Ta’mir ishlarini tashkil etish va boshqarish
Ta’mir ishlarini rejalashda bajariladigan ishlarning hajmi, muddati va narxi ko`rsatiladi.
Ta’mirlash ishlarining muddati va hajmini aniqlash uchun har bir jihoz turi uchun ta’mir davri va ta’mirlar orasidagi vaqtni bilish kerak.
Ta’mir oralig`i davriylik strukturasi – bu rejali ta’mir va texnik ko`riklarni ma’lum vaqt va navbat bilan o`tkazish tartibidir.
Ta’mir oralig`i davriyligi deb ikki kapital ta’mir orasidagi vaqtga, yangi jihozlar uchun ishlatish boshlanashidan birinchi kapital ta’mirgacha bo`lgan vaqtga aytiladi.
Ikki ta’mir oralig`idagi davr deb reja bo`yicha ikki navbatma-navbat keladigan ta’mirlash ishlari orasidagi vaqtga aytiladi.
Ta’mir orasi davriyligi va ikki ta’mir oralig`idagi davr har bir tur jihoz uchun alohida belgilanadi va bu jihoz detallarining xizmat muddati hamda korxona turiga bog`liq.
Dt = Xm / Vf (7.1)
bunda Dt - ikki ta’mir oralig`idagi davr muddati (oy yoki yil); Xm - detallar xizmat muddati; Vf - haqiqiy ishchi vaqt fondi.
O`rtacha haqiqiy ishchi vaqt fondi smenada uzluksiz ishlovchi jihozlar uchun 7.1-jadvalda keltirilgan.
7.1-jadval. Haqiqiy ishchi vaqt fondining jihozni ishlatish smenasiga bog`liqligi
Ishchi vaqti fondi, soat
|
Jihozni ishlatish smenasi
|
I
|
II
|
III
|
Oylik
|
175
|
350
|
525
|
Kvartal
|
525
|
1050
|
1575
|
Yarim yillik
|
1050
|
2100
|
3150
|
Yillik
|
2100
|
4200
|
6300
|
Konstruktiv, texnologik yoki boshqa sabablarga ko`ra smenada davriy ishlovchi jihozlar uchun bu ko`rsatgich ishlab chiqarish ma`lumotlariga qarab belgilanadi.
Detallarni xizmat muddati normativlar asosida, agar ular bo`lmasa - ishlab chiqarish tajribaviy va statistik ma`lumotlarni yig`ib tahlil qilish bilan aniqlanadi.
Ta’mir ishlarining yillik reja-grafigini tuzish uchun:
1) O`tgan yilda qachon jihoz oxirgi rejali ta’mirlanganligini bilish;
2) Jihozni texnik ko`ruvdan o`tish va ta’mirlash davriyligini tuzish kerak.
Masalan, xamir bo`luvchi mashina uchun texnik ko`ruv va ta’mirlash davriyligi quyidagicha:
Faraz qilamizki, jihozga oxirgi marta o`tgan yili oktyabr oyida birinchi joriy ta’mir o`tkazilgan.
Demak, ta’mirlash davriyligining grafigiga qarab xamir bo`luvchi mashinaning ta’mirlash reja-grafigi 7.2-jadvaldagidek bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: |