73
taqiqlash;
- Kafillik shartnomasi asosida kafildan lizing to’lovlari bo’yicha hosil
bo’lgan qarzni va penyani undirish;
- Shartnomani bir tomonlama bekor qilish va texnikani lizing oluvchidan
qaytarib olish.
- Texnika yo’qotilsa, foydalanishga yapoqsiz holatga keltirilsa, lizing
oluvchidan to’lanmagan barcha lizing to’lovlarini muddatidan oldin to’lashini
talab etish.
Lizing oluvchining huquqlari quyidagilardan iborat:
- Lizing beruvchidan shartnoma shartlarini lozim darajada bajarilishini
talab qilish;
- Texnika shartnomada kelishilgan
muddatda yetkazib berilmagan, to’liq
yetkazib berilmagan, yetkazib berish muddati o’tkazib yuborilgan bo’lsa,
yetkazib beriladigan texnikadan voz kechish va lizing shartnomasining bekor
qilinishini talab etish.
- Lizing beruvchi va sotuvchi o’rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasidan
kelib chiquvchi talablarni, jumladan
texnikaning sifati, butligi, kafolatli
ta’mirlanishi va yetkazib berish muddati xususida sotuvchiga talablar qo’yish.
- Lizing muddati mobaynida texnikadan foydalanish va unga egalik qilish.
- Shartnomada belgilangan lizing to’lovlari to’liq to’langanidan so’ng,
texnikani mulk sifatida qabul qilib olish.
Lizing beruvchining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
- Texnikani sotib olish va uni lizing oluvchiga shartnomada belgilangan
muddatlarda topshirish.
- Texnikani lizingga berilishi to’g’risida sotuvchiga ma’lum qilish.
- Texnikaning sifati va butligi, kafolatli ta’mirlanishi xususida ishlab
chiqaruvchiga, topshirish muddati xususida sotuvchiga talablar qo’yishda lizing
oluvchiga yordam berish.
Lizing oluvchning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
- Lizing obyektini, ishlab chiqaruvchini va sotuvchini tanlash.
74
- Texnika uchun berilgan yagona nomer belgisini lizing beruvchidan
qabul
qilib olish, texnikaga o’rnatish va “Davtexnazorat” inspeksiyasining
tuman (shahar) bo’limida ro’yxatga qo’yish.
- Texnikani 10 kunlik muddat ichida viloyat texnik markazida ro’yxatga
qo’yish.
- Lizing to’lovlarini shartnomada belgilangan muddat va miqdorlarda
to’lab berish.
- Texnikadan texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda, uning
texnik pasportida ko’rsatilgan o’z vazifasi va texnik imkoniyatlari darajasida
texnik shartlarga muvofiq
foydalanish;
- Texnikani haydovchilik guvohnomasi yo’q shaxslarga boshqarishga
bermaslik.
- Texnikaga uning texnik pasportida ko’rsatilgan muddatlarda texnik
xizmatlar ko’rsatish va bir yilda bir marta texnik ko’rikdan o’tkazish.
- Texnikaning konstruksiyasiga o’zgartirishlar yoki qo’shimchalar
kiritmaslik.
- Texnikani sotmaslik, garovga qo’ymaslik, uchinchi
shaxslarga
bermaslik, qarovsiz qoldirmaslik, nosoz holda foydalanmaslik va unga nisbatan
boshqa noqonuniy harakatlarni amalga oshirmaslik.
- Lizing oluvchining o’z majburiyatini bajarmaganligi (yoki lozim
darajada bajarmaganligi) natijasida ushbu shartnoma bekor qilingan taqdirda,
texnikani o’rnatilgan tartibda lizing beruvchiga qaytarish.
Dostları ilə paylaş: