KUNLIK DARS TARTIBI
8 ta darsga bo’lingan har bir darslik: Lug’at,
O’qish+Eshitish, Tez o’qish, Eshitish,
Qaytarib aytish, Progresni nishonlash,
Progresni kuzatib borish mashqlarini o’z
ichiga olgan. Xar 1 dars agar so’zlar:
80% tushunarli bo’lsa 1 kun
50% tushunarli bo’lsa 2 kun
10% tushunarli bo’lsa 3 kun
Vaqt olishi mumkin. Agar so’zlar
100%
notanish bo’lsa boshidagi 3ta dars bilan
5-6
kun shugullanishni maslahat beraman.
Shunda chuqur o’rganasiz va o’rganayotgan
so’zlar/gaplarni gapirganda ishlatadigan
darajaga chiqasiz. Ingliz tilini tushunush
oson lekin gapirishga kelganda ko’pchilik
qiynaladi chunki o’rganayotgan materialini
yetarlicha takrorlamagan.
Tadqiqtodlarga qaraganda o’rtacha inson bir
so’zni gapirganda ishlatadigan darajaga
chiqqunicha o’sha so’zni kamida 70 marta
eshitib o’qigan bo’lishi kerak. Lekin bazilarga
bundanam ko’proq vaqt ketadi chunki
hammaniyam o’rganish tezligi bir hil emas.
Bazi bolalarni 1 yoshdan tili chiqsa bazilari 3
yoshdan gapirishni boshlaydi. Shu sababli
bazilar 100-200 marta o’qib eshitgan
so’z/gaplarini gapirganda ishlata oladi. Shu
sababli bir darsni 100% tushunadigan
bo’lguncha qayta qayta eshitishni asosiy
maqsad qilib oling.
Kunlik Mashqlar
@aceuz
Ace Academy