6.Yungli lola—Tulipa lanata. Kamyoblik darajasi 2. Pomir- oloydagi kamyob, endim o’simlik. Hayotiy shakli—bo’yi 15-40 sm ga yetadigan ko’p yillik,piyozli o’t. Botanik ta’rifi va tarqalishi—Piyozi tuxumsimon,diametri 4 sm gacha,qobig’i yupqa charmsimon ,qo’ng’ir rangli ichki tomoni qalin,uzun tuklar bilan qoplangan. Barglari 4 tagacha,chetlari egri-bugri.Guli yakka,diametri 5-6 sm, gulqo’rg’oni qizil,asosan qo’ng’ir yoki qora,oq-sariq hoshiyali.Chngchi iplari qisqa, tubi qora,uchburchak shaklda,changdonlari qizg’ish qora,tub qismi oq.Aprel—may oylarida gullab,iyunda mevasi yetiladi.Hisor tizmasidagi Qizilsuv va Surxondaryo havzalarida,Kuxitang,Boysuntog’ va bobotog’da tarqalgan (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari)Tojikistonda ham uchraydi.Tog’ning pastki qismidagi soz tuproqli va toshli yonbag’irlar hamda ochiq ola jinsli tuproqlarda tarqalgan.Yakka-yakka va kichik guruhlar holida o’sadi. Urug’idan va piyozidan ko’payadi. O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari.Gul va piyozlarini ko’plab yig’ib olinishi hamda chorva mollarining boqilishi tufayli qisqarib bormoqda.
7.Tubergen lolasi—Tulipa tubergeniana. Kamyoblik darajasi 1. Janubi-g’arbiy Pomir-Oloydagi kamyob,yo’qolish arafasidagi tur.
Hayotiy shakli—bo’yi 10-40 sm ga yetadigan ko’p yillik,piyozli o’t. Botanik ta’rifi va tarqalishi—piyozi tuxumsimon,diametri 3-5 sm,qobig’i jigarrang yoki qo’ng’ir,ichki tomoni to’rsimon-chalkash,momiq tukli.Barglari 3 ta ,gulidan uzun.Gullari yakka,yirik,diametri 6-7 sm,qizil,tubi qora,och sariq,gardishsimon dog’li.Changchi iplari qora, changdonlari binafsha rangli.Apreldagullab,iyun-iyul oylarida mevasi yetiladi.
Hisor tixmasida(Boysun tog’larida,Sina qishlog’i atrofi va To’palon daryosi havzasida),Ko’xitang tizmasida tarqalgan.Tojikistonda ham uchraydi.Ola jinsli qoldiq tog’lardagi soz tuproqli yonbag’irlarda va ko’pincha pistazorlarda o’sadi. Tabiatda yakka-yakka holda tarqalgan. Urug’idan va piyozidan ko’payadi.
O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari—gullari ko’plab uzib olinishi va chorva mollari boqilishi tufayli kamayib bormoqda.