Lolanamolar qabilasi


G. ova Stopf.-Tuxumsimon Boychechak



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə3/14
tarix30.05.2022
ölçüsü1,6 Mb.
#60035
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Lolanamolar qabilasi (1)

G. ova Stopf.-Tuxumsimon Boychechak. Gullari tillarang, orqasida xira binafsharang dog‘i bor. To‘pguli ro‘vaksimon yoki qalqonsimon. Bo‘yi 3 - 7(10) sm. Piyozining qobig‘i yupqa, pardasimon, mochalkasimon, uchi poya tubini o‘rab turadi.
G. olgae Rgl. - Olga boychechagi + Piyozining qobig‘i qalin, terisimon, poyaning asosini o‘rab tepaga ko‘tarilmaydi. Guli sariq, orqasida xira yashil dog‘i bor....3 3. Ildiz bo‘g‘zi atrofidagi barglari 1-2 ta, poyadagi barglar qo‘ltig‘ida piyozchalar hosil bo‘lmaydi. Bo‘yi 10-20 sm. Piyozi 1 dona, uning yonidan poya chiqadi. Qobig‘i qora, piyozchalari yo‘q. III-IV Cho‘l, adir, tog‘, bo‘z yerlarda o‘sad G. stipitata Merexl. - Poyali boychechak + Poya 2 ta piyozning o‘rtasidan chiqadi, piyozning bittasi maydaroq. Agar poya 1 ta piyozning yonidan chiqsa, ikkinchi piyoz o‘mida g‘uj joylashgan bir nechta piyozchalar bo’ladi. Ildiz bo‘g‘zidagi (tuproqdan koiariladigan) barglari 2 ta, qilga o‘xshash ingichka. Bo‘yi 7-15 sm, 1-2 gulli.. Tog‘. Qoya toshlar yoriqlarida, oraligida o‘sadi.
G. capillifolia Vved. - Qilbargli boychechak + Ildiz bo‘g‘zidagi (tuproqdan koiariladigan) barglari 1 ta. Piyozi 1 ta yonidan g‘uj piyozchalar hosil qiladi. Bo‘yi 8-25 sm. IV-V. Adir, pastki tog‘. Bo‘z va chagir toshli yonbagirlarda o‘sadi.
LOLALAR TURKUMI—tulipa.
Lola (Tulipa) — loladoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, manzarali ekma gul. Yer yuzida uning 1400 ga yaqin jumladan Yevrosiyoda 100 dan ortiq, Oʻrta Osiyoda 64 turi tarqalgan. Lolalar piyozli bahori oʻsimlik hisoblanadi, gulchilikda muhim ahamiyat kasb etadi. Koʻpgina mamlakatlar qatorida Niderlandiyada va Oʻrta Osiyoda Lolalar koʻproq yetishtiriladi. Oʻzbekistonning adir va togʻlarida Lolalarning yovvoyi 25 turi usadi. Lolalarning qizil Lola (T. greigii) va targil Lola (T. fosteriana) xili gullarining yirik va nafisligi bilan boshqa Lolardan farq qiladi. Seleksionerlar yaratgan navlar soni hozirgi vaqtda bir necha mingdan ortiq. Oʻzbekiston FA Botanika bogʻida 60 ga yaqin xili oʻstiriladi. Qizil rang Lolalarning turli tuslilari: och qizildan, qora qizilgacha, shuningdek, sariq, targʻil, gunafsha va boshqa xillari uchraydi. Piyozi tuxumsimon, rombsimon, sharsimon, diametri 2,5—4 sm, Poyasi 20— 30, baʼzan 50 sm gacha Barglari 2—3 ta, choʻziq. Tojbarglarining uz. 8 sm. Mevasi koʻsakcha, eni 1,5—2 sm, uz. 3— 6 sm. Lolalar, asosan, adirlar, toshli va chagʻir toshli qiyaliklarda yaxshi oʻsadi. Urugʻi hamda piyozidan koʻpaytiriladi (piyozidan koʻpaytirilganda erta gul beradi). May — iyunda gullaydi. Iyun — iyul oyining oxirlarida piyozi qazib olinib, 22—25° haroratda quritib saqlanadi, soʻngra harorat 12—13° ga pasaytiriladi. Sentabr-okt. oylarida piyozi 8—15 sm chuqurlikda ekiladi.
Oʻrta Osiyoda tabiiy Lolalar Qoraqum va Qizilqum choʻllaridan to Pomir-Olay hamda Tyanshan togʻlari mintaqalardagi turli iqlim va tuproq sharoitida oʻsadi. Dunyoga mashhur eng nafis madaniy Lolalarning (Gollandiya L.lari) aksariyat qismi Oʻrta Osiyo Lolalari zaminida yaratilgan. Oʻzbekiston FA Botanika bogʻida Lolalar oʻstirish hamda yovvoyi va madaniy turlaridan yangi navlar yetishtirish boʻyicha ilmiy izlanishlar olib boriladi. Oʻzbek milliy urf-odatlarida Lolalar. qadimdan eʼzozlanadi (qizil Lola sayli).

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin