ANSI standarti. Amerika milliy standartlar instituti (American National Standards Institute – ANSI) rahbarligi ostidagi Ctandartlarni akkreditivlash qo‘mitasi (Accredited Standards Committee) C++ tilining xalqaro standartini tuzdi.
C++ standarti ayni vaqtda ISO – International Standards Organization (Ctandartlash bo‘yicha halqaro tashkilot) standarti, deb ham nomlanadi.
Dastur matnini kompilyatsiya qilish. Dastur kodini bajariluvchi faylga o‘tkazish uchun kompilyatorlar qo‘llaniladi. Kompilyator qanday chaqiriladi va unga dastur kodi joylashgan joyi haqida qanday xabar qilinadi, bu konkret kompilyatorga bog‘liqdir. Bu ma’lumotlar kompilyatorning dokumentatsiyasida berilgan bo‘ladi.
Dastur kodi kompilyatsiya qilinishi natijasida ob’ektli fayl hosil qilinadi. Bu fayl odatda .obj kengaytmali bo‘ladi. Lekin bu hali bajariluvchi fayl degani emas. Ob’ektli faylni bajariluvchi faylga o‘girish uchun yig‘uvchi dastur qo‘llaniladi. Yig‘uvchi dastur yordamida bajariluvchi faylni hosil qilish. C++ tilida dasturlar odatda bir yoki bir nechta ob’ektli fayllar, yoki bibliotekalarni komponovka qilish yordamida hosil qilinadi. Bibliotekadeb bir yoki bir nechta komponovka qilinuvchi fayllar to‘plamiga aytiladi. C++ ning barcha kompilyatorlari dasturga qo‘shish mumkin bo‘lgan funksiyalar (yoki protseduralar) va sinflardan iborat biblioteka hosil qila oladi.Funksiya-bu ayrim xizmatchi amallarni, masalan ikki sonni qo‘shib, natijasini ekranga chiqarishni bajaruvchi dastur blokidir. Sinf sifatida ma’lumotlar to‘plami va ularga bog‘langan funksiyalarni qarash mumkin. Funksiyalar va sinflar haqidagi ma’lumotlar keyingi mavzularda batafsil berilgan. Demak, bajariluvchi faylni hosil qilish uchun quyida keltirilgan amallarni bajarish lozim:
.src kengaytmali dastur kodi hosil qilinadi;
Dastur kodini kompilyatsiya qilish orqali .obj kengaytmali ob’ektli fayl tuziladi. Bajariluvchi faylni hosil qilish maqsadida .obj kengaytmali fayli zaruriy bibliotekalar orqali komponovka qilinadi.
C++ daasturlash tili va obyektga yo’naltirilgan dasturlash. Hozirgi kunda juda ko‘p algoritmik tillar mavjud. Bular ichida Java va C++ dasturlash tillari universal tillar hisoblanib, boshqa tillarga qaraganda imkoniyatlari kengroqdir. So‘ngi yillarda Java va C++dasturlash tillari juda takomillashib, tobora ommalashib bormoqda. Mazkur tillardagi vositalar zamonaviy kompyuter texnologiyasining hamma talablarini o‘z ichiga olgan va unda dastur tuzuvchi uchun ko‘pgina qulayliklar yaratilgan.
C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C tili ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda ko ’ p qo’ shimchalarni o ’ z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u ob yektlar bilan dasturlashga imkon beradi. Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoqda. Buni ta’ minlash uchun obyektli dasturlash g ’ oyasi ilgari surildi. Huddi 1970 yillar boshida struktu rali dasturlash kabi, dasturlarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob yektlat orqali tuzish dasturlash sohasida inqilob qildi. C++ dan tashqari boshqa ko'p obyektli dasturlshga yo’ naltirilgan tillar paydo bo'ldi. Shulardan eng ko ’ zga tashlanadigani Xer ox ning Palo Altoda joylashgan ilmiy - qidiruv markazida (PARC) tuzilgan Smalltalk dasturlash tilidir. Smalltalk da hamma narsa obyektlarga asoslangan. C++esa gibrid tildir. Unda C tiliga o’ hshab strukturali dasturlash obyektlar bilan dasturlash mumkin. C++ funksiya va ob yektlarning juda boy kutubhonasiga ega. Yani C++ dasturlash tili da dasturlashni o ’ rganish ikki qismga bo ’ linadi. Birinchisi bu C++ tili ni o’ zini o’ rganish, ikkinchisi esa C++ ning standart kutubhonasidagi tayyor ob yekt va funksiyalarni qo ’ l lashni o ’ rganishdir.
C++ tiliga ko‘plab yangiliklar kiritilgan bo‘lib, tilning imkoniyati yanada kengaytirilgan. C++ dasturlash tili ham boshqa dasturlash tillari kabi o‘z alfavitiga va belgilariga ega.
Tillarda mavjud alfavit va leksemalarga quyidagilar kiradi:
1. Katta va kichik lotin alfaviti harflari;
2. Raqamlar - 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9;
3. Maxsus belgilar: " {} | [] () + - / % \ ; ' : ? <=>_ ! & ~ # ^ . *
* Alfavit belgilaridan tilning leksemalari shakllantiriladi:
* Identifikatorlar;
* Kalit (xizmatchi yoki zahiralangan) so‘zlar;
* O‘zgarmaslar;
* Amallar belgilanishlari;
* Ajratuvchilar.
Bu tillarda tuzilgan dasturlarda izohlar istalgan joyda berilishi mumkin.
Ular satriy va blokli ko‘rinishlarda bo’ladi. Satriy izohlar uchun “//”, blokli
izohlar uchun “/*”, “*/” belgilari ishlatiladi.