda «ma‘noning ishoraviyligi» (D-deyktivlik) belgisi asosida noto’liq ziddiyatli munosabatini namoyon qiladi. Bunda ishoraviy ma‘noli so’zlar-olmoshlar ajralib chiqadi. Fe‘l, ot, sifat, son, ravish, taqlid va so’z- gaplardan iborat guruhning bu ziddiyatda belgisizligining sababi shundaki, ularning barchasining tarkibida semantik «bo’shashgan» va olmoshlarga yaqinlashgan so’zlar talayginadir (narsa, kishi kabi otlar, shunday qilmoq/bo’lmoq kabi fe‘llar, boshqa, hozirgi kabi sifatlar, ko’p, oz kabi miqdor sifatlari, endi, picha kabi ravishlar hamda so’z-gaplarning barchasi ishoraviy ma‘noli birliklardir). Bu guruh ham o’z navbatida yana ikki guruhga:
a) atovchi/nomlovchi so’zlar guruhiga (Sl ma) va
b) tasvirlovchi so’zlar (Sl mt)ga ajraladi.
Bunday ajratish «tasvirlovchilik» (T) belgisi asosidagi privativ ziddiyat zaminida bo’lib, bunda so’z-gaplar, taqlidlar tasvirlovchi so’zlar-gaplar, taqlidlar tasvirlovchi so’zlar sifatida belgili a‘zo, atovchi/nomlovchi bo’lgan qolgan leksemalar (fe‘l, ot, sifat, son, ravish belgisiz a‘zo mavqeida bo’ladi. Atovchi leksemalarning «tasvirlovchilik» belgisiga nisbatan neytralligi esa bu so’zlar ichida ma‘nosida tasviriylik, uslubiy bo’yoqdorlik kuchli bo’lgan leksemalarning soni anchaligi bilan belgilanadi.
Demak, mustaqil so’zlar III bosqichda ma‘noviy xususiyatlariga ko’ra bo’linish asosida uch ichki guruhni beradi va ularning umumiy lisoniy qiymati quyidagicha:
Olmoshlar + D+
Tasvirlovchi so’zlar + D0T+
Atovchi so’zlar + D0T0
Bu bosqichda ajralib chiqadigan belgili so’zlar soni tarixiy taraqqiyot davomida belgisiz a‘zolar hisobidan boyib boradi. Boshqacha aytganda, yordamchi leksemalar mustaqil leksemalar hisobidan, olmoshlar va tasvirlovchi leksemalar atovchi leksemalardan oziqlanadi.
IV bosqich. Mustaqil leksemalarning III bosqichda ajralib chiqqan 5 ichki guruhi bu bosqichda ma‘noviy asoslarda ichki bo’linishlarni beradi.
1.Olmoshlar hozirgi tilshunosligimizda ajratiladigan ma‘noviy turlar (kishilik olmoshlari, so’roq olmoshlari, ko’rsatish olmoshlari, belgilash olmoshlari) ga ajraladi. Ularning zidlanishlari teng qiymatli (ekvipolentdir), ya‘ni har bir guruh o’ziga xos ma‘no va vazifa bilan ikkinchisiga qarama-qarshi turadi.
2.So’z-gaplar ham modal, undov, taklif-ishora, tasdiq inkor so’zlar kabi ichki guruhlarga ajralib, ularning zidlanishlari ham ekvipolent tabiatlidir.
3.Taqlidlar bu bosqichda tovushga taqlidlar va obrazga taqlidlar sifatida ekvipolent ziddiyatli guruhlarga bo’linadi.
4.Ravishlar ham mavjud ma‘no turlariga ekvipolent ziddiyatlar asosida ajraladi.
5.Ravishlar ajralib chiqqandan keyin atovchi leksemalarning qolganlari an‘anaviy fe‘llar, otlar, sifatlar, sonlar kabi ma‘noviy turkumlarga ajraladi. Fe‘llar harakat-holatni (H), otlar umumiy predmetlikni (P), sifatlar belgi-xususiyat (BX), sonlar miqdorli (MQ) ma‘nosini ifodalashga xoslanganligi bilan atovchi so’zlarning «shaklini o’zgartirmaslikka neytral» guruhchasidan bir-bir ajralib chiqadi va hozirgi tilshunosligimizda ajratiladigan so’z turkumlarini beradi.
Bu bosqichning ikkinchi qator zidlanishida O’ belgisi neytrallikdan aksiga o’tadi va bu guruhdan ajralib chiqqan fe‘llar nisbat (NS), otlar son va kichraytirish-erkalash (KE), sifatlar daraja (DR), sonlar - tartib, dona, ulush, jam, kasr va b. (TJ) kabi tasniflovchi grammatik kategoriyalarga ega ekanliklari bilan o’zaro ekvipolent zidlanadi.
Atovchi leksemalarning ichki bo’linishida fe‘l, ot, sifat va sonlar munosabati privativ tabiatlidir.
Aytilganlardan va jadval umumlashmasidan ma‘lum bo’ladiki, leksemalar ma‘noviy xususiyatlariga ko’ra dastlab 4 katta guruhga ajratilishi lozim:
yordamchi leksemalar;
ishoraviy leksemalar;
tasviriy leksemalar;
atash/nomlash ma‘noli leksemalar.
Jadval leksemalar orasidagi muhim qonuniyatni namoyon qiladi.
Jadvaldagi guruhlarning ikki chekkasidan o’rin olgan birliklar- fe‘llar va ko’makchilar leksika va grammatika zidlanishida ikki qutbni egallaydi. Fe‘llarda leksemalarning boshqa sath birliklaridan farqlanishining eng oliy namunasi namoyon bo’lsa, ko’makchilarda leksemalarning morfemalar bilan qorishib ketishini ko’ramiz.
Lisoniy tizimning I-IV bosqich parchalanishi an‘anaviy morfologik tasnif - so’z turkumlarini ajratishgacha davom etdi va dastlabki uch bosqich bo’linishi privativlik, to’rtinchi bosqich bo’linishi esa ekvipolentlik munosabati asosida kechadi.
Leksemalarning tizimiy birlashmalarini ochishni so’z turkumlaridan alohida va muayyan bir leksemagacha (misol sifatida [ot] leksemasini tanladik) davom ettiramiz.
V bosqich. Ot so’z turkumining atoqli va turdosh otlarga bo’linish sof matniy bo’lib, ko’p hollarda grammatik, balki hatto leksik tizimga ham aloqador emas. Chunonchi Tosh qattiq gapida tosh leksemasi atoqlilik va turdoshlik jihatidan ma‘noviy zidlanishda (kontrastiv distributsiyada) turadi va bu gap ikki xil mazmun beradi:
1.Tosh-qurumsoq kishi.
2.Tosh-mustahkam jism.

XULOSA
Turdosh otlar ijtimoiy shart-sharoit asosida atoqlilanishi mumkin. Shuning uchun turdosh va atoqli otlarning o’zaro oppozitsiyasi «alohidalik (yakka predmetni atash)» belgisi asosidagi privativ ziddiyatdir va bunda atoqli otlar belgili, turdosh otlar belgisiz a‘zo mavqeida bo’ladi. Shuning uchun turdosh otlar osonlikcha atoqlilanishi mumkin va bu, asosan, ijtimoiy shart-sharoitlar bilan bog’liqdir. Lekin atoqli otlarning turdoshlanishi juda kam uchraydi va u ma‘noviy usul bilan so’z yasalishi sifatida qaralishi lozim.


VI bosqich. Bu bosqichda turdosh otlar muayyan va mavhum turlarga bo’linadi. Bu bo’linish turdosh atoqlilik/turdoshlikka ko’ra grammatik qurilishga bir qadam yaqindir. Chunki mavhum ot yasashning maxsus derivatsion qolipi mavjud ([muayyan ot+lik+mavhum ot]). Aniq va mavhum otlar orasidagi farq ma‘noviydir. Muayyan va mavhum otlarning o’zaro zidlanishlari privativ bo’lib, «muayyanlik» belgisiga tayanadi. Bunda aniq otlar belgili, mavhum otlar va harakat ismlari belgisiz a‘zo mavqeida turadi.
Bu bosqichda ikkinchi qator ziddiyat «belgi-xususiyatlilik» asosida bo’lib, unda mavhum otlar belgili, muayyan otlar belgisiz a‘zo mavqeida bo’ladi. Shuning uchun hatto ishoraviy ma‘noli so’zlardan yasalgan menlik, kimlik, o’zlik kabi mavhum otlarda belgi ma‘nosi yetakchilik qiladi.
VII bosqich. Bu bosqichda otlar, odatda, yakka va jam, ya‘ni donalab sanalishi mumkin bo’lgan narsani atovchi otlar va ma‘lum bir majmuani, to’plamni atovchi otlarga bo’linadi.



Yüklə 95,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin