Loyihaning biznes-rejasi Rezyume



Yüklə 21,19 Kb.
səhifə2/3
tarix07.04.2023
ölçüsü21,19 Kb.
#94431
1   2   3
Loyihaning-biznes-rejasi-va-moliyaviy-natijalari

Marketing strategiyasi (kompaniyaning marketing strategiyasi hamda savdo dasturidan kelib chiqib, marketing rivojlanish rejasi, va uslubini qamrab olishi zarur).
Ishlab chiqarish va logistika dasturi (asosiy resurslarni sotib olish, asosiy ishlab chiqarish jarayoni, saqlash, tashish va h.k.) bilan bogʻliq barcha maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi).
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi (ishlab chiqarish bilan bogʻliq moddiy xarajatlar, ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan mehnatga haq toʻlash xarajatlari, ishlab chiqarishga tegishli boʻlgan ijtimoiy soliq xarajatlari, asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa xarajatlarni oʻz ichiga olishi lozim. Agar bir necha mahsulot ishlab chiqariladigan yoki xizmat koʻrsatiladigan boʻlsa, ularning har bir turi boʻyicha tannarx yillar kesimida jadval shaklida alohida keltirilishi lozim).
Davr xarajatlari tarkibi (davr xarajatlari deganda bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan xarajatlar va sarflar tushuniladi: boshqaruv xarajatlari (boshqaruv xodimlarining mehnatga haq toʻlash va ijtimoiy soliq xarajatlari, boshqaruv xodimlarini xizmat safarlariga yuborish boʻyicha xarajatlar, maʼmuriy-boshqaruv ehtiyojlari uchun binolar amortizatsiyasi yoki xonalar ijarasi xarajatlari va h.k.), mahsulotni sotish xarajatlari va umumxoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa xarajatlar yillar kesimida jadval shaklida toʻldirilishi lozim)
Sotish rejasi (xaridorlar haqida maʼlumotlar, sotiladigan mahsulotning turi, hajmi va qiymati boʻyicha maʼlumotlar oylar yoki yillar kesimida jadval shaklida toʻldiriladi)
Moliyaviy natijalar boʻyicha prognoz hisoboti (biznes-rejaning yakuniy bosqichi, unda loyiha boʻyicha umumlashtirilgan moliyaviy-iqtisodiy maʼlumotlar yillar kesimida quyidagi shaklda koʻrsatiladi):


Yüklə 21,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin