Lutfiy ijodi. «Хон inon, хон inonma» radifli g’azal



Yüklə 279 Kb.
səhifə2/14
tarix03.06.2023
ölçüsü279 Kb.
#124204
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
G\'azallar tahlili

dil, bandamen - yurak, (men) bandaman (bog’lanib qol- ganman);

  • dilbanda men - dilbandga men;

  • dil, banda men - yurak, banda men (man).

    Misralar talqin etilsa, quyidagicha ma’no kelib chiqadi:

    • Men sening dastingdan, ey dil, bandaman (bog’lanib qol- ganman), vah, men qachon u dilbandga yetgayman?

    Meni bevafolarga asir qilding, sen menga sultonsan, ey dil, banda (fuqaro) - men.
    H= H= H=
    Charxi kajraftor elidin yozamen,
    Chiqmadim hijron qishidin yoza men.
    Bir meni yorliq bila yod etmas ul,
    Har necha ul shahg’a qulluq yozamen.
    Bu tuyuqda quyidagi tajnislarga duch kelamiz:

    • yozamen - yozg'iraman (shikoyat qilaman);

    • yoza men - yozga men;

    • yozamen - yozaman (bitaman).

    Satrlar ketma-ketligi asosida talqin etilganda quyidagicha fikrlar ilgari surilgani ma’lum bo’ladi:
    Charxi kajraftor (egri aylanuvchi charx, zamon) elidan noro- ziman, (Chunki) hijron (ayriliq) qishidan yozga chiqa olmadim. Har qancha и shohga qulluq (iltifotli maktub) yozganim bilan (to’rtinchi nrisra), meni bir yorliq (maktub) bilan yod etmaydi (uchinchi misra).


    NAVOIY g’azallari
    «QILG’IL» RADIFLI G’AZAL
    Sakkiz baytli bu g’azal asrlar osha el orasida mashhur bo’lib kelyapti. Radifi - sof turkiy (o’zbekcha) so’z. Qofiyasiga shoir arabiy {«fan», «vatan», «rasan», «kafan»), forsiy {«ко Ъкап», «shikan», «anjuman») kalimalarga ohangdosh o’zbekcha so’z {«tikan») ham topadi.
    Ushbu g’azal sakkiz baytdan iborat. U mujtassi musammani maxbun va maxbuni maqtu’, ya’ni mafoihm-failotun-mafoihm- fa’hm vaznida bitilgan. Taqte’si quyidagicha bo’ladi: V - V- /
    VV--/V-V-/--.
    G’azal oshiq qalbning yetuklik va kamolot timsoli bo’lmish komil insonga jo’shqin muhabbati ifodalangan mashhur she’r- lardan biri hisoblanadi1. XX asr boshlarida uni mashhur xonan- da To’ychi hofiz Toshmuhammedov «Shashmaqom» tarkibiga kiradigan «Ushshoq» («Oshiqlar») kuyi asosida qo’shiq qilib aytadi. «Shashmaqom» tarkibidagi bu kuyning aynan shunday nomlanishi ham bejiz emas. Olimlar, bu kuyda oshiq qalbning yor vasliga yetish yo ‘lidagi iztirob-u nola-yu jig ‘onlari aks et- gan, deb hisoblashadi. Bir asr mobaynida bu g’azalni ko’pdan- ko’p xonandalarimiz ijro etdi.
    Matla’ni sharhlashning o’zidayoq bu g’azalda qanchalar ma’no-mazmun yashirin ekani ayonlashadi. Lirik qahramon oshiq tarzida so’z boshlab, yoriga to’g’ridan-to’g’ri «qaro ko’zum» deb muro’aat qiladi, undan kelib odamgarchilik («mar- dumlig’») qilishni, yana ham aniqrog’i, oshiq ko’zi qorasida gavhar {«mardum kebi») vatan tutishni so’raydi. «Mardum kebi» ifodasida zimdan «odamdek» degan ma’no ham yashirin. Bilam- izki, ko’z qorachig’i ichida yana qop-qora gavhar («gavharak» ham deyishadi) bor. U eski tilimizda «mardumak» deb ham ishlatilgan. Hozir ham bu shakl ayrim shevalarimizda saqlanib qolgan. Demak, shoir birinchi va ikkinchi misralarda shakldosh (omonim) so’zlar ishlatib, tajnisga erishgan.
    Tasawufiy adabiyotda uchraydigan timsol-istilohlar lug’atlarida ko’z komil inson timsoli sifatida tushuntiriladi. Xuddi komillikka erishgan inson o’zidan kechib, boshqacha aytganda, o’zidagi barcha illatlami bartaraf etib, faqat Yaratganni ko’rgani, uni o’ylagani kabi, ko’z ham o’zini ko’rmaydi, o’zgalami ko’radi. o’zi, umuman, yuzga ilohiy go’zallik (zuhurot) ramzi deb qaraladi. Ko’z esa - ana shu go’zallik jamlangan asosiy man- ba. Chunki yuzning bor jozibasi - ko’zda mujassam. Ko’zni sevish orqali ilohiy jamolni yaxshi ko’rish ifodalanadi.
    G’azaldagi lirik qahramon ana shu ko’zda nazarda tutil- gan komil insonni o’z ko’zining gavhariga aylantirmoqchi. Shu tariqa matla’dan quyidagicha ma’no-mazmun anglashiladi: «Qora ko'zligim (go’zal yorim), kel endi, odamiylik muruv- vatini ко ‘rsatishni о ‘rgan (odat qilgin), ко ‘zimning qorachig ‘iga (gavhariga) gavhar (qorachiq) kabi о ‘rnashgin (maskan hit)». Baytni mana bunday talqin etsa ham bo’ladi: «Qora ko'zligim, kelgin-da, mehr-muruvvat, vafo rasmini tuz (vafo qil), men uchun sen ко’zimning qorachigiday azizsan, joying - ko'zim ichida».
    o’zbek tilida «ko’z» kalimasining o’z va ko’chma ma’nosidan foydalanib ishlatiladigan ko’plab so’z-u iboralar mavjud. Ular orasida, ayniqsa, «ко ‘zlamoq», «ко ‘z tutmoq» va «ко ‘z tikmoq» kabi ifodalaming ma’nosi bilan matla’da bayon etilgan mazmun o’rtasida muayyan o’xshashlik bor. Chunki lirik qahramon yor- ning (bu yerda ham komil insonning, ham Allohning) vasliga ko’z tikyapti.
    Matla’ - nihoyat darajada puxta-pishiq, ohoriy va ta’sirchan. Mumtoz adabiyotshunosligimizda bunday boshlanmalar «husni matla ’» yoki «shohbayt» deyilgan.
    Oshiq - yori uchun tamoman sadqa bo’lishga tayyor. G’azal baytlarida u buni bosqichma-bosqich isbotlab boradi.
    Lirik qahramon matla’da yoming ko’zi o’z qorachig’idan o’rin olishini istagan bo’Isa, ikkinchi baytda uning yuzi ko’ngli jannatida, qaddi-qomati esa joni gulshanida joy tutishini orzulaydi.
    Bu baytda birato’la to’rtta («yuzung guli», «ко’rigid ravzasi», «qading niholi», «jon gulshani») istiora qo’llangan. Lirik qahra­mon yori yuzining guliga ko’ngil jannatini gulshan, uning qadd-u qomati niholiga esa jon gulshanini chaman qilishni istaydi. Shu tariqa oshiqning iltijosi yana-da kuchaytirilgan. Bu yerda zim- dan «jon» so’zining arab alifbosida yoziladigan ko’rinishi ham nazarda tutilgan. Chunki bu so’z o’rtasida keladigan «alif» harfi tik tayoqcha tarzidagi shaklga ega. Bu esa adabiyotda yoming tik qomatiga o’xshatilgan. Bu o’quvchi ko’z o’ngida gulzor oralab tik qomat yor yurgandagidek tasawur uyg’otadi. Xuddi «jon» so’zini yozuvda ifodalaganda «alif»{«o») harfi «jim» («]») va «пип» («77») harflari o’rtasidan o’rin olgani kabi, yoming qaddi ham - jon gulshani ichida.
    Yuz timsoli tasawufda ilohiy go’zallik ko’rinadigan ma- kon (mazhar) tarzida talqin etiladi. Ko’ngil ravzasi bu yerda oshiqning intizor qalbini bildiradi. Baytda komil inson (pir) diydoridan bahramand bo’lgan oshiq dilining yayrab ketishi aks ettirilgan.

    Yüklə 279 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin