8.Ulug’vor lola-Tulipa ingens. Kmyoblik darajasi 2. G’arbiy Pomir-Oloyda juda kam tarqalgan endem o’simlik.
Hayotiy shakli—bo’yi 12-25 sm orasidagi ko’p yillik piyozli o’t. Botanik ta’rifi va tarqalishi—piyozining diametri 2,5-4 sm,cho’ziq tuxumsimon,ustki qismi qora-qo’ng’ir yoki qo’ng’ir yupqa charmsimon qobiq bilan o’ralgan.Barglari 3-4 ta,tarvaqaylagan,o’tkir uchli,nashtarsimon,chetlari egribugri,ko’kimtir rangli.Guli qizil,yulduzsimon,tubi qora rangli. CHangchisi va changchi iplari qora,tim qo’ng’ir yoki to’q qizil rangli. Aprel-may oyida gullab,iyun-iyulda mevasi yetiladi.
Ko’xitang va Hisor tizmalarida tarqalgan.Tog’larning dengiz satxidan 1600-2000 m balandlikdagi soz tuproqli yonbag’irlarida o’sadi.Yakka-yakka holda uchraydi.Urug’idan va piyozidan ko’payadi. O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari—Chorva mollarining boqilishi,gullarini uzib va piyozlarini qazib olinishi sababli kamaygan.
9.Pushtakli lola—Tulipa carinata. Kamyoblik darajasi 2. Pomir-Oloyning janubi-g’arbidagi kamyob,endem o’simlik.
Hayotiy shakli—bo’yi 15-50 sm orasidagi ko’p yillik piyozli o’t. Botanik ta’rifi va tarqalishi—piyozi tuxumsimon,diametri 1,5-4 sm,qobig’i charmsimon qora-qo’ng’ir rangli,ichki tomoni qalin tukli. Barglari 3-4 ta.Guli yakka,qizil yoki pushti rangli.Gulining tubi sariq yoki och sariq.CHangchi iplari qora,changdoni qora yoki qizg’ish,ba’zan sariq.May-Iyunda gullab,iyul-avgust oylarida mevasi yetiladi.
Ko’xitang,Boysun tog’lari,Hisor tizmasida (Cho’lbair tog’i,Sangardak daryosi havzasi) tarqalgan.Tog’ning o’rta qismidagi toshli va mayda zarra tuproqli yonbag’irlarda o’sadi.Yakka-yakka holda tarqalgan.Urug’idan va piyozidan ko’payadi.O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari—Ko’plab gullari terib olinishi sababli areali qisqarib bormoqda.
Lyudmila boychechagi- Гусиный лук Людмилы--Gagea ludmilae LevichevKamyoblik darajasi 1. CHotqol tizmasidagi kichik maydonlarda tarqalgan endem o’simlik.
Botanik tavsifi: Ko’p yillik piyozli o’simlik.Piyozining diametri 6-8 mm yosh piyozchalaridan 4-6 ta, uzunligi 1-5 sm keladigan,uchida bittadan piyozchalar o’rnashgan poyachalar o’sib chiqadi.Ildizoldi bargi novsimon ,uchi o’tkirlashgan. Poyadagi barglari to’pgulning pastki qismida halqa hosil qilib joylashgan. Gulqo’rg’onining uzunligi 10-15 mm.Urug’i yassi. Aprelda gullab,may oyida mevasi yetiladi. Tarqalishi: Toshkent viloyati:faqat bir joyda o’sishi ma’lum. (Parkent shahrining janubiy-sharqiy qismida ).