1– AMALIY MASHG‘ULOT
SIGNALLARNING UZATISH SATHI. LOGARIFMIK O‘LCHOV BIRLIKLARI
1. Mashg‘ulotning maqsadi
Signallarning tok, kuchlanish va quvvat bo‘yicha uzatish sathlari, shuningdek haqiqiy, nisbiy va o‘lchov uzatish sathlari. Kanal va traktlarda uzatish sathlarini o‘lchash usullari va o‘lchov qurilmalarni o‘rganish, ularni hisoblash usullarini o‘zlashtirish.
2. Topshiriq
Amaliy mashg‘ulotga tayyorlanayotganda quyidagi savollarni o‘rganish zarur:
- signallarning tok, kuchlanish va quvvat bo‘yicha uzatish sathlarini, shuningdek haqiqiy, nisbiy va o‘lchov uzatish sathlarini;
- hisobot uchun nazariy qismning qisqacha mazmuni va berilgan variant byicha uzatish satxlarini xisoblash;
Topshiriqni bajarish uchun quyidagilarni aniqlang:
- Nolinchi nuqtaga nisbatan signalning haqiqiy sathini toping;
Signalning quvvat bo‘yicha sathini toping;
Signalning kuchlanish bo‘yicha sathini toping;
P1 sathga va R1 qarshilikga ega bo‘lgan signalning quvvat va kuchlanish bo‘yicha sathini toping;
P1 sathga ega bo‘lgan signalning quvvat va kuchlanish bo‘yicha haqiqiy qiymatini toping.
1.1-jadval
Topshiriq variantlari
№
|
Rx, mVt
|
R1 , dB
|
R, Om
|
№
|
Rx, mVt
|
R1 , dB
|
R, Om
|
1.
|
45
|
-13
|
75
|
14.
|
45
|
3
|
600
|
2.
|
40
|
-10
|
75
|
15.
|
125
|
-1
|
600
|
3.
|
50
|
-9
|
135
|
16.
|
15
|
-9
|
75
|
4.
|
35
|
-7
|
135
|
17.
|
14
|
-8
|
600
|
5.
|
25
|
-5
|
600
|
18.
|
56
|
-2
|
135
|
6.
|
30
|
-15
|
600
|
19.
|
78
|
-5
|
75
|
7.
|
60
|
-20
|
135
|
20.
|
69
|
-6
|
135
|
8.
|
65
|
-4
|
75
|
21.
|
54
|
-1
|
600
|
9.
|
70
|
-7
|
600
|
22.
|
12
|
7
|
135
|
10.
|
100
|
5
|
75
|
23.
|
5
|
9
|
135
|
11.
|
110
|
8
|
75
|
24.
|
6
|
13
|
75
|
12.
|
130
|
1
|
135
|
25.
|
34
|
3
|
600
|
13.
|
40
|
0
|
135
|
26.
|
55
|
-10
|
600
|
3. Nazariy qism
Signallarning uzatish sathlari
Elektr aloqa liniyalari uzluksiz ravishda xabarlarni uzatishga mo‘ljallangan. Umumiy holatda xabar birorta ob’ektning holati haqidagi ma’lumotlar yig‘indisidan iborat, shuning uchun uzatish punktining oxirgi abonent apparatida birlamchi deb ataluvchi elektrik signal shakllanishi va bu uzatiladigan xabarlarga mos holda ajratilishi lozim. Qabul quluvchi punktning abonent apparatida teskari jarayon amalga oshadi, ya’ni qabul qilingan birlamchi signalga mos holda xabar shakllanadi. Ovozli eshittirish signallarini uzatishda ovoz bosimini o‘zgartirishi xabar hisoblanadi, uzatishning oxirgi apparati - mikrofon, qabul qiluvchi tomonda esa ovoz balandlatgichdir.
Signallarni quvvat, kuchlanish va tok bilan xarakterlash mumkin. Buning uchun elektr aloqasida ko‘pgina hisoblarni soddalashtirish maqsadida logarifmik xarakteristikalar (uzatish sathlari)dan foydalaniladi. O‘nli logorifmlar asosida hisoblangan uzatish sathlari detsibel (dB), natural logoriflar asosida hisoblangan uzatish sathlari neper (Np) deb ataladi. Hozirgi paytda detsibeldan foydalaniladi. Quvvat kuchlanish va tok bo‘yicha uzatish sathlari quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
, dB (1.1)
bu yerda Rx, Ux, Ix- qaralayotgan x nuqtadagi quvvat, kuchlanish va toklarning qiymatlari; R0, U0, I0 - boshlang‘ich deb qabul qilingan qiymatlar.
dB va Np da ifodalangan uzatish sathlari o‘rtasida quyidagi munosabatlar mavjud: 1Np = 8,686 8,7 gB va 1dB = 0,115 Np.
Agar Rx va R0 quvvat ajratib chiqadigan qarshilikning Zx, Z0 qiymatlari ma’lum bo‘lsa, quvvat, kuchlanish va toklarni uzatish sathlari orasidagi ma’lum nisbat asosida
bog‘lanishlarni topish mumkin:
(1.2)
(1.3)
agar bo‘lsa, rquv=rkuch=rtok ga teng.
Agar Rx quvvat, Ux kuchlanish yoki Ix tok kattaliklari R0 quvvat, U0 kuchlanish, I0 tokning boshlang‘ich kattaliklaridan katta bo‘lsa, uzatish sathlari musbat, aks holda uzatish sathlari manfiy qiymatga ega bo‘ladi. Rx=R0, Ux=U0 va Ix=I0 bo‘lgan holda yuqorida aytilgan uzatish sathlari nol qiymatli bo‘ladi.
Uzatish sathlari haqiqiy va o‘lchash sathlariga bo‘linadi.
Quvvat, kuchlanish yoki tokning logarifmik birliklaridan quyidagi ma’lum formulalar bilan ularning haqiqiy kattaliklariga o‘tish oson:
Rx=R0·10 0,1Rquv mVt ,
Ux=U0·10 0,05Rkuch V ,
Ix=I0·10 0,05Rt mA. (1.4)
Agar quvvat, kuchlanish va tokning boshlang‘ich qiymatlari: R0 =1 mVt, U0=0,775 V va I0=1,29 mA qabul qilingan bo‘lsa, unda hisoblangan sathlar haqiqiy deb ataladi va dBq, dBk va dBt da o‘lchanadi. Bu qiymatlar 600 Om qarshilikda ajratib olinadi. Unda hisoblangan sathlar nisbiy deb ataladi va dBq, dBk va dBt lar bilan belgilanadi:
dB,
dB,
dB. (1.5)
Bunday sathlar traktlarni uzatish xarakteristikasini o‘lchashda keng qo‘llaniladi, chunki ularni qiymatlari boshidan oxirgi berilgan nuqtagacha trakt uchastkasining quvvat, kuchlanish va tok kuchayishiga sonli ravishda tengdir. Bunda sathlarning manfiy qiymatlari berilgan uchastkadagi kuchayishga emas, balki so‘nishga mos keladi. Kanal va traktlarda signal va xalaqitlarni qiymatlarini me’yorlashtirish uchun quvvat bo‘yicha nolinchi nuqtaga nisbatan sathlar (NNNS) tushunchasi qo‘llaniladi. Signal sathidan rq quvvat bo‘yicha sathga rq o‘tish uchun traktning berilgan nuqtasida o‘lchov tengligi qo‘llaniladi:
rq=rqo +rq. o‘lchov (1.6)
bu erda rq o‘lchov - traktning berilgan nuqtasidagi quvvat bo‘yicha o‘lchov sathi.
Quvvat bo‘yicha nisbiy sathni aks ettiruvchi (2.1) ifodani, quyidagi ko‘rinishda ifodalash mumkin:
rnq=rq-rhk , (1.7)
bu erda rq - tekshirilayotgan nuqtadagi quvvat bo‘yicha mutlaq sath va rhq - hisoblash nuqtasidagi sath. Quvvat bo‘yicha nisbiy sath quvvatning o‘lchash nuqtasidagi va hisoblash nuqtasi deb qabul qilingan nuqtadagi mutlaq sathlarining farqiga tengligi (2.7) formuladan ko‘rinib turibdi.
Kuchlanish bo‘yicha nisbiy sathlar ham shunga o‘xshash qilib olinadi:
rnk=rk-rhk . (1.8)
Aloqa kanallari va traktlari bo‘yicha uzatiluvchi signallar liniyadan o‘tganda ayrim sabablarga ko‘ra buziladi va unga yana shovqin ta`sir qiladi.
Kanalning sifati nuqtai nazaridan buzilishlar belgilangan miqdordan oshib ketmasligi uchun kanalning elektrik xarakteristikalarini me`yorlashtirish zarur. TCH kanalning xarakteristikalarini me`yorlashirishda kanalning uzunligi, tranzit ulanishlar, bundan tashqari tovush chastotali kanallardan boshqa turdagi axborotlarni uzatishda foydalanish mumkinligini ham hisobga olish zarur.
TCH kanalning eng asosiy xarakteristikalaridan biri qoldiq so‘nish hisoblanadi. U vaqt bo‘yicha doimiy qolmaydi. SHuning uchun qoldiq so‘nishni nominal qiymatidan tashqari, 800 Gs li chastotada mumkin bo‘lgan nomo‘tadilligi ham me`yorlashtiriladi. Qoldiq so‘nish deb, kanalda berilgan chastotadagi hamma so‘nishlar (a) yig‘indisidan, hamma kuchayishlar (S) yig‘indisidan ayirmasi orqali aniqlanuvchi ishchi so‘nishga aytiladi.
aqold=a-S, dB (1.9)
Kanaldagi kirish va chiqish qarshiliklarni nazarda tutgan holda qoldiq so‘nishni kanalning kirishidagi va chiqishidagi uzatish satxlaring farqi orqali ham aniqlash mumkin:
aqold=Rkir-Rchiq, dB (1.10)
(Rkir –kanalning kirshidagi uzatish satxi
Rchiq –kanalning chiqshidagi uzatish satxi)
Rkir=0 ekanligi xisobga olinsa Rchiq=-aqold
Qoldiq so‘nish 800 Gs li chastotada me`yorlashtiriladi. Kanalning ikki simli qismi uchun qoldiq so‘nish: aqold=7 dB, kanalning 4 simli qismi uchun qoldiq so‘nish aqold=-17 dB ga teng. Qoldiq so‘nishni me`yordan og‘ishi (800 Gs li chasttotada) odiiy TCH kanal uchun (ya`ni tranzit ulanishlarsiz) 1 dB dan oshmasligi lozim. Qoldiq so‘nishni me`yordan oshishi signal satxini pasayishiga olib keladi va signalga ta`sir qiluvchi shovqinlarning sathi oshadi. Qoldiq so‘nishning me`yordan pasayishi esa, nochiziqli buzilishlarni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi, qo‘shimcha garmonikalar tufayli kanallararo bir-biriga o‘tishlar hosil bo‘ladi.
TCH kanallar me`yorda ishlashi uchun, ularni quvvat va kuchlanish qiymatlarini yoki shu kanalning har xil nuqtalariga mos keluvchi satxlarini me`yorlashtirish lozim. SHunday qilib, TCH kanalning 2 simli kirishidagi nisbiy uzatish satxi (nolinchi nuqtaga nisbatan) 0 dB ni, 4 simli kirishdagi nisbiy uzatish satxi esa -13 dB ni, ularning chiqishidagi satxlar esa ikki, simlida -7 dB, 4 simlida esa 4.3 dB ni tashkil etadi. Signalning o‘lchov chastotasi 800 Gs ga teng.
Uzatish tizimlari va kanallarining me`yoriy ishlashini ta`minlash uchun signallarning quvvat, kuchlanish va tok kattaliklari hamda ularga tegishli satxlar, shuningdek xalaqitlarning joiz satxlari me`yoriy holatga keltiriladi. Bunda signallar va xalaqitlarning satxlari kanalning turli nuqtalarida har xil bo‘lishini hisobga olish kerak. Noaniqlikdan saqlanish uchun me`yoriy holatga keltiriladigan barcha kattaliklar uzatish traktining nol o‘lchov satxli nuqtasiga keltiriladi. Nol o‘lchov satxli nuqtaga keltirilgan quvvat bo‘yicha satxlar dBq0 bilan belgilanadi.
Uzatish satxlarini o‘lchaydigan asboblarni, satx ko‘rsatkichlar deyiladi. Quvvat yoki kuchlanish bo‘yicha satxlarda darajalangan odatdagi voltmetrlar, o‘lchash shkalasi va kirish regulyatorlari shular jumlasiga kiradi. Xatolarga yo`l qo‘ymaslik uchun satx ko‘rsatkichlarida shkalaning nol belgisiga to‘g‘ri keladigan kuchlanish yoki 1 mVt quvvat ajralib chiqayotgan R aktiv qarshilik kattaligi ko‘rsatib qo‘yiladi. R=600 Om va Uo=0,775 B, R=150 Om va Uo=0,387 B, R=75 Om va Uo=0,274 B uchun darajalangan keng polosali va tanlab olinadigan satx ko‘rsatkichlari ko‘p tarqalgan. Bunday darajalanayotganda kuchlanish satxlarining qiymatlari, mutlaq quvvat satxlarining qiymatlari bilan bir xil bo‘ladi.
4. Nazorat savollari
Qanday uzatish sathlarni bilasiz?
Signalning quvvat, kuchlanish va toki bo‘yicha uzatish sathlari ma’lum bo‘lsa, uning quvvat, kuchlanish va tok qiymatlari qanday aniqlanadi?
Signalning quvvat, kuchlanish va tok qiymatlari ma’lum bo‘lsa, uning quvvat, kuchlanish va tok bo‘yicha uzatish sathlari qanday aniqlanadi?
Signalning haqiqiy sathi deganda nimani tushunasiz?
Signalning nisbiy sathi deganda nimani tushunasiz?
Signalning qanday parametrlarini bilasiz?
Kanalning xususiyatlarini xarakterlovchi signalning qanday parametralarini bilasiz?
Dostları ilə paylaş: |