Lizing-agror sohada ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish uslubi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/36
tarix09.04.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#95386
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
lizing-agror sohada ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish uslubi sifatida

 
 


75 
3.1-rasm.
 
Respublikamizda yaratilgan ana shunday qulay muhit natijasida lizing 
faoliyati yildan-yilga to’xtovsiz rivoj topib bormoqda.
O’zbekiston lizing beruvchilar uyushmasidan olingan ma’lumotlarga 
ko’ra, respublikamizda keyingi 7 yil ichida lizing operatsiyalari hajmi 90,6 mlrd 
so’mdan 484,5 mlrd so’mgacha oshib, 5,3 barobarga o’sgan, 2016-yilda esa 
lizing operasiyalari hajmining 500,0 mlrd so’mdan oshishi kutilmoqda.
Qishloq xo’jaligini modernizatsiyalash sohasida lizing xizmatlari ko’rsatish 
bo’yicha «O’zqishloqxo`jalikmashlizing” ishlab chiqarilayotgan qishloq 
xo’jaligi texnikalarini foydalanuvchilar tomonidan lizing orqali xarid qilinishi 
o’z qulayligi va maqbulligini ko’rsatmoqda. Bu, hukumatimiz tomonidan lizing 
sohasida yaratilgan imtiyozlar natijasidir. 
Hukumatning 2015-yil 2 noyabrdagi “Qishloqni lizing shartlarida qishloq 
xo’jaligi texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga 
muvofiq fermer xo’jaliklari, mashina-traktor parklari hamda hududiy 
“Qishloqxo’jalikkimyo” aksiyadorlik jamiyatlari uchun 
«O’zqishloqxo`jalikmashlizing” kompaniyasi xizmatidan foydalanishda bir 
qator imtiyozli lizing shartlari belgilangan. Bu imtiyozlarga - lizing obyekti 
qiymatining 15 foizini oldindan to’lab berilishi, traktorlar va o’rim-yig’im 
texnikalarining fermer xo’jaliklariga va Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda 


76 
Xorazm viloyatidagi mashina-traktor parklariga 10 yil muddatga, boshqa 
viloyatlardagi mashina-traktor parklari va “Qishloqxo’jalikkimyo” aksiyadorlik 
jamiyatlariga 7 yil muddatga lizingga berilishi, lizing foizi yillik miqdorining 
Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 50 foizidan oshmasligi kiradi.
Kompaniyaning asosiy mijozlari quyidagilardan iborat:
- fermer xo’jaliklari; 
- mashina-traktor parklari; 
- “Qishloqxo’jalikkimyo” kompaniyasining hududiy (viloyat va tuman) 
bo’linmalari; 
- “Agrotexservis” korxonalari va boshqa qishloq xo’jalik 
korxonalaridan iboratdir.
Kompaniya tomonidan lizing operatsiyalari amalga oshirilishida quyidagi 
lizing shartlari qo’llaniladi. 
Traktorlar va kombaynlar uchun: 
- avans - texnika qiymatining 15 % miqdorida; 
- lizing muddati – 10 yil; 
- lizing daromadi foizi – Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 50 
foizi miqdoridan oshmaydi.
Boshqa turdagi qishloq xo’jalik texnikalari uchun: 
- avans - texnika qiymatining 20-40 % miqdorida; 
- lizing muddati – 3 yilgacha
- lizing daromadi foizi lizing shartnomasi shartlari asosida belgilanadi. 
Kompaniya o’z faoliyatini boshlagan 2015-yildan boshlab o’tgan davr 
mobaynida respublikamizdagi 29 mingdan ortiq qishloq xo’jaligi korxonalariga 
jami 590 mlrd. so’mlik qiymatdagi 42 ming 890 donadan ortiq har xil turdagi 
qishloq xo’jaligi texnikalarini lizingga yetkazib berishni amalga oshirdi. 
Lizingga yetkazib berilgan texnikalar qiymati bo’yicha tahlil qilinganida 
2014-yilda Kompaniya tomonidan 133,2 mlrd. so’mlik qiymatdagi texnikalar 
lizingga yetkazib berilgan bo’lib, bu 2012-yildagi (48,9 mlrd. so’m)ga nisbatan 
2,7 barobarni tashkil etadi. 2015-yilda 167,7 mlrd so’m qiymatdagi yoki 2014 


77 
yildagiga nisbatan 26,0 foizga ko’p qiymatdagi texnikalar lizingga yetkazib 
berildi. 
Respublika qishloq xo’jaligi korxonalariga lizingga yetkazib berilayotgan 
qishloq xo’jalik texnikalari turlari ham yildan-yilga ko’payib bormoqda. 
Jumladan, 2012-yilda 18 turdagi texnikalar lizingga yetkazib berilgan bo’lsa, 
2014-yilda 30 xil turga, 2015-yilda esa 38 turga yetkazildi. Shuni to’la ishonch 
bilan aytish mumkinki, respublikamiz qishloq xo’jaligida keyingi yillarda ham 
lizing faoliyatini katta odimlar bilan rivojlanishi uchun hamma asoslar bor va 
imkoniyatlar yaratilgan. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin