Maqta’da oshiqlikning martabasi yana-da balandroq ko’ta- riladi: «To Navoiydek senga asir-u benavo boTmaguncha g’am- g'ussa changiisozi)dan biron-bir kuy eshitmadim».
Bu baytning birinchi misrasidagi «navoye» («bir navo») so’zi bilan ikkinchi misrasidagi «Navoiy» so’zi o’rtasida o’zakdoshlik bor. Bu ajib lisoniy joziba hosil qilgan. o’zaro o’zakdosh so’zlami ishlatish Sharq mumtoz badiiyati ilmida ish- tiqoq san ’ati deyiladi.
Bu g’azal shoiming hofizlarimiz tomonidan sevib kuylana- digan she’rlaridan biri hisoblanadi. Ko’p o’zbek shoirlari asrlar davomida bu g’azalga naziralar bitgan, taxmislar bog’lagan.
Bu she’r misobda ishqiy mavzuni yoritishda g’azalning juda keng imkoniyatlari borligini ham his etamiz.
“BO’L” RADIFLI G’AZAL
G’azal - an’anaviy tarzda yetti baytdan iborat. U ramali musammani mahzuf (yoki maqsur), ya’ni foilotun foilotun foilo- tun foilun (yoki foilon) vaznida bitilgan. Taqte’si: - V - - \
Shoir so’zning kelib chiqishi jihatidan arabiy (“jallod”, “mo’tod”) hamda forsiy (“shod”, “ozod”, “obod”, “barbod”, “podod”, “shamshod”) qofiyalar, turkiy radif (“bod”) qo’Hagan.
Mavzusiga ko’ra, bu Navoiyning orifona g’azallari sirasi- ga kiradi. Bunday g’azallarda umming o’tkinchiligini ta’kidlash, ezgulikka da’vat etish, bevosita hayotiy fikr-mushohada va xu- losalarini ilgari surish ustunlik qiladi.
An’anaga ko’ra, ko’p g’azallar ikkinchi shaxsga muro’aat tarzida bitiladi.
Xo’sh, “sen” tarzida muro’aat etilayotgan ana shu shaxs kirn?
Albatta, g’azal tabiatan yor vasfiga bag’ishlangan bodgani uchun ko’pincha “sen” deb muro’aat qilinganda yor ko’zda tuti- ladi. Biroq, mohiyatan, shoir uchun ana shu yor timsoli ham -
bir vosita, ko’nglini bo’shatish, dard-u hasratini kitobxonlar bi- lan o’rtoqlashishning bir yo’li.
Ushbu g’azal mat la’si ham bevosita ikkinchi shaxs- ga aytilgan so’z bilan boshlangan. “Yorlar” so’zi bu baytda aynan “do’stlar” ma’nosida kelgan. Lirik qahramon shu tariqa to’g’ridan-to’g’ri she’rxonga muro’aat qilib, birinchi misrada: “Hamisha ko’nglingga yoqadigan do’stlaring bilan suhbat qilib, shod bo’l”, - deyayotibdi. Ikkinchi misra esa ko’ngilga yoq- maydigan kishilar suhbatidan ozod bo’lish, ya’ni qochishga da’vat qiladi. Baytning oxoriyligi shundaki, lirik qahramon bu masalada odil turadi: “Agar o’sha senga yoqmaydigan kishi men bo’lsam, mendan ham voz kecha qol”.
Shu tariqa g’azal bevosita sof insoniy ruhiy holat bayoni bilan boshlanadi. Shoir shu ikkigina misra orqali har bir kishi ko’nglida necha-necha bor kechishi mumkin bo’lgan bir nozik tuyg’uni ifodalaydi. Chunki bashariyat jamiyati shunday tuzilganki, hammavaqt ham bir kishining ko’ngliga ikkinchisi xo’sh yoqavermaydi. Ehtimol, siz suhbatdoshingizga yoqarsiz, u sizga yoqmas yoki, aksincha u sizga ma’quldur-u, siz unga - noma’qul1.
Ko’ngil shu qadar nozikki, faqat o’ziga ma’qul odam suh- batidangina huzur topadi. Yoqmaydigan birovning oldida o’tirish esa - koni azob. Lirik qahramonning fikri qat’iy: bunday suh- batdan voz kechib qo’ya qolishdan yaxshiroq yo’l yo’q. Ko’rinib turibdiki, shoir, bir qarashda, juda oddiygina ko’ringan satr- lar zamirida bir ajib qat’iy xulosani o’rtaga tashlagan. Xo’sh, shoiming muro’aati aynan kimga qaratilgan? Ana shu savolga javob izlab, ikkinchi baytni o’qiymiz: “Ey Egam, garchi meni sabrim uyidek vayron qilgan bo’lsang ham, (sen o’zing) doimo husning mamlakati kabi obod bo’l”.
Bu esa sabr-u bardoshning tugaganligini ifodalaydi. Xo’sh, bu qanday sabr-u bardosh? Kim u o’zi lirik qaqramonni bun- chalar azoblarga qo’ygan?
'Bu ruhiy holatni Navoiy “Badoe’ ul-vasaf’ning:
Meni men istagan о z suhbatiga arjumand etmcts,
Meni istar kishining suhbatin ко ‘nglum pisand etmcts, - deb boshlanadigan 238-g’azalida haddi a’losida aks ettirgan.
Ana’anaga ko’ra, aksar g’azallar shaklan yorga bag’ishlanishini yaxshi bilasiz. Bu yerda ham shu an’anaga qat’iy amal qi- lingan. Demak, birinchi bayt ham mohiyatan kitobxonga emas, ana shu - yorga bag’ishlangan ekan. Tantilikni qarangki, unga lirik qahramon, men yoqmasam, mendan ham voz kech, deydi. Bu yerda oshiqning ma’shuqqa loyiqlikka kuchli intilishi mav- jud. Yor husni mulki (mamlakati) esa - juda obod. Shuning uchun vayron bo’lib borayotgan oshiq ma’shuqiga Yaratgandan (“yo Rab”) doimo ana shunday obodlik ato etishini tilaydi.
Matladagi “hamesha” va ikkinchi baytdagi “doimo” so’zlari ham o’quvchida abadiy go’zal, azalan va abadan mavjud yor, ya’ni Alloh haqida so’z ketayotgani xususida tasawur tug’dira boradi.
Uchinchi bayt da oshiq o’ziga g’am chekib o’lishni, yori esa o’lganlami tiriltirgan Iso alayhi-s-salom kabi elning joni boMishini ravo ko’radi. Lekin o’zining bu tilagi uning otashinligini oshirib yuboradi. Teskari (“nigun”) deb bilgani charxga: “Sovril!”, pastkash (“dun”) deb hisoblagani dunyoga esa: “Barbod bo’l!” - deya nido chekadi, rad javobidan ko’ra oMimni afzalroq biladi.
Lirik qahramon o’zi aytgan gapga o’zi chiday olmay- di. Chunki u o’z ko’nglini yaxshi biladi. Bu nozik ko’ngil esa bevafolar zulmi bedodliklari bilan oshnolik qila olmaydi. Shuning uchun lirik qahramon to’rtinchi bayt da bevosita o’zining siniq ko’ngliga muro’aat qiladi: “Ey siniq ko’nglim, agar shisha (oyna) yo po’latdan bo’lsang ham, bevafolar zulm-u azoblariga chidolmay, (chil-chil sinasan)”.
G’azalda yor tasviri bilan baqamti insonlararo munosabat- lar bayoni ham birga ketaveradi. Shoir bu yerda faqat yor bevafoligidangina emas, umuman, “bevafolar”dan noliydi. Chunki bunday odamlar uning ko’p zada qilgan. Kishining ko’ngli shisha emas, po’lat bo’lganida ham odamlar yetkazadigan dil- xastaliklarga chidash bera olarmidi?..
Lekin Navoiy uchun g’azalda yor bilan bog’liq mantiqiy- likni bo’shashtirish mum kin emas. Lirik qahramon yor haj- rida kuyib, ado bo’lgan. Shu darajaga yetganki, beshinchi bayt da tasvirlanishicha, hajr davom etar ekan: “Uni o’ldirish
ham, o’lganidan keyin tiriltirish ham - teppa-teng, (shuning uchun) endi Xizr alayhi-s-salomning abadiy tiriklik suvini bersa ham, jallod bo’lib, uni o’ldirsa ham, mayli - unga baribir”.
Shoir bu baytda yor hajrida adoyi tamom bo’lgan bir oshiq sifatida o’lim bilan tiriklikni teng ko’rdi. Endi buni mantiqan asoslash kerak. Oltinchi bayt go’yo ana shu fikming “is- boti” bo’lib keladi. Lirik qahramon shu qo’shmisradan bosh- lab zimdan bevosita shoirga muro’aatga o’tadi: “o’bmdan bosh tortma, bu chamanning savsani (guli safsari) yoki (bag’oyat tik o’sadigan chiroyli) shamdosh daraxti bo’lsang ham, kuz kelib, xazon boshlanganda sen ham omon qololmaysan”.
Bu baytda umming o’tkinchiligiga urg’u berilyapti. Mum- toz adabiyotimiz, jumladan, Navoiy she’riyatida bu dunyoning foniyligi - vaqtinchaligi qayta-qayta uqtirilishi bejiz emas. Umr- ku - omonat narsa. Lekin odamlar shu qisqagina hayotlarini ham bir-birlarini aldash, yomonliklar qilish, bevafoliklar bilan o’tkazishga, bir-birlarining ko’ngillarini qoldirishga bunchalar o’ch bo’lmasa?!
Bu juda qiyin masalaku-ya. Ammo lirik qahramon boshqa- cha yo’l topgandek bo’ladi. Maqta’da u taxallus qo’llab, unga nasihat qiladi: “Ey Navoiy, dunyo kishilariki bevafo bo’Isa, kel, (yaxshisi), bundan buyon kishisizlik(yolg’izlik)da yashashni o’zingga odat qilib ol”.
Lirik qahramonning bevosita shoirga muro’aat qilishi orqab unda o’z fikru-o’yi, his-tuyg’usini go’yo ikki kishi suhbati tar- zida ifodalash imkoni paydo bo’ladi. Bu shaklan o’zi bilan o’zi gaplashishning bir yo’li ham. Shu narsa g’azallardagi “sen” deb muro’aat qilgan boshqa baytlar mazmunini ham kengroq sharhlash imkonini beradi. Demak, matla’dagi, bir qarashda, yorga aytilgan: “Ko’ngbng istagan kishilar bilan suhbat qur, ko’ngbng istamasa, hatto, u men bo’lsam ham, undan qutul”, - mazmunidagi fikmi ham, lirik qahramonning shoirga, ya’niki Navoiyning o’ziga o’zi bergan maslahati, deb tushunish mum kin.
Shuni ham e’tibordan qochirmaslik kerakki, lirik qahramonning bu g’azal baytlaridagi muro’aati obyekti o’zgarib turadi: matla’, beshinchi va oltinchi baytlar - ikkinchi shaxsga, ik- kinchi bayt - Xudoga (“yo Rab”), uchinchi bayt - charxi nigun
bilan dahri dun(“ey charxi nigun, v-ey dahri dun”)ga, to’rtinchi bayt - lirik qahramonning siniq ko’ngli(“ey sinuq ko’nglum”) ga, maqta’ esa - shoir(“Ey Navoiy”)ga aytilayotgan gap tarzida bitilgan.
Bu g’azalda tazod san’atidan m oh iron a foydalanilgan. Zidlantirish matla’da “men” va “kim”, ikkinchi baytda “sabrim uyi” va “husnung mulki”, “vayron” va “obod”, uchinchi baytda “o’lay” va “Masih” (u o’lmagan, aqidaga ko’ra, qiyomat yaqinlashganda tirik holda Yerga tushadi), uchinchi baytda “shisha” va “po’lod” (po’lat), to’rtinchi baytda “o’lmak” va “tirilmak”, “ziloli Xizr” (abadiy tirik payg’ambar suvi) va “jallod” (u o’ldiradi), beshinchi baytda “xazon” va “savsan”, “shamshod” (ular tirik o’simliklar), maqta’da “olam ahli” (ya’ni ko’pchilik) va “bekaslik” (ya’ni yolg’izlik) o’zaro zidlantirilgan.
G’azaldagi ishq hajrini, yori haqiqiy, ya’ni Yaratganning vasliga etolmaslik, deb talqin etish kerak.
QIT’ALAR
KAMOL KASBIGA DALOLAT-U NUQSONIDIN
IZHORI MALOLAT
Kamol et kasbkim, olam uyidin Sanga farz o’lmag’ay g’amnok chiqmoq.
Jahondin notamom o’tmak biaynih Erur hammomdin порок chiqmoq.
Dostları ilə paylaş: |