Lizing-agror sohada ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish uslubi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/36
tarix09.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#95386
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36
lizing-agror sohada ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish uslubi sifatida

 
2.7-rasm.
 
O’zqishloqxo`jalikmashlizing"ALK kompaniya aktivlarining 2010-
2015 yillarda o’zgarishi, mlrd. so’mda diagramma 
Manba: Statistika qo`mitasi
ma’lumotlari asosida. 
 
Lizing xizmatlari ko’rsatishdan olinadigan tushumlar 2013-yilda 27,7 
mlrd.so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2014-yilda bu ko’rsatgich 40,0 mlrd. so’mni 
tashkil qildi. Sof foyda o’tgan 2013-yilda 4,2 mlrd.so’mni tashkil qilgan 
bo’lsa, hisobot davrida 10,4 mlrd. so’mni tashkil qilib, o’tgan yiliga nisbattan 
6,2 mlrd.so’mga ko’p bo’ldi. Keltirilayotgan raqamlar kompaniya moliyaviy 
ko’rsatkichlarining yuqori tezlik bilan o’sganligidan dalolatdir. 
Lizing xizmatlari ko’rsatishdan olinadigan tushumlar 2013-yilda 27,7 
mlrd.so’mni tashkil qilgan bo’lsa, 2014-yilda bu ko’rsatgich 40,0 mlrd. so’mni 
tashkil qildi. Sof foyda o’tgan 2013-yilda 4,2 mlrd.so’mni tashkil qilgan 
bo’lsa, hisobot davrida 10,4 mlrd. so’mni tashkil qilib, o’tgan yiliga nisbattan
6,2 mlrd.so’mga ko’p bo’ldi. Keltirilayotgan raqamlar 
kompaniya moliyaviy ko’rsatkichlarining yuqori tezlik bilan o’sganligidan 
dalolatdir. 


69 
II bob bo’yicha xulosa 
Dissertatsiya tadqiqotining ikkinchi bobini bajarish jarayonida amalga 
oshirilgan tahlillarning natijalariga tayangan holda, quyidagi ilmiy xulosalarni 
shakllantirdik: 
- O’zbekiston Respublikasida qishloq xo’jaligini lizing asosida 
moliyalashtirish bugungi kunda lizing kompaniyalari va tijorat banklari 
tamonidan amalga oshirilmoqda. Tahlil natijalariga qaraydigan bo’lsak 
O’zbekistonda lizing bozori kenayib lizing hizmatlari ortib qishloq xo’jaligi 
va boshqa tarmoqlar rivojlandi lekin, kezi kelganda aytish kerakki, lizing 
amaliyoti va uning turli jihatlari hali O’zbekistonda to’la shakllanib rivojlanib 
ulgurgani yo’q. 
- Lizing kompaniyalari tamonidan berilayotgan kreditlarning asosiy 
qismini ularning o’z mablag’lari hisobidan berilayotganligi tijorat banklari 
tamonidan lizing kompaniyalarini kreditlash amaliyotining 
takomillashmaganligi bilan izohlanadi va lizing kompaniyalarining kichik 
biznes subektlari faoliyati va qishloq xo’jaligini lizing asosida moliyalash 
imkoniyatini oshirishga to’sqinlik qilmoqda. 
- Aholi turmush darajasi yaxshilanib, ishlab chiqarish, xizmat 
ko’rsatish, sanoat va qishloq xo’jaligi tarmoqlari yaxshi rivojlanmoqda.
Respublikamizda paxta va don ekinlariga davlat
buyurtmasi o’rnatilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 
yil 31 dekabrdagi PF-2165-sonli farmoniga muvofiq fermer xo’jaliklari davlat 
buyurtmasi hajmidagi yetishtirayotgan mahsulot qiymatining 50 foizi 
miqdorida Moliya Vazirligining “Davlat ehtiyojlari uchun xarid etiladigan 
qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan hisob-kitob qilish jamg’armasi” 
mablag’lari hisobidan avans puli olish imkoniyatiga ega. Buning ijobiy 
tomoni shundaki, fermer xo’jaliklari mahsulot yetishtirish uchun zarur bo’lgan 
aylanma mablag’larni yuqori foiz stavkalarida tijorat banklaridan qarzga 
olishga majbur bo’lmaydi. 


70 
-Qishloq xo’jaligida faoliyat ko’rsatayotganlar qishloq xo’jaligining 
o’ziga xos xususiyatlari ta’sirida doimiy ravishda moliyaviy mablag’larga 
ehtiyoj sezadilar. Chunki, ekinlarni ekish va parvarishlash davri uzoq davom 
etib, hosilni yig’ib olgunga qadar pul tushumi bo’lmaydi. Tadqiqotning 
ikkinchi bobida amalga oshirilgan tahlillar natijasi shuni ko’rsatadiki, 
Respublikamiz lizing kompaniyalari va tijorat banklarining ma’lum qismida 
lizing kreditlari foizlarining yuqoriligi lizing kreditlari xajmining oshishiga 
to’sqinlik qilmoqda. 
- Respublikamiz tijorat banklari va lizing kompaniyalari deposit 
bazasining yetarli emasligi, mintaqalarda qishloq xo’jaligini lizing asosida 
moliyalashning rivojlanishiga to’sqinlik qilishi mumkin.Lizing xizmatlari 
keyingi paytlarda o’zining yetarlicha rivojlanish tendensiyalariga erishib 
kelmoqda. 
Lizing so’nggi paytlardagi rivojlanish sur`atlari butun kredit va sug’urta 
xizmatlarining rivojlanish suratlaridan yuqoriroqdir. 2014-yilda lizing 
xizmatlarining YaIM dagi hissasi 0,6 % ni tashkil qildi. Aksariyat tijorat 
banklarining lizing instrumentini iqtisodiyot ehtiyojlarini moliyalashtirishda 
foydalanishi o’ziga xos holatdir. 


72 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin