Lolanamolar qabilasi



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə8/14
tarix30.05.2022
ölçüsü1,6 Mb.
#60035
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Lolanamolar qabilasi (1)

4.Oritiyasimon lola.-- Tulipa orithyioides Kamyoblik darajas 1. G’arbiy Pomir—Oloydagi yo’qolish arafasida turgan kamyob,endem o’simlik.Hayotiy shakli—bo’yi 7-12 sm ga yetadigan ko’p yillik, piyozli o’t. Botanik ta’rifi va tarqalishi—piyozi tuxumsimon,diametri 1,5 sm, qobig’i qog’ozsimon,qo’ng’ir-kulrang,ichki to’rsimon momiq tukli. Barglari 2 ta,yaqin joylashgan,egri-bugri. Gullari yakka,oq,tubi sariq.CHangchi iplari sariq,ostki qismi uzun kipriksimon tukli.CHangdoni xira binafsha rangli. May-iyun oylarida gullab,iyul-avgustda mevasi yetilad.Hisor tizmasi (Cho’lbair tog’i va To’palon daryosi havzasi)da tarqalgan.Dengiz satxidan 2500-3000 m balandlikda tosh-shag’alli yonbag’irlarda o’sadi.Таbiatda yakka-yakka holda tarqalgan.Urug’idan va piyozidan ko’payadi. O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari.Gullari uzib olinishi hamda chorva mollari boqilishi oqibatida kamayib bormoqda. 1980 yili qidirib topish uchun uyushtirilgan tadqiqot ishlari ijodiy natija bermadi.
5.Changchi ipi tukli lola-- Tulipa dasystemon Kamyoblik darajasi 2.
G’arbiy tyanshan va Pomir-Oloydagi areali ajralgan kamyob tur.
Hayotiy shakli—bo’yi 10-20 sm ga yetadigan ko’p yillik piyozli o’t. t
Botanik ta’rifi va tarqalishi—piyozi tuxumsimon,diametri 1,5 sm gacha.Qobig’i qog’ozsimon,qora-qo’ng’ir tusli yoki qo’ng’ir,ichki tomonining yuqori qismi yotiq tukli. Bargi 2-3 ta.Guli yakka,och sariq,ba’zan oq,tubi sariq.CHangchi ipi va changdoni sariq.May-iyun oylarida gullab,iyul-avgustda mevasi yetiladi.
Hisor tizmalarida tarqalgan (Toshkent,Surxondaryo viloyatlari).Qozog’iston,Qirg’iziston va Tojikistonda ham uchraydi.Dengiz sathidan 2500-3000 m balandlikdagi toshli va shag’alli tog’ yonbag’irlarida o’sadi.Kichik tuplar hosil qilib yoki yakka-yakka holda tarqalgan.Urug’idan va piyozidan ko’payadi. O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari. Urug’ining qiyin unishi va chorva mollarining boqilishi arealining qisqarib ketishiga sabab bo’lgan.

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin