Lizing-agror sohada ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish uslubi


Lizing asosida texnikadan foydalanish samaradorligini oshirish



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/36
tarix09.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#95386
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
lizing-agror sohada ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish uslubi sifatida

3.2.Lizing asosida texnikadan foydalanish samaradorligini oshirish 
imkoniyatlari 
Iqtisodiyot qonunlaridan ma’lumki, lizingni amalga oshirilishi bo’yicha 
amalda qilingan xarajatlarni hisobga olmasdan turib uni samaradorligini aniqlab 
bo’lmaydi. Lizing jarayonining amalga oshirilishida lizing beruvchining (Lb) 
umumiy xarajatlarini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: 
Lb=LOx + Kt + Sx +Bx + Nx (1) 
Bunda:
Lox-lizing obyektini sotib olish xarajati, so’m; 
Kt-lizing obyektini sotib olish uchun jalb etilgan kredit to’lovini qaytarish 
xarajatlari, so’m; 
Sx-soliq to’lovini to’lash xarajatlari, so’m; 
Bx-bojxona to’lovlari va yig’imlarii to’lash xarajatlari, so’m; 
Nx-lizing beruvchining boshqa xarajatlari, so’m; 
Lizing jarayonini amalga oshirilishida lizing oluvchining (Lo) umumiy 
xarajatlarini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: 
Lo = Aa+ Lb. d + Kx + B t + S t - QQS (2) 
Bunda: 
 Aa - joriy yilda lizing obyekti uchun ajratiladigan va lizing beruvchiga 
to’lanadigan amortizasiya ajratmalari, so’m; 


78 
Lb. d – lizing beruvchining daromad (lizing marjasi) foizi summasini to’lash 
xarajatlari, so’m; 
Kx – lizing beruvchining lizing obyektini sotib olish va lizinga yetkazib berishda 
amalga oshirgan qo’shimcha xarajatlarini qoplash summasi, so’m; 
Bt – bojxona bojini to’lash xarajatlari, so’m; 
S t – lizing obyektini sug’urtalash xarajatlari, so’m; 
QQS – lizing to’lovi uchun qo’shimcha qiymat solig’i, so’m; 
Samarqand viloyati Urgut tumanidagi «Asil bobo» fermer xo’jaligining lizingga 
olingan «TTZ-80,11» rusumli chopiq traktori uchun amalga oshirgan xarajatlari 
va lizing obyektidan foydalanish natijasida olgan daromadini quyidagi tahlil 
asosida ko’rib chiqamiz:
Urgut 
tumanidagi «Asil bobo» fermer xo’jaligi tomonidan 
«O’zqishloqxo`jalikmashlizing» ALK Samarqand viloyati filialidan 44550263 
so’mlik «TTZ-80,11» rusumli chopiq traktorini 10 yillik muddatga O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 424-sonli «Qishloqni lizing 
shartlarida qishloq xo’jaligi texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari 
to’g’risida» gi qarori bilan belgilangan tartibda lizingga oladi.
Lizing shartnomasiga ko’ra lizing to’lovlari hisoblanish usuliga ko’ra-
bo’nakli, kiritilishining davriyligi bo’yicha-davriy, ya’ni to’lov har 6 oyda bir 
marta to’lanilishining miqdoriga ko’ra-kamayib boradigan miqdorlar bilan 
amalga oshiriladi. Shartnoma bo’yicha lizing summasi 56479,252 ming so’mga 
teng bo’lib shartnoma shartiga ko’ra texnika narxining 15 foizi, ya’ni 6682,539 
ming so’mlik qismi lizing oluvchi tomonidan avans sifatida lizing beruvchiga 
to’lab berilgan. Texnika narxining 85 foizi, ya’ni 37867,724 ming so’mlik 
qiymati lizing kompaniyasi tomonidan moliyalashtirilgan.
Lizing oluvchi tomonidan 10 yil mobaynida to’lanishi lozim bo’lgan 
lizing to’lovlarining umumiy summasi 49796,713 ming so’mni tashkil etadi. 
Lizing beruvchining daromad (marja) foizi miqdorini ko’rsatuvchi lizing 
stavkasi (Ls)-yillik 6%. Lizing obyekti lizing oluvchi tomonidan 
«O’zagrosug’urta» sug’urta kompaniyasining Samarqand viloyati Urgut tumani 


79 
bo’linmasida 10 yillik lizing muddatiga sug’urtalangan bo’lib, sug’urta 
mukofotini (St) to’lash xarajati 445500 so’m to’lab berilgan. Lizing obyekti 
«O’zqishloqxo`jalikmashlizing» kompaniyasi tomonidan respublika ichida, 
ya’ni Toshkent traktor zavodidan xarid qilinganligi munosabati bilan bojxona 
bojini to’lash xarajatlari nolga teng. «O’zqishloqxo`jalikmashlizing» 
kompaniyasi tomonidan lizing obyektiga davlat raqam belgisini olish, birinchi 
texnik ko’rikdan o’tkazish va texnik pasport olish xarajatlari uchun 100283,4 
so’m qo’shimcha xarajat (Qx) qilingan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 28 avgustdagi qabul 
qilingan «Lizing faoliyatini rivojlantirishni yanada rag’batlantirish chora-
tadbirlari to’g’risidagi» gi Farmoniga muvofiq, 2002-yilning 1 sentyabridan 
boshlab lizing to’lovlari – qo’shilgan qiymat solig’idan ozod qilinganligi 
munosabati bilan QQS harajatlari xam nolga teng bo’ldi. Bu vaziyatda lizing 
oluvchining lizing bo’yicha xarajatlari quyidagiga teng bo’ladi:
Lo = Aa+ Lb. d + K x + S t (3) 
Joriy yilda lizing obyekti uchun ajratiladigan va lizing beruvchiga to’lanadigan 
amortizatsiya ajratmalari (Aa) quyidagi formula yordamida hisoblanadi: 
Aa = (Tk x 0,85/Lm) x12 
(4) 
Aa = (44550,263 x 0,85/120) x12=37867724 so’m 
Bunda:
Tk – lizing obyekti (traktor) ning qiymati, so’m; 
0,85- lizing obyektining 85 foizlik qiymati, so’m; 
Lm – lizing muddati shartnomaga asosan 120 oy ( ya’ni10 yil) ga teng. 
Lizing beruvchining daromad (lizing marjasi) foizi summasi (Lb. d) ni 
lizing shartnomasida belgilanganiga muvofiq quyidagi formulaga asosan oyma-
oy hisoblanishi talab etiladi va bu miqdor lizingni birinchi oyi uchun: 
Lb. d 1 oy = (Tk x 0,85)xLs/12 oy
(5) 
Bunda: Ls – lizing beruvchining yillik daromad (marja) foizi miqdorini 
ko’rsatuvchi lizing stavkasi, shartnomaga asosan yillik 7 foizga teng. 



80 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin