Ko’payishi: Urug’idan va vegetative yo’l bilan ko’payadi.
O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari:Gul va piyozlari yig’ib olinishi va chorva mollarining boqilishi tufayli kamayib bormoqda.Ilgari Farg’ona shahri atroflarida o’sganligi ma’lum
Lemann lolasi-Тюльпан Леманна-Tulipa lehmanniana Merckl. Kamyoblik darajasi 3. O’zbekistonda juda kamyob tur.
Botanik tavsifi: Bo’yi 15-25 sm orasidagi ko’p yillik piyozli o’t.Piyozi tuxumsimon,diametri 1,5-4 sm.Qobig’i charmsimon,qora-qo’ng’ir, yer-yuzasigacha davom etadi.Barglari 3-4 ta,egri-bugri.Guli yakka,sariq yoki qizil,tubi qora,jigarrang dog’li.CHangchi iplari,changdonlari sariq. Mart-aprel oylarida gullab,may-iyunda mevasi yetiladi. Таrqalishi:Jizzax,Buxora,Navoiy viloyatlari:Nurota tizmasi;Qizilqumda Konemix cho’lida,Tomdi va Darvoza tog’larida tarqalgan. Qozog’iston, Turkmaniston hamda Tojikistonda uchraydi.
O’sish sharoiti:Qoldiq tog’ida,qumli tosh-shag’alli yonbag’irlarida,ola jinslari yer yuzsiga chiqib qolgan joylarda o’sadi.
Soni:Yakka-yakka va kichik guruhlar holda uchraydi.
Ko’payishi:Urug’idan va piyozidan ko’payadi.
O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari:Gullari ko’plab terib olinishi va chorva mollarining boqilishi sababli kamayib bormoqda.
Qardoshli lola- Тюльпан родственный-Tulipa affinis Botschantz. Kmyoblik darajasi: 2.SHimoliy Pomir-Oloydagi kamyob,endem o’simlik.
Botanik tavsifi:Bo’yi 15-25 sm oralig’idagi ko’p yillik piyozli o’t. Piyozi cho’ziq-tuxumsimon,diametri 2-4 sm.Qobig’i qog’ozsimon, uzun,to’q-qo’ng’ir rangli.Barglari 3 tagacha,ko’kimtir,sal egri-bugri. Guli yakka-yakka,qizil,tubi qora,sariq xoshiyali.CHangchi ipi qora, changdonlar bilan birikkan joyi oq.CHangdonlari qora-binafsha rang. Aprel-may oylarida gullab,iyun-iyulda mevasi yetiladi. Таrqalishi :Jizzax viloyati:Turkiston (Zomin qo’riqxonasining atrofi) va Nurota tizmasida tarqalgan.Qirg’iziston va Tojikistonda ham uchraydi. O’sish sharoiti:Archazorlardagi mayda zarra tuproqli va toshli yonbag’irlarda o’sadi . Soni:Yakka-yakka holda tarqalgan. Ko’payishi: Urug’idan va piyozidan ko’payadi. O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari:Gullari ko’plab terilishi va chorva mollari boqilishi qirilib ketishiga olib kelgan.