O’sish sharoiti: Soz tuproqli yonbag’irlarda o’sadi.
Soni:Kichik maydonda tarqalgan, yosh nihollari hisobiga ko’pdek tuyuladi.Gullab turgan to’pgullari nihoyatda siyrak.
Ko’payishi:Asosan vegetativ ravishda ko’payadi.Urug’idan ham ko’payadi.
O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari: Bu tur o’sib turgan yerlar uzluksiz ravishda dehqonchilik qilinishi va chorva mollarining boqilishi oqibatida kamayib bormoqda.U asosan vegetativ usul bilan ko’payishi hisobiga saqlanib qolinmoqda.
Vvedenskiy lolasi-Тюльпан Введенскго-Tulipa vvedenskyi Botschantz. Kamyoblik darajasi: 2. Janubi-g’arbiy Tiyanshanda o’suvchi kamyob, endem o’simlik.
Botanik tavsifi:Bo’yi 20-35 sm ga yetadigan ko’p yillik,piyozli o’t. Piyozi tuxumsimon, diametri 2-3 sm, to’q-qo’ng’ir rangli qobig’i qog’ozsimon. Barglari 3-4 ta ,egri bugri.Gullari bittadan,qizil rangli. Gulining tubi sariq,changchi iplari sariq yoki jigarrang,changdonlari sariq yoki qoramtir binafsha rangli.Aprel-may oylarida gullab, iyun-iyulda mevasi yetiladi. Tarqalishi:Ohangaron daryosi vodiysida o’sadi (Toshkent viloyati) O’sish sharoiti:Dengiz satxidan 1600-2000 m balandlikda tub jinslarda shag’alli yonbag’irlarda o’sadi. Soni:Tabiatda kichik guruhlar hosil qilgan holda tarqalgan.
Ko’payishi:Urug’idan va piyozi orqali ko’payadi.
O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari:Gul va piyozlari ko’plab yig’ib olinishi va chorva mollarining boqilishi tufayli kamayib bormoqda.
Madaniylashtirlishi: O’zbekiston Respublikasi FA Botanika bog’ida 1956-yildan buyon ekib kelinmoqda.
Farg’ona lolasi-Тюльпан ферганский-Tulipa ferganica Vved. Kamyoblik darajasi 2. Farg'ona vodiysining kamyob endem o'simligi. .
Botanik tavsifi:Bo’yi 15-40 sm ga yetadigan ko’p yillik piyozli o’t. Piyozi tuxumsimon, qobig’i qoramtir-qo’ng’ir,qattiq –charmsimon, ichki tomonining yuqori qismi va asosi yotiq tukli. Barglari tukli,yuqori qismidagilari egri-bugri. Guli yakka,sariq,tashqi tomoni ko’kimtir pushti rangli,gul tubi sap-sariq.CHangchi iplari qizg’ish-sariq,changdoni qizg’ish rangli.Aprel-may oylarida gullab,iyun-iyulda mevasi yetiladi.
Tarqalishi: Oloy tizmasining pastki qismida (Vodil,SHoximardon qishloqlari atrofida tarqalgan). O’sish sharoiti:Adirlardagi toshli va mayda zarra tuproqli yonbag’irlarda o’sadi. Soni: Tabiatda yakka holda tarqalgan.