Lotin amerikasi



Yüklə 22,75 Kb.
tarix17.06.2023
ölçüsü22,75 Kb.
#131931
12-mavzu


LOTIN AMERIKASI
Mintaqa transport tizimining shakllanishi va qishloq xojsaltgining eksport tarmoqlari rivojlanishining hal qiluvchi ta'siri ostida sodir bo'ldi. Xo'jalikning ixtisoslashuvi va tarkibi iqtisodiy rivojlangan kam sonli shahariar va tumanlarda ishbilarmonlik faolligining eng yuqori jamlanishini keltirib chiqardi. Argentina, Braziliya Meksika, Chilida transport rivojlanishiga oid hududiy nomutanosibiiklar bilan birga temir yo'l tarmog'ining ilk rivojlanishi kuzatiladi — bunday temir yo’l kengligi turlicha bo’lgan: Janubiy Amerikadagi 90 ming km. li temir yo’l tarmog’ining yarmida temir yo’l kengligi bir metrga teng j qismi - keng (1,7 metr),10 foizi- standart yo'l (1,4 m). Argentinada temir yo’l kengligiga ko’ra 5 turga, Braziliyada — 4 turga bo^inadi. Bunday farqlar yuk tashishlarni qiyinlashtiradi va qimmatlashtiradi, hududlararo iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga xalal beradi; tor temir yo’llarning ko’pligi temiryo’llarning o’tkazuvchanligini kamaytiradi. Yuk tashish zichligi G’arbiy Yevropa davalatlariga nisbatdan ancha past. Temir yo’llarning faqat 4,6 ming km.ga teng qismi elektrlashtirilgan, bu tarmoqning 3,7 foizni tashkil etadi, ayni paytda Afrikadagi bu ko’rsatkich tarmoqning 13 foiziga teng.
Avtomobil yo’llari tarmog’i asosan gruntlangan yo’llardan tashkil topgan, ulaming aksariyat qismi profiilangan yo’llar; qattiq qoplamali yo'llar tarmoqning 1 /3 qismini tashkil etadi, bu esa Osiyo mamlakatlariga (55 foizga yaqin) qaraganda ancha kam, ammo Afrika davlatlanga (20 foiz) nisbatdan ancha yuqori. Ayni paytda takomillashtirilgan qoplamli avtomagistrallar barpo etilmoqda. Yirik bandargohlarning rivojlanishi (masalan, dunyodagi eng yirik kon bandargohi Braziliyadagi T uburan bandargohi) xo'jalikning eksport yo’nalishi bilan bog’ liq, aynan shu jihat ayniqsa Venesuelada quvudaming ham rivojlanishlga ta’sir ko’rsatgan.
BRAZ1IJYA
Braziliya o’z hududi va aholi soni nuqtai nazaridan Janubiy Amerikadagi eng yirik mamlakatdir. Maydoni (Atlantika okeanidagi orollari bilan qo’shib hisoblaganda ) 8512 ming km2 bo’lib, dunyoda beshinchi orinda turadi. Aholi soni esa 190 mln. kishini (2007 yil) tashkil etib, Braziliya mazkur ko’rsatkich bo'yicha dunyodagi oltinchi yirik mamlakat sanaladi. Quruqlikdagi chegarasi uzunligi 16885 kmni tashkil etib, Chili va Ekvadordan tashqari LotinAmerikasining qolgan barcha davlatlari bilan chegaradoshdir. Qirg’oq qismi uzunligi - 7491 km. Braziliya poytaxti-Braziliya shahri.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Braziliya hududining yarmidan ko’pi Braziliya yassi tekisliklaridan iborat bo’lib, uning eng yuqori nuqtasi Bandeyra tog’idir (2890 m). Mamlakat hududida ko’p daryo mavjud bo'llb, ularning asosiy qismi jahonning yirik va yil davomida sersuv daryolaridan biri bo’lgan Amazonka daryosi havzasiga tegishlidir. 0’rmonlar Braziliya hududining 60 foizini egallaydi.
Mamlakatfoydali qazilmalarga boydir. Temirva marganets rudasi, titan, bokstlar, mis, xromtlar, berilliy, niobiy, sirkoniy, tog’ xrustali, pirit, apatit va shaffof minerallar zaxiralari bo’yicha Braziliya mintaqada birnchi o'rinni, kobalt, volfram, qalay, kaliy tuzi, asbest, grafit bo’yicha esa ikkinchi o’rinni egallaydi. Mamlakatning temir rudasi bilan ta’minlaganlik darajasi yuqori bo'lib, dunyoda birinchi o’rnda turadi.
Aholisi. Braziliya aholisining asosiy qismi brazillardan iborat (94-95 foiz). Mamlakatda, shuningdek, nemislar, italyanlar, yaponlar, portugallar, ispanlar, polyaklar, livanliklar va suriyaliklar ham istiqomat qiladi.
Diniy e'tiqodi bo’yicha aholining 73,6 foiz - roman katoliklari, 15,4 foizi - protestantlar, g“3 foizi - spiritualistlar va h.k. Aholining 75,5 foizi shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: San-Paulu, Rio-de-Janeyro, Belu-Orizonti, Resifi, Salvador, Portu-Alegri.
Braziliyaning rasmiy tili portugal tili bo'lib, asosiy tillari qatorida ispan, ingliz va fransuz tiilarini ham atash mumkin.
Davlat tuzumi. Ma ' muriy jihatdan mamlakat 22 shtat, 4 federal hudud va bir federal okrugga (poytaxt) bo’linadi.
Braziliya federativ respublika ko’rinishidagi davlat bo’lib, mamlakat va hukumat boshlig’i cheksiz vakolatlarga ega bo’lgan prezident hisoblanadi. U xalq tomonidan to’g'rdan-to’g'ri va yashirin ovoz berish yo’li bilan 4 yil muddatga saylanadi. Mamlakatning qonun chiqaruvchi oliy organi Milliy Kongress bo'lib, u deputatlar palatasi va federal senatdan tashkil topgan. tjro etuvchi hokimiyat prezident tomonidan amalga oshiriladi. Amaldagi konstitutsiya 1988-yil 5 oktyabrda qabul qilingan.
Sanoati. Braziliya yalpi ichki mahsulotining 31 foizi sanoat ulushiga to’g'ri kelib, ishlab chiqarishning 2/3 qismini qayta ishlash va tog'-kon sanoati tarmoqlari yetkazib beradi. Asosiy tanmoqlari qatoriga tekstil va oziq-ovqat sanoatini ham qo'shish mumkin. Qora metallurgiya mamlakat ehtiyojlarining 90 foiz, rangli metallurgiya esa 70 foizini ta’minlab beradi. Mamlakatda kemasozlik, avtomobilsozlik, neftni qayta ishlash, mashinasoziik, kimyo va elektrotexnika sanoatlari rivojlangan. Mamlakatning eng rivojlangan hududi hisoblangan San- Paulu shtati hissasiga sanoat mahsulotining 65 foizi to’g’ri keladi.
Qishloq xo’jaligi. Braziliya qishloq xo’jaligida iqtisodiy faol axolining 1/4 qismi mehnat qilib, mazkur tarmoq yalpi ichki mahsulotning 5foizini beradi. O’simlikchilik asosiy agrar tarmoq hisoblanib, qishloq xo’jaligi mahsulotining 3/5 qismi mazkur sohada yaratiladi. Eksport qilinadigan asosiy agrar mahsulotlarga kofe, kakao, paxta, shakarqamish va soya taalluqli bo’lib, ekin maydonlarining 30 foiz ular bilan band. Kofe va shakarqamish eksporti bo’yicha Braziliya dunyoda birnchi o'rinda turadi. Kofe yetishtiruvchi asosiy shtat Minas- Jerays bo’lsa (kofening 45 foizi), Shimoli-Sharqiy iqtisodiy hududi ulushiga shakarqamish yetishtirishning 40 foizi to'gri keladi. Braziliya kakao vasoya etishtirish bo’yicha dunyoda ikkinchi mavqeni egallaydi. Banan va apelsin etishtirish bo’yicha ham dunyoda yetakchilik qiladi. Chorvachilik qishloq xo’jaligi mahsulotining 2/5 qismini tashkil etib, u go’sht mahsulotlari yetkazishga ixhsoslashgan.
Transport. Braziliya transport infratuziimasi asosan qirg’oqbo’yi hududlarda rvojlangan. Temir yo'llar uzunligi Braziliyada 29295 kmni tashkil etib, avtomobil yo'llari 1752 ming km uzunlikka ega. Ichki suv yo’llari esa 50 ming kmni tashkil etadi, Kabotaj (ichki yo’nalishlarda) qatnovlar Braziliya uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular asosan qirg'oq bo’yidagi portlar o'rtasida amalga oshiriladi. Dengiz va havo transportlari mamlakatning tashqi aloqalariga xizmat qiladi. Yirik dengiz portlari quyidagilardan iborat: Rio-de-Janeyro, Tubaran, Santus, Rio-Grandi, Vitoriya, Resifi, San-Luis, Manaus.
Tashqi iqtisodiy aloqalari. Braziliya Lotin Amerikasi aksariyat mamlakatlarining tashqi savdo hamkori hisoblanadi. Eksport mahsulotlari 137,8 mlrd. doll. ni tashkil etib (2006 yil), uning tarkibida transport vositalari, temir rudasi, soya, poyafzallar, kofe va avtomobillarning ulushi ayniqsa yuqoridir. Import mahsulotlari tarkibida esa asbob-uskunalar, elektr va transport jihozlari, kimyo mahsulotlari, neft va elektronika asosiy o’rinni egallab, 2006 yilda uning miqdori 91,35 mlrd . doll. ga tenglashdi. Braziliyaning asosiy savdo hamkori AQSh bo’lib, mamlakat eksportining 17,8 foizi, importining esa 16,2 foizi ushbu davlatga to'g’ri keladi. Shuningdek, Argentina, Xitoy, Germaniya, Nideriandiya, Nigeriya va Yaponiya mamlakatlari ham Braziliyaning yirik savdo hamkorlari safidan o’rin olgan.
MEKSIKA
Meksika Markaziy Amerikada joylashgan mamlakat bo’lib, maydoni 1972,55 ming kml, aholi soni esa 108,7 mln. kishidan (2007 yil) iborat. Quruqlikdagi chegarasi uzunligi 4353 kmni tashkil etib, AQSh, Beliz va Gvatemala mamlakatlari bilan chegaradoshdir. Qirg’oq uzunligi - 9330 km. Sharqdan Atlantika okeani (2805 km), G'arbdan esa Tinch okeani bilan (7338 km) о ’ralgan. Meksika poytaxti-Mexiko shahri.
Tabiiy sharoiti va resurslari. Meksika- tog'li mamlakat bo’lib, vulqonlar soni ham ko'pdir. Geologik sharoitining murakkabligi hisobiga mamlakatda foydali qazilma boyliklari mo’l va xilma-xildir.
Kumush qazib olish hajmi bo’yicha Meksika dunyoda birinchi o’rinda turadi. Polimetall va mis rudalari hamda simob ishlab chiqarish bobida ham yetakchi mavqelarni egallaydi. Meksika rux va qo’rg’oshinning yirik eksportyorlaridan biridir. Temir rudasining aniqlangan zaxiralari 350 mln. t bo’lib, uning tarkibida temir moddasining ulushi 60 foizdan ortiq. Mamlakat oltingugurt, grafit, vismut va surmaning yirik zaxiralariga ega.
Mamlakatning eng asosiy boyligi - neft va tabiiy gaz. Neftning aniqlangan zaxiralari 12,51 mlrd. barrelni tashkil etib, dunyoda 15-o’rrnda, Lotin Amerikasida esa Venesueladan keyin 2-o’rinda turadi. Tabiiy gaz zaxiralari - 434,1 mlrd. mz. Mamlakatda uranning yirik zaxiralari ham topilgan.
Aholisi. Meksika aholisining aksariyat qismini kelib chiqishi hindu-ispan bo’lgan meksikaliklar tashkil etib, mamlakatda 40 dan ortiq hindu qabilalari va elatlar ham istiqomat qiladi. Diniy e’tiqodi bo'yicha aholining 76,5 foizi, - roman katoliklari, 6,3 foiz - protestantlar va h.k.
Mamlakat aholisining 73 foizi. shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Gvadadaxara, Monterrey, Puebla, Leon.
Rasmiy tili - ispan tili.
Davlat tuzumi. Ma'muriy jihatdan Meksika 31 shtat va 1 poytaxt federal okrugiga bo’linadi. Amaldagi konstitutsiyasi 1917 yil 5 fevralda qabul qilingan.
Meksika federativ respublika. Davlat boshlig’i -prezident. U har olti yilda saylanadi. Konstitutsiyaga muvofiq prezident qayta saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi oliy organ Milliy Kongress bo’lib, u senat va deputatlar palatasidan tashkil topgan. Ijro etuvchi hokimiyat prezidenttomonidan boshqariladi.
Sanoati. Meksika sanoat salohiyati bo’yicha Braziliyadan keyin Lotin Amerikasidagi ikkinchi o’rinni egallab, mamlakat yalpi ichki mahsulotining 27 foizi sanoat sohasiga to’gri keladi. Qit’a sanoat ishlab chiqarishida Meksikaning ulushi 25 foizni tashkil etadi, uning 70 foizi og’ir sanoat hissasiga to’g’ri keladi. Asosiy tarmoqlari neftni qayta ishlash, neft-kimyo, metallurgiya va mashinasozlikdan iborat. Mazkur tarmoqlartexnik jihatdan zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlangan. Meksika autsorsing muolajalarini amalga oshiruvchi mamlakat sifatida AQSh iqtisodiyotiga bog’langan hisoblanadi.
