Lolanamolar qabilasi


Dilband lola—Tulipa micheliana



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə7/14
tarix30.05.2022
ölçüsü1,6 Mb.
#60035
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Lolanamolar qabilasi (1)

2.Dilband lola—Tulipa micheliana.
Kamyoblik darajasi 2.
G’arbiy Pomir—Oloydagi kamayib ketgan tur.
Hayotiy shakli—bo’yi 20-30 sm oralig’idagi ko’p yillik piyozli o’t. Botanik ta’rifi va tarqalishi—piyozi tuxumsimon,qora-qo’ng’ir charmsimon qobig’ining ichki tomoni yotiq tuklar bilan qoplangan.Barglari 3-4 ta,yo’l-yo’l binafsha dog’li. Guli yakka,yirik,diametri 10 sm gacha bo’lib,qizil rangdan to’q pushti ranggacha,o’ziga xos qadaqsimon shaklda. Gulining tubi qora,sariq gardishli,ba’zan gardishsiz. Changchili iplari qora,changdonlari binafsha rangli,ba’zan sariq. Mart-aprel oylarida gullab,may-iyunda mevasi yetiladi. Ko’xitang,Hisor tizmalarida (Dehqonobod atroflari) tarqalgan. Tog’ oldi tekisliklari va adirlardagi toshli va soz tuproqli yonbag’irlarida o’sadi. Kam,yakka holda uchraydi. Urug’idan va piyozidan ko’payadi. O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari. O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari—Chorva mollari boqilishi va o’simlik gulining terib olinishi sababli kamaymoqda.


3.Korolkov lolasi—Tulipa korolkov. Kamyoblik darajasi 2.
Janubiy-g’arbiy Tyanshan va Pomir-Oloydagi areali ajralgan,kamyob o’simlik.
Hayotiy shakli—bo’yi 10-20 sm ga yetadigan ko’p yillik,piyozli o’t. Botanik ta’rifi va tarqalishi—piyozi tuxumsimon,diametri 2,5 sm,qob’ig’I ichki tomonining yuqori qismi sertuk.Barglari 3 ta, egri-bugri.Guli yakka,qizil,tubi qora. CHangchi iplarining pastki qismi qora,yuqori qismi esa qizil.Ba’zan changchi iplari qora yoki qizil.CHangdoni sariq.Mart-aprel oylarida gullab,iyun-iyul oylarida mevasi yetiladi.
Kuxitang,Boysun,Bobotog’da,Xisor tizmalarida tarqalgan.Qozog’iston va Tojikistonda ham uchraydi.Qum-shag’alli hamda toshli yonbag’irlarda va ola jinsli yerlarda o’sadi.Tabiatda to’p-to’p bo’lib va yakka-yakka holda tarqalgan.Urug’idan va piyozidan ko’payadi.
O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari—Gullari uzib olinishi va piyozlari qazib olinishi hamda chorva mollarining boqilishi sabali kamayib bormoqda.

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin