Lotin tili va tobbiy terminologiya fanidan farmatsiya yo`nalishi uchun 1 mavzudan mashg`ulot materiallari 1Mavzu: Lotin tili va farmatsevtik terminlar. Lotin alifbosi.
1.1Mavzu: Lotin tili va farmatsevtik terminlar. Lotin alifbosi Maqsad:
• Lotin tili alifbosi xarflarini eslab qolish.
• Mana shu xarflar bilan beriladigan tovushlarni eslab qolish.
Mashg‘ulotdan so‘ng talabalar bilishlari lozim:
• Lotin alifbosini bilish;
• Unli, undosh va diftonglarni talaffuz kila olish.
• Lotin suzlari va terminlarini o‘qilishini malakasini oshirish.
Mashg‘ulotning mazmuni
Lotin tili va farmatsevtik terminlar
Lotin tili tarixi va uning mohiyati. Lotin tili alifbosi. Unlilarning o‘qilishi ye, i, u. Lotin tilida diftonglar. Undoshlarning o‘qilishi s, 1, s, x, z. Otlarning lug‘at shakli.
Talabalar tinglashadi, taxlil qilishadi va savol berishadi
2.1. Blis-so‘rov/so‘roq-javob shaklida bilimni dolzarb masaasi yechib beriladi.
2.2. O‘quv mashg‘uloti tuzilmasiga ko‘ra ta'lim jaraѐnini tashkillashtirish bo‘yicha ketma-ket harakat ѐritib boriladi.
2.3. «Xarf birikmasi. Digraflar» mavzusi bo‘yicha organayzer «Klaster» tuzish.
Talabalar savollarga javob berishadi.
3-bosqich. Xulosalovchi qism ( 20 dak.)
3.1.Mavzuni xulosalash, talabalar fikrini anik narsaga jamlash, bajarilgan ish axamiyati ko‘rib chikiladi.
3.2.Guruhda olib borilgan va guruhsiz aloxida ishlagan talabalarni baxolash.
3.3. Mavzu maqsadi taxlil қилинади. 3.4. Мустакил иш бериб юбориш.
O‘zaro baxolash va savollar berish.
2.2. O‘quv mashg‘uloti tuzilmasiga ko‘ra ta'lim jaraѐnini tashkillashtirish
bo‘yicha ketma-ket harakat ѐritib boriladi.
Talabalarga lotin tili tarixi va uning qisqacha rivojlanishi xakida ma'lumot beriladi. Ular Lotin tili (Lingua latina) hind-evropa tillari oilasiga mansub bo‘lib, bu til juda boy tarixga ega. Garchi bu tilda bugungi kunda gaplashilmasada, o‘lik til bo‘lib hisoblansada, lѐkin bu tilning asosi juda ko‘p zamonaviy tillarning ildizida yashab kelmoqda. Lotin tili qadimgi ѐzuvga ega bo‘lgan tillardan biridir. Lotin tili Rim istilosi bilan birga butun Italiyaga, keyinroq esa boshqa davlatlarga ham tarqaldi. Rim imperiyasi davrida lotin tili dunѐ ahamiyatiga ega bo‘ldi. Italiya tarixida va uning ma'naviy rivojlanishida lotin tilining ahmiyati oydek ravshan bo‘lib hisoblanadi.
Italiya qadimgi Rim davlatining bevosita davomchisidir. Yevropa Uyg‘onish davrining beshigidir. Ayni shu yerda, asrlar davomida lotin tili ѐzma til sifatida gullab yashnadi. Shu yerda lotin va begona tillarning o‘zaro kurashlari ancha uzoq davom etgan. Hozirgi Yevropa tillaridagi (va barcha tillardagi) so‘zlarning anchagina qismi lotin tilidan kelib chiqqan desak va lotin tilini ko‘plab zamonaviy tillarning, ѐzuvining onasi desak xato bo‘lmaydi.