Mamlakat energetikasi neft va tabiiy gazga asoslangan bo'lib, neft qazib olish hajmi bo’yicha Meksika dunyoda 6-o’rinda, Lotin Amerikasi qifasida esa 1-o’rinda turadi. Qayta ishlash tarmog’ining 1/4 qismi neftni qayta ishlash va neft-kimyo sanoatlariga tegishli.
Qora metallurgiya sanoati mustahkam xom ashyo manbaiga ega bo ’ lib, u yuqori sifatli temir rudasi va kokslangan ko’mirdan iborat. Mamlakat qora metallarning yirik eksportyori hamdir.
Rangli metallurgiya tarmog’ining ayrim ko’rsatkichlari bo’yicha Meksika yetakchi mamlakatlar safidan joy olgan. Jumladan, qo’rg’oshin (170 ming t), rux (200 ming t), kumush, mis va alyuminiy eritmalari hajmi jihatidan mamlakat dunyo miqyosida ajralib turadi.
Mashinasozlik tarmoqlari orasida avtomobilsozlikning ulushi yuqori bo'lib, mamlakat ko’plab miqdorda yengil avtomobil, avtomotor, ehtiyot qismlar ishlab chiqaradi va eksport qiladi. Bundan tashqari, mamlakat stanok va temir presslovchi dastgohlar ishlab chiqarishda rivojlanayotgan mamlakatlar ichida yetakchilardan biridir.
Meksika kimyo sanoati nefte-gaz xom ashyosini qayta ishlashga asoslanib, ilmiy izlanishlarni amaliyotga tatbiq etish natiiasida katta yutuqlarga erishgan. Chunonchi, polietilen, metanol, azot о’g’itlari va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlari yuqoridir.
Qishloq xo’jaligi. Meksika hududining aksariyat qismi tabiiy-iqlimiy sharoitlariga ko’ra qishloq xo’jaligining rivojtanishiga to’sqinlik qiladi. Mamlakatning 40 foizi cho’l va yarimcho’llardan, yana 40 foizi tog’ va o’rmonlardan iborat bo’lib, qolgan hududlarda qishloq xo’jaligini faqatgina sun’iy sug’orish yo’li bilan rivojlantirish mumkin. Meksika agrar tarmog’i yuqori agrotexnik ko’rsatkichlarga ega. Ilmiy izlanishlar olib borrshga yo’naltirilgan xarajatlar bo’yicha Meksika qishloq xo’jaligi tarmog’i Lotin Amerikasi mamlakatlari ichida birinchi o’rinda turadi.
Tarmoqning asosiy yo’nalishi o’simlikchilik bo’lib, u yalpi agrar mahsulotlar qatoriga jo'hori, bug’doy va loviyani kiritish mumkin. Jo’xori va loviya Meksiakada

asosiy oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Meksikalik olimlar ishlab chiqgan qurg'oqchilikka dosh bera oladigan bug’doy navlari mo'l hosil beradi. Jahon bozorida talabgor bo’lgan yuqori sifatli paxta yetishtirish bo’yicha ham Meksika yetakchi mamlakatlar safiga kiradi. Asosiy agrar eksporti mahsulotlariga shakarqamish, tropik mevalar va kofe taalluqlidir.
Chorvachilik sohasida katta shohli mol ko'paytirish yaxshi yo’lga qo'yilgan. Transport. Meksika temir yo’llari umumiy uzunligi — 17,7 ming km, aavtomobil yo’llarining 235670 km, neft va gaz quvurlari uzunligi esa tegishli ravishda 22705 va 8688 km dir. Meksikaning eng yirik portlari quyidagilardir: Altamira, Manzanillo, Могго Redono, Saalina Kruz, Tampiko ava boshqalar. Meksika geostrategik joylashuviga ko’ra xalqaro havo aloqalarida eng yirik markazlardan biri sanaladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalari. Meksika eksporti 2006-yilda 250 mlrd. dollarni tashkil etib, uning tarkibida sanoat mahsulotlari, neft va neft mahsulotlari, kumush, meva va sabzavotlar, kofe va paxta asosiy o’rin egallaydi. Import mahsulotlari tarkibida esa metallni qayta ishlovchi mashina va uskunalar, qishloq xo’jaligi mashinalari, elektr asboblar, avtomobil ehtiyot qismlari, samolyot va uning ehtiyot qismlari asosiy o’rin egallab 2006 yilda uning miqdori 256,1 mlrd. dollarni tashkil etdi.
Meksikaning asosiy tashqi savdo hamkorlari safiga AQSh, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Kanada kiradi.


Yüklə 22,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin