Olg’i turkumi—Fritilaria. Bu turkum vakillari piyozboshli,poyasi bargli,osilgan chochoq to’p gulli o’t o’simliklardir.Ularning guli qo’ng’iroq,piyolasimon.Gulqo’rg’oni 6 ta,gultojsimon,erkin bargchali,shaxmatsimon rasmli,tezdan to’kilib ketadigan.Bu turkum vakillari nihoyatda chiroyli efemeroid o’simliklardan bo’lib,O’rta Osiyoda 26 ta turi uchraydi.Shundan O’bekistonda 2 ta turi uchraydi.
1.Farg’ona olg’isi—Fritilaria ferganensis poyasi 20-50 sm,ingichka barglari lansetsimon,gulqorg’oni och qizil-gunafsha rangli,shaxmat gulli,tuksiz o’simlikdir.Ular Farg’ona vodiysida uchraydi.
2.Olga Olg’isi—Fritilaria olgae.Bu tur Farg’ona vodiysidan vegetativ organlari va gulining kattaroq bo’lishi,gulqo’rg’on uchlarining qizil rangli bo’lishi bilan ajralib turadi.Tarkibida alkaloid bo’lganligi uchun olg’ilarni mollar yemaydi,ammo ular dekarativ ahamiyatiga ega.
Liliya turkumi—Llium.
Bu turkum vakillari piyozboshchasi sirtdan qalin tangacha barglar bilan qoplangan,poyasi oddiy,ba’zan uchi shoxlangan o’t osimliklardir.Poyasidagi barglar navbatlashib yoki doira hosil qilib o;rnashgan.Guli yirik,qo’ng’iroqsimon,oq,qizil,sariq,gilos rangli,gulqo’rg’oni 6 ta erkin bargchadan iborat.Changchilari 6 ta ,urug’chilari 3 uyali,ko’p urug’kurtakli.Bu turkumga 60 ga yaqin tur kiradi.Ular Shimoliy Yarimsharda keng tarqalgan.Shundan 15 ta turi Rossiyaning yevropa qismida,Sibirda va Uzoq Sharqda,Kavkazda, O’rmonli yerlarda,tog’ qoyalarida va biroz salqin yerlarda chiroyli dekorativ o’simlik sifatida o’sadi.Oq gulli liliya-- Llium Candidum dekarativ o’simlik sifatida O’zbekistonda,ba’zan gulzorlarda va xonadonlarda o’sadi.
Loladoshlar oilasiga mansub Qizil kitobga kiritilgan noyob turlar. Lola –Tulipa ning barcha turlari va tur xillari manzarali o’simlik sifatida ahamiyatli.SHuning uchun bo’lsa kerak Lolalarning 26 ta turi “O’zbekiton Respublikasining Qizil kitobi”ga kiritilgan.
1.Xolmon isirg’aguli—Fritillaria eduardii. Kamyoblik darajasi 2. O’zbekistonda kamayib borayotgan va areali ajralgan o’simlik.
Hayotiy shakli-- poyasi bargli 40-80, ba’zan 150 sm ga yetadigan piyozli, ko’p yillik o’t.
Botanik tarifi va tarqalishi – barglari yaltiroq, yashil, pastki barglari keng cho’ziq, ba’zan poyada halqa hosil qilib joylashadi. Poyaning eng yuqori qismdagilari nashtarsimon,halqa shaklida o’rnashgan. Gullari qo’ng’iroqsimon, pastga qarab osilib turadi,qizg’ish,qirmizi-qo’ng’ir rangli,2-8 tadan bo’lib,soyabonsimon to’pgul hosil qiladi. Mevasi yuqoriga qarab tik turuvchi,qisqa bandli,eni 4-5 sm,ensiz qanotchali qutichaga o’xshydi. Aprelda gullab,mevasi may oyida yetiladi.Ajoyib,xushmanzara o’simlik.
Bobotog’,Hisor,Oloy (So’x daryosining havzasi).Tojikistonda,Afg’onistonda ham uchraydi.Dengiz satxidan 2100 m balandlikda daraxt va butalar orasida,ba’zan sernam toshli hamda ohaktoshli surilmalarda o’sadi.O’zbekistonda juda kam uchraydi. Urug’idan va vegetative yo’l bilan ko’payadi. O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari-- Gullari g’oyat chiroyli,gullagan paytida mahalliy xalq tomomidan terib olinadi,piyozlari esa qazib olinib,iste’mol qilinadi.SHu sababli keskin darajada kamayib ketgan.