«KELMADI» RADIFLI G’AZAL
G’azal ishqiy mavzuda, o’zbek tilidagi she’riyatda eng ko’p ishlatilgan ramali musammani mahzuf (yoki maqsur), ya’ni 2
«foilotun - foilotun - foilotun - foilun (yoki foilon)» vaznida yozilgan. Taqte’si: -V--/-V--/-V--/-V- (yoki - V ~). G’azaldagi ko’pchilik misralar ramali musammani mahzuf, ya’ni «foilotun - foilotun - foilotun - foilun» vazniga tushsa-da, ikkinchi baytning «intizor» so’zi bilan tugagan hamda to’rtinchi baytning «devonavor» so’zi bilan tugagan birinchi mis- ralari ramali musammani maqsur, ya’ni «foilotun - foilotun - foilotun - foilon» vaznida bitilgan.
G’azal - an’anaviy yetti baytdan iborat.
Radifida o’zbekcha so’z («kelmadi») ishlatilgan va qofiyasi- dagi sakkiz (gulro' - uyqu - badxo - qorong'u - kulgu - su(v) - о ‘tru - qayg’u) so’zdan oltitasi - o’zbekcha, ikkitasi {«gulro ‘» va «badxo1») - to’ikcha.
G’azalda badiiy jihatdan shunday qat’iy bir qoidaga amal qilinganki, har bir baytda kamida bir tazod (zidlantirish, qara- ma-qarshi ma’nolardagi so’zlami qo’llash) san’ati namunasiga duch kelamiz. Bu badiiy san’at g’azalda asosiy ifoda va tasvir vositasiga aylangan.
Matla’da lirik qahramon, kecha (buni «kechasi» deb ham, «kecha», ya’ni bir kun oldin deb ham tushunish mumkin) «sar- vi gulro1» (gul yuzli sarv, ya’ni tik qomatli yor) kelaman deb, kelmadi, shutting uchun tong otgunga qadar ко ‘zlarimga uyqu kelmadi, deydi. Shuning o’zidayoq lirik qahramon holati, u che- kayotgan iztirob ma’lum qilinadi.
Betoqat oshiq har zamon-har zamon chiqib, ma’shuq yo’liga intizor bo’ldi, hatto, jon uning og’ziga keldi-yu, u yomon fe’l- atvorga ega sho’x go’zal kelmadi (ikkinchi bayt). «Ul sho'xi badxo'» deganiga qarab: «Yor yomon ekan, undo nega oshiq uni sevadi?» - degan fikrga bormaslik kerak. Chunki shoiming bu ifodasida o’ziga xos erkalash ohangi ham bor. Yoming «badxo'»ligi va’da berib, va’dasida turmaganida, xolos.
Uchinchi bayt da yoming orazi (yuzi) «ovfi?m»(ya’ni oq) ligi bilan oshiq hayotining qorong’iligi bir-biriga zidlashtiriladi: «Agar orazidek oydin bo'lganida ehtiyot qilib (birov ко’rib qolmasin deb) kelmagan bo ‘Isa, (kecha) hayotimdek qorong ‘u bo ‘Iganda ham kelmadi-ku/»
To’rtinchi bayt lirik qahramon holati yanada og’ir- lashganini ko’rsatadi: «U paridek у or hajrida devonalardek yig ‘ladim, buni ко’rib, kulgisi kelmaydigan kimsa topilarmikan?»
Beshinchi baytga kelib lirik qahramon bevosita ko’p- chilikka (g’azalxonlarga) muro’aat qiladi: «Ko’zlaridan qancha suv kelar ekan deb, meni о ‘Idirmanglar, (chunki) bu kecha ко ‘zlarimdan faqat qon keldi, suv kelmadi». Bu yerda qon bilan suv bir-biriga zidlantirilgan.
G’azalning oltinchi bayti alohida ajralib turadi. Unda lirik qahramon tolibi sodiq topilmasligidan shikoyat qilishga o’tadi. Baytning so’zlardan kelib chiqadigan ma’no-mazmuni quyidagicha: «Sodiq tolib topilmaydi, shunday bo ‘linasa edi, kimki yo ‘Iga qadam qo ‘ysa, «avvalqadam», ya ’ni undan oldin- roqda yuradigan bir та ’shuq го ‘baro ‘ kelmaydimi?/»
Agar g’azalning dastlabki besh baytida boshdan-oxir va’da berib, so’zida turmagan yomi kuta-kuta chekkan azob-iztiroblari haqida gapirib kelingan bo’Isa, bu baytda birdan, kutilmagan- da lirik chekinish qilinadi. Lirik chekinish - keng tushuncha. G’azaldagi bunday lirik chekinish «begona bayt» deyiladi.
Bu yerda nozik falsafiy-tasawufiy masala ko’tarilgan. «Yo’l>> baytda tasawufni, Alloh ishqini bildiradi. Bu yo’lda esa sadoqatli talabgor (oshiq) topilmayapti. Ayni gap bilan shoir pirga ishora qilgan. Chunki pir hamisha bu yo’lni muriddan awalroq bosib o’tgan, ya’ni u «avvalqadam» bo’ladi. Avvalqadam oshiq esa Alloh vasliga yetib, ma’shuqqa aylanadi. Murid ana shu shayxning etagidan tutib, unga ergashmoqchi. Chunki Allohni sevish uchun murid awal pirini sevishi kerak. Boshqacha aytganda, Allohga muhabbat yo’li bevosita pir qalbi orqali o’tadi. Chunki tasav- vufda pirga komillik timsoli sifatida qaraladi.
Shuning uchun ushbu g’azalda majoziy tasvir orqali ilohiy ishq kuylangani, lirik qahramon begona baytda ishqda undan ko’ra «avvalqadam» bo’lgan «tolibi sodiq», ya’ni pir izlayot- ganiga hech qanday shubha bo’lmasligi kerak.
Navoiy g’azallarining yozilgan yillari ma’lum emas. Ammo uning «Xazoyin ul-maoniy»dagi uchinchi devon bo’lmish «Badoye’ ul-vasat»dagi ushbu g’azali dastlab muxlislar tomonidan tartib ber- ilgan «Ilk devon»ga ham, muallif o’zi tuzgan ikkinchi devon -
«Navodir un-nihoya»ga ham kiritilganidan ma’lum boTadiki, u shoiming yoshlik davri lirikasi mahsuli hisoblanadi.
Maqta’ ham - juda tahliltalab. Chunki unda ikki karra «boda» so’zi tilga olinadi. Shaklan, ya’ni yuzaki qaraganda, o’quvchida mayparastlik targ’ib etilayotgandek tasawur tug’ilishi ham mum kin. Holbuki, Navoiy buyuk islom shoiri edi. Islomda esa mast qiluvchi ichimliklar harom hisoblanib, man etilgan.
May, sharob, boda, chog’ir...
o’tmishda ajdodlarimiz iste’mol etgan kayf beruvchi ichimliklar shunday so’zlar bilan nomlangan. Albatta, bu to’rt ichim- lik nimadan hozirlangani, tayyorlanish usuli, tarkibidagi spirt miqdori jihatidan o’zaro bir-biridan farq qilgan bo’lishi kerak. Biroq shoirlarimiz bu so’zlami o’zaro ma’nodosh (sinonim) sifatida qo’llayvergan.
Nega?
Gap shundaki, adabiyot, xususan, she’riyatda bu so’zlar o’z ma’nosida emas, aksaran ko’chma ma’noda - badiiy timsol (obraz) sifatida ishlatilgan.
Xo’sh, badiiy timsol nima?
Timsol - asli, surat, rasm degani. Surat esa narsaning o’zi emas, u haqda maTumot beradi, tasawur uyg’otadi, xolos. Uni ko’rib, o’sha narsaning o’zini xayolga keltirasiz. Badiiy timsol ham - shunga o’xshash. Shoir bir nimani ko’zda tutadi, o’sha narsani o’quvchi yaxshiroq, osonroq ko’z oldiga keltirsin uchun uning o’miga biror timsol ishlatadi.
May, sharob, boda, chog’ir timsollarini ham mumtoz shoirlarimiz shu maqsadda qo’Hagan.
Endi asosiy masalani o’rtaga tashlasak boTadi: bu timsollar nimani anglatadi? Boshqacha aytganda, mumtoz she’riyatimizda may, sharob, boda, chog'ir so’zlari uchrasa, o’quvchi may, sharob, boda, chog’imi emas, boshqa narsani ko’z oldiga kelti- rishi kerakmi?
Bu masalada shoshilmaslik zarur. Xususan, Alisher Navoiy ijodi ana shunday ehtiyotkorlikni taqozo etadi. Agar bu so’zlar shoiming she’riy ijodida uchrasa - ular badiiy timsol. Bordi- yu, bu so’zlami muallif ilmiy yoki, umuman, nasriy asarlarida
ishlatsa, vaziyat o’zgaradi: endi uni badiiy timsol deb emas, aynan o’sha spirtli ichimlikning o’zi deb hisoblashimiz - shart.
Bobokalonimiz ijodida unisi ham, bunisi ham uchraydi.
Awal o’sha o’z ma’nosida qo’llangan asarlariga to’xtab o’taylik.
«Holoti Sayyid Hasan Ardasher» asarida tasvirlanishi- cha, Sayyid Hasan Ardasher xos ma’naviy suhbatlar chog’ida bodaxo’rlik qilishni xush ko’rganlar. Lekin har gal ichkilikboz- likdan keyin Yaratganga iltijo qilib, mayxo’rlikdan tavba beri- shini so’raganlar... Bu yerda o’z ma’nosidagi mastlik ko’zda tutilgan.
Navoiy zamondoshlariga yo’llagan xatlarini yig’ib, «Munshaot» nomi bilan to’plam qilgan. Shu asardagi hukmdorlardan biriga jo’natilgan maktubda ikki narsa maslahat tariqasida qattiq shart qilib qo’yiladi: birinchisi - Haq taolo amriga to’la itoatda bo’lib, buyurgan ishlarini so’zsiz bajarish; ikkinchisi - Tangri man etgan ishlar(nahy)ni qilmaslik. Odamlar ustidan hukm yuritish baxtiga muyassar bo’lgan kishi uchun Alloh amriga itoat etishda adolatga teng keladigani yo’q. Man etilgan ishlardan tiyilishning hech biri esa «chogir tarkicha bo ‘lmas».
Navoiy bu gaplaming o’zi bilan ham cheklanib qolmaydi. Adolatning qadrini ham, may ichmaslikning foydasini ham Muhammad payg’ambar(s. a. v.)ning so’zlari bilan mustahkamlab tushuntiradi: «...Hazrat risolat (ya’ni Muhammad) sallallohu alayhi vasallam buyurubturkim, «Adlun saatun xayrun min ibo- dat is-saqalayn» («Bir soatlik adolat ikki dunyo - insonlar va jinlar dunyosi ibodatidan yaxshiroq») va chog’irni «umm ul- xabois» («yaramasliklar onasi») debdurlar, jam ’i yomonlig ‘ an- din mutavallid bo ‘lurkim (ya’ni tug’iladikim), borcha yaxshiliq va yomonliq bu ikki nima zimnida mundarijdur (ichiga kiradi)».
Bundan ma’lum bo’ladiki, ulug’ mutafakkir hech ikkilanmas- dan chog’irxo’rlikni Xudo man etganini, bare ha yomonliklar shu ichkilikdan kelib chiqishini ta’kidlab turibdi. Shunday so’zlami she’r qilib emas, asar deb emas, to’g’ridan-to’g’ri hukmdorga nasihat tarzida bitgan kishining o’zi ichkilik tarafdori bo’lishi, uni maqtashi mumkinmi?
Masalani shu tarzda juda aniq qilib qo’ygan paytimizda beixtiyor shoiming ana shu mashhur g’azali maqta’sida aytilgan fikr yodimizga tushadi.
Ana shunda bu parchadagi «boda» aslo o’z ma’nosida emas- ligini to’la tushunib olamiz.
Adabiyotda islom ta’sirisiz ham dunyoviy ma’nodagi mastlik kayfiyatini tarannum etish, mayni ta’riflash bor edi. Tasawuf adabiyoti shu shaklni saqlab qoldi. Ammo endi mayni Xudoga ishqning timsoli qilib oldi. Shuning uchun tasawuf she’riyatida ham shaklan, ya’ni tashqi tarafdan aynan dunyoviy adabiyot- dagidek may va mastlik tilga olinaveradi, mohiyatida esa ilohiy ishq ko’zda tutiladi.
Boda kelgan uyga qayg’u kelmasligining dunyoviy asosi bor: ichgan kishining, sun’iy ravishda bo’Isa ham, kayfiya- ti ko’tariladi, qayg’usi, vaqtincha bo’lsa ham, esdan chiqadi. Tasawufiy ma’noda esa Yaratganning ishqi bilan kuyib-yonib yashayotgan kishining g’am chekishiga o’rin qolmaydi. Shuning uchun ham lirik qahramon yorining kelmaganiga, ochiqroq ifodalaganda, bu dunyoda Alloh vasliga yetolmayotganiga ko’p ham g’am chekavermay, Yaratgan zotni sevishini davom ettira- versin, shunda bare ha kulfatlar bartaraf bo’laveradi...
Shoiming may, sharob, boda, chog’ir haddi a’losida ta’rif- langan she’rlari shu qadar ko’pki...
Bayt - asli oshiqona g’azalning maqta’si. Lekin boda tilga olindimi, demak, g’azalga rindonalik ruhi ham qo’shildi. May ta’rifida kelgan g’azallar rindona g'azallar deyiladi. Ko’rinib turibdiki, bu g’azalda oshiqonalik bilan rindonalik o’zaro uyg’unlashgan.
Ulug’ shoir asarlari mohiyatini tushunib olishga qiynalmas- lik, xususan, so’zlaming o’z ma’nosi bilan ko’chma, ya’ni ba- diiy ma’nosini fahmlashda adashib ketmaslik uchun shoiming timsollar olamidan boxabarlik talab etiladi.
Demak, Navoiy asarlari mag’zini chaqishda ilm juda kerak.
Bu shoiming o’ta mashhur g’azallaridan hisoblanadi. Ho- zirgacha ham qo’shiq qilib kuylanadi. Ko’p hofizlarimiz shu g’azal ijrosida o’z kuchini sinab ko’radi. Kuyda haqiqiy yor, ya’ni Alloh vasliga yetolmaslik dard-u g’ami, iztirobi aks etgan.
Bu g’azal mumtoz qo’shiqchiligimizda o’ta mashhur «Muno- jot» kuyiga solib aytiladi. o’zbekiston Qahramoni, o’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning «Muno’otni tinglab» she’ri shu qo’shiq ta’sirida bitilgan. Bu she’r:
Kuyi shunday bo’lsa, g’amning o’ziga Qanday chiday oldi ekan odamzod?! -
deya tugallanadi.
«Muno’ot» kuyining og’ir-bosiqligi, g’am-iztirob ruhiga moyilligi bilan g’azal mazmunidagi oshiqning yor vasliga yetol- maganidan chekayotgan g’am-iztiroblari o’rtasida kuchli hamo- hanglik bor.
«JONG‘A CHUN DERMEN: «NE ERDI o’LMAKIM KAYFIYATI?..» G‘AZALI
Bu g’azalda she’riyatdagi savol-javob usulidan unumli foydalanilgan. Bunda birov savol beradi, ikkinchi taraf shu sa- volga javob qaytaradi. Shoiming «Farhod va Shirin» dostonida Xusrav bilan Farhodning aytishuvi ham aynan ana shu yo’lda qog’ozga tushirilgan.
To’liq bir g’azalni savol-javob tarzida bitish Navoiydan ol- din yashab, ijod qilgan qalam sohiblari ijodida ham uchraydi. Ammo bu g’azal ayni san’atni oliy darajada qo’llashi va man- tiqiy asoslanganligi bilan alohida ajralib turadi.
G’azalning lirik qahramoni - oshiq. U ishq otashining zo’ridan o’lim yoqasiga kelgan. Shuning uchun u matla’dayoq to’g’ridan-to’g’ri jonidan: «o’lishimning sababi nima?» - deb so’raydi. Jon esa unga: «Bunga jismdagi kasallikning shiddati sabab bo’ldi», - deya javob qaytaradi.
Ikkinchi baytda lirik qahramon jismga muro’aat qilib, undan: «Bu vaziyatga tushib qolishingga nima sabab boldi?» - deb so’raydi.
Jismning javobi esa quyidagicha: «Bunga o’tlik bag'irning hirqati sabab bo’ldi». Baytdagi «hirqat» so’zi kuyish, yonish degan ma’noni anglatadi.
Dostları ilə paylaş: |