Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


Advokatlar hay'ati muhrga, shtamplar va o‘z manzili hamda nomi yozilgan blankaga ega bo‘ladi. Advokatlar hay'ati belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan emblemaga ega



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə36/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   138
Адвакатлар дарслик

Advokatlar hay'ati muhrga, shtamplar va o‘z manzili hamda nomi yozilgan blankaga ega bo‘ladi. Advokatlar hay'ati belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan emblemaga ega.
Nomi belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan advokatlar hay'ati undan foydalanishda mutlaq huquqqa ega.
Advokatlar hay'atining boshlang‘ich mol-mulki uning muassislarining ulushlaridan tashkil topadi. Ulush sifatida advokatlar hay'ati muassislari tomonidan kiritilgan bunday mol-mulk uning mulkiga aylanadi. Kelgusida advokatlar hay'ati a'zolari tomonidan badal sifatida berilgan mol-mulk ham hay'at egaligiga o‘tadi. Advokatlar hay'ati a'zolari uning majburiyati bo‘yicha javobgar emaslar, advokatlar hay'ati o‘z a'zolari majburiyatlariga javobgar emaslar.
Advokatlar hay'ati tuzilmasi, vakolati, tashkil topish tartibi va boshqaruv organlari vakolat muddatlari, ular tomonidan qarorlar qabul qilinishi va hay'at nomidan harakat qilish tartibi uning ta'sis hujjatlari bilan belgilanadi.
Advokatlar hay'ati oliy boshqaruv organlari uning a'zolarining umumiy yig‘ilishi sanaladi. Umumiy yig‘ilishning asosiy funksiyasi - advokatlar hay'ati tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsadlarga rioya etilishini ta'minlashdir.
Advokatlar hay'ati ijroiya organi kollegial (masalan, boshqaruv) va (yoki) bitta shaxs timsolida (masalan, rais) bo‘lishi mumkin. u advokatlar hay'ati faoliyatining joriy boshqaruvini amalga oshiradi va oliy boshqaruv organi oldida hisobotdor bo‘ladi.
Advokatlar hay'ati, O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining butun hududida, shuningdek, agar bu tegishli davlat qonunchiligida ko‘zda tutilgan bo‘lsa, chet el hududida ham filiallar tashkil etishi va vakolatxonalar ochishi mumkin.
Advokatlar hay'ati filiali uning hay'at joylashgan joydan boshqa yerda joylashgan va uning barcha funksiyalari yoki ularning bir qismini, jumladan vakolatxona funksiyasini bajaruvchi alohida bo‘linmasidir.
Advokatlar hay'ati filiali yuridik shaxs sanalmaydi, uni tashkil etgan notijorat tashkilotining mol-mulkiga ega bo‘ladi va u tasdiqlagan nizom asosida faoliyat yuritadi. Filial mol-mulki alohida balansda va uni tashkil etgan advokatlar hay'ati balansida hisobga olinadi. Filial rahbarlari advokatlar hay'ati tomonidan tayinlanadi va advokatlar hy'ati tomonidan berilgan ishonchnoma asosida faoliyat yuritadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin