Loyiha konsepsiyasi



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə3/3
tarix26.04.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#103064
1   2   3
Loyiha konsepsiyasi

4.Loyiha tahlili tuzilmasi.


Loyiha tahlilida daromadlar va xarajatlar kuyidagi 7 nuqtai nazardan turib baholanadi va ular loyiha tahlilining 7 bo’limini tashkil etadi.



  1. Texnik tahlil: loyiha texnik jihatdan asoslanganmi?

  2. Tijorat tahlili: loyiha mahsulotiga bozorda talabbormi?

  3. Moliya: moliyaviy jihatdan loyiha yaroklimi?

  4. Loyihaga qilingan xarajatlar undan foydalanuvchi(iste‘molchi)lar hisobiga qoplanadimi ?

  5. Ekologiya: loyiha atrof-muhitga kanday ta‘sir ko’rsatadi?

  6. Institutsional rivojlanish: loyiha uchun mas‘ul bo’lgan tashkilotlar uni amalga oshirish va ekspluatatsiya kilishgaqodirmilar?

  7. Loyihaning ijtimoiy va madaniy talablarga mosligi: loyiha mahalliy sharoitlarga

moslanganmi? Loyiha aholining ayrim guruhlariga ta‘sir ko’rsatadimi ?

  1. Iqtisod: loyihaning ijobiy natijalari uni amalga oshirish va ekspluatatsiya qilish xarajatlaridan ortiqmi ? Loyihada tavakkalchilik darajasi qanday ?

Loyiha tahlilining har bir bo’limi o’z uslubiga ega hamda ko’rilayotgan xarajat, daromad yoki boshqa omillar xarakteriga ko’ra miqdor yoki sifat ko’rsatkichlari to’g’risidagi foydalaniladigan axborot hajmi o’zgarib turadi. Hatto tahlilning miqdoriy jihatlariga tegishli bo’lgan moliyaviy loyihalar ham prognozlashga xos bo’lgan noaniqlik omillaridan kelib chiquvchi sifat elementlariga ega. Ya‘ni loyiha tahlili loyihaning ke-lajak holatlar to’g’risidagi fikrlarning o’zgarishiga ta‘sirchanligini hisobga ola bilishi kerak.


5.Davlatning iqtisodiy faoliyati va investitsiya loyihalari.


Loyiha tahlilining turli bo’limlari doirasidagi tadqiqotlar loyihaning o’zaro kelishib olingan vazifalaridan kelib chiqib olib borilishi lozim. Ko’pincha bu vazifalar, hududdagi mahalliy sharoitlar loyihani amalga oshirishga ko’rsatadigan ta‘sirni hisobga olgan holda alohida sektorlarni rivojlantirish dasturlarini aks ettiradi. Bu vazifalar xarakteriga, shuningdek, quyidagilar ham ta‘sir ko’rsatadi:



  • turli tadbirlarni o’tkazishni kimga (davlat yoki xususiy sektorga) topshirish to’g’risida jamiyatning xohish-irodasi.

•davlat loyihalari oldiga qo’yilgan maqsadlar bo’yicha ijtimoiy guruhlarning o’zaro kelishuvga erishishiga yordam beruvchi jarayonlar.
Ilmiy tadqiqotlar yakunlari hamda to’plangan tajriba shuni ko’rsatadiki, davlatning faolliligi ko’lamlarini qisqartirish hamda davlat dasturlarini xususiy iqtisodiy faoliyat uchun qulay siyosiy sharoitlar yaratishga yo’naltirish foydaliroq bo’lar ekan. Bozor iqtisodiyotiga ega davlatlarda ham, shuningdek, sobiq sotsialistik davlatlarda ham siyosatchilar va iqtisodchilar davlatning nafaqat bevosita davlat korxonalari faoliyatidagi roliga, shu bilan birga davlat ana‘anaviy ishtirok etib kelgan infratuzilma va ijtimoiy xizmatlar sohasidagi roliga ham ikkilanish (shubha) bilan qarashadi.
Xususiy sektorning bu sohalarda ishtirok etish uchun intilishiga bosh sabab menejerlar shaxsan javobgar bo’lgan sharoitda ob‘ektlar faoliyati samaradorligini oshirish imkoniyati mavjudligi hisoblanadi. Xususiy investorlar maishiy xizmatlarga muvaffaqiyatli jalb qilingan hollarda moliyaviy resurslarga ega bo’lish imkoniyatlari kengayishidan ham ma‘lum ma‘noda manfaatdorlik kelib chiqadi.
Puxta o’ylangan makroiqtisodiy siyosat yuritayotgan mamlakatlarda investitsiyalangan kapitallardan keladigan daromad ancha yuqori. Iqtisodiyotdagi xatoliklar nisbatan katta bo’lmagan mamlakatlarda investitsiyalardan keladigan samara 10%dan ancha ortiq va 20%gacha hamda undan ham ko’proqqa yetadi. Noto’g’ri makroiqtisodiy siyosat yuritayotgan, shuningdek, valyuta mukofoti yuqori bo’lgan mamlakatlarda investitsiyalardan keladigan samara (qaytim) boryo’g’i 10% ga yetadi va ko’pincha undan ham past bo’ladi.
Makroiqtisodiy siyosatni to’g’ri va noto’g’ri olib borayotgan har ikkala guruh davlatlarida ham xususiy, ham davlat investisiyalaridan olinadigan foyda jami investitsiyalarning milliy hajmidagi davlat investitsiyalari ulushiga mutanosib tarzda o’zgaradi. Davlat investitsiyalari ulushi past bo’lgan sharoitda investitsiya samarasi (qaytimi) yuqori bo’lishi, bu ulush 40% gacha va undan yuqori bo’lsa keskin pasayib ketishi kuzatiladi.
Kuzatilgan bu ikki qonuniyat ham davlat faoliyatini o’zgartirish ya‘ni makroiqtisodiy xatoliklarni qisqartirish va iqtisodiy faoliyatda davlat rolini pasaytirish maqsadga muvofiq ekanligini ko’rsatadi. Bir vaqtning o’zida xususiy sektorning makroiqtisodiy siyosat maqsadlarini belgilashda hamda loyihalarda ishtiroki kengaytirilgandagina bunday o’zgarishlardan yutuqqa erishish mumkin.
Davlat loyihalarini tanlashda hal qiluvchi ovozga ega bo’lgan taqdirda ham, xususiy investitsiyalarni avtomatik tarzda siqib chiqarmasligi lozim.
Xususiy kapital ishtiroki uchun sharoitlarni yaxshilash zarurati loyihalarni kim amalga oshirishi kerakligi hamda xususiy kapital ishtiroki ko’zda tutilgan loyihalarni kim ishlab chiqishi kerakligi to’g’risida so’rov o’tkazishni, shuningdek, mavjud davlat tuzilmalari va siyosati iqtisodiyotning yangi sektorlarga xususiy kapitalni kiritishga qay darajada yordam berishi yoki to’sqinlik qilishini ko’rib chiqish zarur.
Loyiha maqsadi, tahlil chizmasi va rejalashtirish barcha manfaatdor tomonlarning hamkorligi jarayonida muntazam muvofiqlashtirib borilsagina, davlat ixtiyorida qolgan loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin. Bu manfaatdor tomonlar jumlasiga loyiha tufayli zarar ko’ruvchilar ham, foyda oluvchilar ham, loyihani amalga oshirish va ekspluatatsiya qilish uchun mas‘ul bo’lgan tashkilot xodimlari ham, shuningdek, davlat boshqaruv idrralari, siyosatchilar hamda moliyachilar ham kiradi.
Loyiha vazifalari va ko’lamini belgilash uchun hamda loyihani tayyorlashda, boshqarishda, ishlab chiqarish grafigini o’rnatishda turli guruhlarning rolini va mas‘uliyatini aniqlash uchun bu guruhdar ishtirokida (hamkorligida) rejalar ishlab chiqish jarayonidan tobora ko’p foydalanilmoqda. Loyiha tahlilining yetti bo’limi loyihaning barcha jihatlarini har tomonlama baholash imkonini beradi. Bunga, shubhasiz, loyiha tahlili jarayonida hamkorlik qilayotgan guruhlar tarkibi ham ta‘sir ko’rsatadi.
Loyihalarn» rejalashtirishga bunday yondashuv ikki tomonlama ustunlikka ega. Biriichidan loyihalar hamkorlikda rejalashtirish o’zaro kelishuvga erishishga yordam beradi hamda ishtirokchilarni loyiha maqsadlari va vazifalariga tarafdorliklarini ta‘minlaydi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, bunday rejalashtirilgan loyiha muvaffaqiyatli va yashovchan bo’ladi.
Ikkinchidan, turlicha manfaatlarga ega bo’lgan ishtirokchilarning jalb qilinishi ekspertlar guruhlari o’rtasida loyiha xarajatlari va natijalarining nisbiy qiymati to’g’risidagi tortishuvlarga nisbatan samaraliroqdir.
Iqtisodiyotni rivojlantirishning turli loyihalari shunday natijalarga olib keladiki, ularni ob‘ektiv baholab bo’lmaydi (masalan, hayvonot turlarining yo’qolib ketishi). Agar rejalashtirish jarayoniga manfaatdor tomonlar, kerak bo’lsa, mahalliy aholi va xalqaro jamiyat jalb etilsa, ilgari yechilishi gumon bo’lgan muammolarni yechish uchun ham imkon topilishi mumkin.
Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin