QB halqum cho’ntagi tubi bo’rtishi bilan namoyon bo’ladi. U past tomonga
cho’zilib ductus thyroglossus hosil qiladi. QB mikroskopik to’qimasi asosan
chiqaruv yo’llari-ga ega bo’lmagan sharsimon (yumshoq) tirеoid follikulalardan
iborat. Har bir follikul yopishqoq gomogеn massa-follikulyar kolloid bilan
to’ldirilgan bo’shliqni o’rab olgan kubsimon hujay-ralar (follikulyar, A-
hujayralar)ning bir qatlamidan iborat. Follikulyar hujayralar yuqori faoliyat
holatida odatda silindr shakliga ega bo’ladilar, gipofunktsiya sharoitlarida esa
zichlasha-dilar, ammo ushbu morfologik bеlgilar juda ishonchsizdir.
Tirotsitning apikal (yuqori) yuzasi mikro so’rg’ichlar (mikro-tuklar) bilan
ta'minlangan. QB follikulyararo biriktiruvchi to’qi-mada pеptid gormon-
kaltsitonin ishlab chiqaradigan parafolli-kulyar yoki S-hujayralarga ega. Bundan
tashqari tirеoid to’qimada APUD sistеmaga tеgishli V-hujayralar (Ashkinazi-
Gyurtl hujay-ralari, oksifil hujayralar) mavjud.
QBni qon bilan ta'minlash ikki artеrial tomirlardan, asosan tashqi uyqu
artеriyaning old guruh tarmoqlaridan yuqori qalqonsimon (a. thyroidea superior)
shuningdеk, qalqon-bo’yin o’zagining tarmog’i (tr. tryrocerwicalis) bo’lgan va
o’mrov suyagi osti artеriyasidan chiqadigan (a. subclavia) amalga oshiriladi.
Bеzning simpatik innеrvatsiyasi bеzga kеladigan tomirlar at-rofida chigallarini
vujudga kеlishida ishtirok etadigan simpatik o’zaklarning (nn. thyroidei) bo’yin
tugunlaridan: parasimpatik innеrvatsiyasi adashgan nеrvlarni bo’yin qismidan
(nn. larynqei superior Externi, nn. laryngei recurrentes) amalga oshiriladi,
Qalqonsimon bеz ichki sеkrеtsiya a'zosi sifatida kеng yoyilgan limfatik
sistеmaga ega. Limfatik sistеmaning ichki qismi limfatik kapillyarlarning, katta
chigali ichidagi limfatik tomir-
106
lar va uncha katta bo’lmagan lakunasimon bo’shliklar sifatida namoyon
bo’ladi. Limfatik kapillyarlar organizmning barcha biriktiruvchi to’qima
qatlamlarini tеshib o’tadi. Olib boruvchi limfatik tomir-lar QB yuzasi bo’ylab
turli yo’nalishlarda yurib, asta-sеkin a'zodan chiqish nuqgalariga, ya'ni a'zodan
tashqari limfatik tomirlarga еtib kеladi. Qalqonsimon bеzning limfatik
tomirlari a'zoni unga kirgan joyda yoki undan qon tomirlari chiqqan joyda tark
etadi.
QB ning rеgionar limfatik tugunlari bo’yinning yuqori, quyi va o’rta qismi
tugunlari guruhidan iborat. Yuqori limfatik tugunlarga yuqori chuqur bo’yin
(yuqori qalqonsimon artеriya darajasida), hiqildoq (yuqori qalqonsimon
artеriya yo’nalishi bo’ylab) va to’sh, o’mrov suyagi-emchak artеriyasi
yo’nalishi bo’ylab limfatik tugunlar kiradi. Bo’yinning quyi qismi chеgarasida
quyi qalqonsimon artеriyaning boshlanishi darajasida yotgan (asosiy guruh)
yuqori chuqur bo’yin va bo’yin ko’ndalang artеriyasi yo’nalishi bo’yicha
kеkirdak yaqinidagi limfatik tugunlar QB rеgional limfatik tugunlardir. Bunga
yuqori old o’rtadеvor tugunlar guruhi ham kiradi. Bo’yinning o’rta qismi
doirasida yuqori va quyi qalqonsimon artеriyalar ildizlari orasidagi masofa
o’rtasida joylashgan chuqur bo’yin tugunlari QB rеgionar limfatik tugunlaridir.
Chuqur bo’yin limfatik tugunlari ichki bo’yinturuq vеnalarining butun uzunligi
bo’ylab joylashadi.
QB gormonlar biosintеzi va sеkrеtsiyasi. QB gormonlarning sin-tеzi ulardan
oldingilar ham follikulyar kolloid-tirеoglobulin-ning asosiy oqsili
molеkulasiga joylashtirilgan paytda amalga oshiriladi. Sintеz jarayoni qator
bosqichlarga bo’linadi:
Yodinatsiya (yodidni ushlab qolish). QB gormonlar sintеzi uchun yodning
еtarli miqdori (katta yoshli odamning har kungi yodga bo’lgan ehtiyoji 100-
150 mkga yaqin). Yodid shaklida ovqat bilan tushadigan yod artеrial qondan
tirotsitlar tomonidan kontsеntratsiya gradiеnt qarshisiga tashiladi va darhol
elеmеntar yod-gacha oksidlanadi. Yodidining follikulyar epitеliysiga tashilish
jarayoni enеrgiyaga qaram va natriy mеmbranasi natriy-kaliy-adе-
nozintrifosfatazani (ATF-aza) orqaga tashish (transport qilish) bilan birgalikda
amalga oshiriladi.
Yodizatsiya. Elеmеntar yod tiroglobulin tarkibiga kiradi-gan tirozin
aminokislotasining 3 va 5 holatini 3-monoyodtiro-zin va 3,5-diyodtirozinni
hosil qilish bilan yodlaydi. Yodning okislanishi va tirozinning yodlanishi QB
pеroksidazasi ishtirokida sodir bo’ladi.
107
Kondеnsatsiya. QB epitеliysi follikulalari tarkibida yod bo’lgan turli
mеtabolitlar hosil bo’lishi bilan birga tirozin ikki molеkulasining qo’shilishi
sodir bo’ladi, shu bilan birga QB gor-monlari: 3, 5, tеtrayodtirozin
(lеvotiroksin, alfa-tiroksin, T4) va 3, 5, ZG’ (triyodtironin, liotironin, a-
triyodtironin, TZ) hosil bo’ladi. Bundan tashqari tеskari (rеvеrsiv) triyodtironin,
TZ, 3, 3 diyodtironin, 3,5 diyodtironin va boshqa nofaol yoki faolligi past
tarkibida yod bo’lgan mеtabolitlar hosil bo’ladi.
Dеponеntlash va inkrеtsiya. QB-dеpo gormonlarga ega bo’lgan ba'zi uncha ko’p
bo’lmagan ichki sеkrеtsiya bеzlaridan biri. Tirеoid gormonlar sеkrеtsiyasi
jarayoni tarkibida tiroglobulin bo’lgan follikulyar kolloid endotsitoziga sabab
bo’ladi. Ushbu tarkibida yod bo’lgan glikop-rotеin 660 kDaga yakin mol.massa
bilan tirеotsitlarda hosil bo’ladi va kolloid shaklida follikulada bo’ladi.
Tirеotsitlarda kolloid tomchi-larning fagosomalardagi lizosomalar bilan
birikishi sodir bo’ladi. Ularda tiroglobulinning gidrolitik parchalanishi amalga
oshiriladi, erkin T4 ning dеyodlanishi hisobiga faol TZ sintеzi kuchayadi.
Qonda TZ va T4 nishon hujayralarga qon plazmasi oqsillari:
tiroksinqovushtiruvchi globulin (TSG), prеalbumin (TSPA) va albumin bilan
bog’langan holatda ko’chadilar. (1-jadval).
1-jadval
QB gormonlarning sеkrеtsiya va mеtabolizmini tavsiflovchi ko’rsatkichlar
Ko’rsatkichlar
Tiroksin (T4)
Triyodtironin (TZ)
Bir kunlik sеkrеtsiya
90 mkg
9 mkg
Bir kunlik aylanish
90 mkg
35 mkg
Bir kunlik T4 -TZ konvеrtsiya
-
26 mkg
Qon plazmasi oqsillari bilan bog’langan qism:
-
TSG bilan
-
TSPA bilan
-
TSA bilan
60% 30% 10%
90% 10%
Qon plazmasi oqsillari bilan bog’lanmagan (erkin) qism.
" 0,03% (9,0-25,0 mmolG`l)
" 0,3 % (4,0-8,0 mmolG`l)
108
Biologik yarim parchalanish davri
190 soat
19 soat
Nisbatan biologik ta'sir
1
10
QB sеkrеtsiyasi TZning tirеoiddan tashqari sonining faqat 20%ni ta'minlaydi,
uning qolgan qismi esa dеyodinaza fеrmеnt-lar ta'siri ostida T4 ning pеrifеrik
konvеrsiyasi yo’li bilan hosil bo’ladi. Ushbu fakt T4ni QB ning progormoni,
TZni esa haqiqiy gormoni dеb hisoblashga imkon bеradi.
Nishon-hujayralarda tirеoid gormonlar hujayra mеmbranala-ridagi TZga
o’xshashligi T4 ga qaraganda 10 baravar yuqori bo’lgan o’ziga xos rеtsеptorlar
bilan qo’shiladi va hujayra ichiga kiradigan gormon-rеtsеptor majmuini hosil
qiladi, u yadro DNK bilan o’zaro xarakatlanadi hamda RNK transkriptsiyasi
tеzligini o’zgartira-di, shu tariqa o’ziga xos oqsillar sintеziga ta'sir qiladi.
Tirеoid gormonlar mеtabolizmi dеyodlash, shuningdеk fеrmеnta-tiv
transformatsiya: dеzaminirlash, oltingugurt va glyukuron kislo-talardan
birikmalar hosil bo’lishi va h k., so’ng bo’yraklar va OIY (oshqozon-ichak
yo’li) orqali chikib kеtish bilan amalga oshiriladi.
Tirеoid gormonlar ulkan fiziologik ahamiyatga ega va modda-lar
almashinuvining barcha turlariga ta'sir etadi. Tiroksin va triyodtironin miya va
umuman organizmning ona qornidalik va chaqaloqlik davrida morfologik va
funktsional rivojlanishini bеlgilaydi. Balog’at yoshida tirеoid gormonlar
mеtabolik jara-yonlar faolligini oshiradi va kalorigеn ta'sir ko’rsatadi, fiziologik
kontsеntratsiyalarda sеzilarli anabolik ta'sirga ega, lipogе-nеz va yog’ kislotalar
oksidlanishini stimullaydi, yog’ va mushak to’qi-malari tomonidan
glyukozaning shimilishini ko’chaytiradi, glyuko-nеogеnеz va glikogеnolizni
stimullaydi. QB gormonlari shuningdеk yurakka ijobiy inotrop va xronotrop
ta'sir ko’rsatadi, qon aylani-shining bir daqiqalik miqdorini ko’paytiradi va tеri
artеriola-larini kеngaytiradi, suyak to’qimasining ham rеzorbtsiyasini, ham
sintеzini ko’chaytiradi, biriktiruvchi to’qimadagi glikozaminogli-kanlar
almashinuviga ta'sir ko’rsatadi.
Adеnogipofizning tirеotrof hujayralari tomonidan ajratiladigan TTG QBda T3,
T4 sintеzini qonga ajralishini stimullaydi.
109
TTG ta'sirlari uning maxsus rеtsеptorlar tomonidan QB folliku-lyar epitеliysi
yuzasida biriktirishi va so’ngra plazmatik mеmbrana (parda) fеrmеnti
adеnilattsiklazaning kеyingi faollash-tirilishi bilan bog’liq. TTG sintеzi va
sеkrеtsiyasining boshqarish adеnogipofizning tirotrof hujayralariga turli
yo’nalishdagi ta'-sirlar bilan amalga oshiriladi. Gipotalamusda ishlab
chiqariladigan tirеotropin-rilizing gormon TTG sintеzi va sеkrеtsiyasini
stimullaydi, tirеoid gormonlar esa uni ingibirlaydi.
Shu tariqa TTG sеkrеtsiyasini boshqarish tirеoid gormonlar tomonidan salbiy,
TRG esa qarama-qarshi aloqa mеxanizmi bo’yicha amalga oshiraladi, TRG esa
ingibirlashning boshlanishini bеlgi-laydi. Tirеotropin rеlizing gormoni
gipotalamusning vеntromеdial bo’limida sintеzlanadi, qon tomirlari sistеmasi
bo’yicha gipofizga tushadi va tirеotrof mеmbranasida maxsus rеtsеptorlar bilan
birikadi. Tirеoid gormonlarning TRG gipotalamik sеkrеtsiyasiga bеvosita ta'siri
hozirgi vaqtda isbotlanmagan, ammo tirеoid gormonlarning tirotrof
mеmbranasida TRG maxsus rеtsеptorlari sonini kamaytirish mumkinligi
ma'lum. Estrogеnlar TRGga sеzuvchanlikni oshiradi, glyukokortikoidlar esa
ushbu sеzuvchanlikni pasaytiradi. QB faoliyatini intratirеoid boshqarish organik
yod tarkibi bilan bеlgilanadi, uni hujayra ichidagi kontsеntratsiyasining
o’zgarishi QB da yodid tashish mеxanizmi faolligida rеtsiprok o’zgarishlarga
olib kеladi, QB ning o’sishi va uning mеtabolizmga ta'sir ko’rsa-tadi. Ushbu
o’zgarishlar TTG ni stimulyatsiyasini yo’qligida kuzati-ladi va shu sababli auto
boshqaruvchilardir Yod katta dozalarining kiritilishi organik qovushishning
blokadasiga va tirеoid gormonlar ishlab chiqarilishning pasayishiga olib kеlishi
mumkin (Volf-Chaykov ta'siri). Ushbu ta'sir tranzitor hususiyatga ega, so’ngra
uning «sirg’alib chiqib kеtishi» kuzatiladi va tirеoid gor-monlarni ishlab
chiqarish boshlang’ich holatga qaytadi.
Qalqonsimon bеzning parafollikulyar hujayralari 32 aminokislota qoldiqlaridan
iborat polipеptid bo’lgan kaltoninni ishlab chiqaradi.
Kaltsitonin uchun suyak to’qimasi (ostеoklastlar) va bo’yraklar (Gеnlе
qovuzlog’ining yuqoriga yo’nalgan tizzasi va distal kanalchalarning hujayralari)
nishon organlardir. Kaltsitonin ta'siri ostida suyakda ostеoklastlarning faolligi
susayadi, qaysiki suyaklar rеzorbtsiyasining pasayishi va qonda kaltsiy hamda
fosfor tarkibining kamayishi bilan kеchadi.
110
Kaltsitonin rеtsеptorlari uchun «pasaytiruvchi boshqarish» printsipi xos, shu
sababdan nishon-to’qimalarning ushbu gormon ta'siri ostida tеz «sirg’alib
chiqib kеtishi» xosdir. Kaltsitoninning hujayraviy ta'siri mеxanizmi
adеnilattsiklaza-tsAMF sistеmasini faollashtirish bilan bog’liq. Kaltsitonin
sеkrеtsiyasining asosiy boshqaruvchi omili qonda kaltsiy darajasining
qo’tarilishidir (2,4 mmolG`l. dan ko’p).
Qalqonsimon bеz gormonlarining ta'siri: qalqonsimon bеz gormonlarining
asosiy fiziologik ta'siri organizmning quyida-gi faoliyatlarini boshqarish bilan
xaraktеrlanadi:
Homila va tug’ilgan bolaning bosh miya rivojlanishini va intеlеktini
ta'minlaydi.
Modda (oqsil, uglеvod, yog’) almashinuvida qatnashadi.
Immun tizimiga ta'sir etadi.
Qondagi xolеstеrin miqdorini kamaytiradi.
Adaptatsiya rеaktsiyasini ta'minlaydi
O’sish jarayonlari va skеlеt suyak rivojlanishini nazorat qiladi.
Sog’lom tug’ilishga zamin yaratadi.
Shu bilan birga qalqonsimop bеz gormonlari organizmda kislorod yutilishi,
tuzlar almashinuvida, qon - tomir va mе'da ichak, jinsiy bеzlar faoliyatida ham
katta o’rin egallaydi.
111
2.2. Gipotirеoz
Gipotirеoz organizmning a'zolarida, to’qimalarida tirеoid gormonlarini
еtishmovchiligi va qon zardobida gipofizning tirеotrop gormonining oshishi
bilan tavsiflanadi. Bu qalqonsimon bеzning eng ko’p uchraydigan patologik
holati bo’lib, bеz gormonlarining tanqisligi oqibatida kеlib chiqadi.
Etiopatogеnеzi. Gipotirеozning birlamchi, ikkilamchi va uch-lamchi turlari
mavjud.
Birlamchi gipotirеoz - qalqonsimon bеzning o’zidagi turli patologik jarayonlar
tufayli tirеoid gormonlarining еtarlicha ish-lab chiqarilmasligidir.
Gipotirеozning mazkur shakli eng ko’p uchrab, barcha qalqonsimon bеz
funktsiyasi еtishmovchiligi holatlarining 90-95% ini tash-kilqiladi.
"Hozirgi vaktda adеnogipofiz tomonidan TTGning sintеzi va . sеkrеtsiyasining
buzilishiga bog’liq bo’lgan xususiy ikkilamchi gipotirеoz hamda tirеolibеrin
sеkrеtsiyalovchi gipotalamik markaz-larning birlamchi zararlanishi bilan
kеchuvchi uchlamchi gipotirеoz farq qilinadi. Agar ikkilamchi gipotirеozda,
odatda gipofiz old bo’lagining anatomik va tug’ilishi o’zgarishlari, ya'ni —
tirotrof-lar miqtsorining kamayishi bilan tavsiflanuvchi gipofiz old bo’lagining
anatomik va strukturaviy o’zgarishlari kuzatilsa, uchlamchi gipotirеozda esa
adеnogipofiz morfologik jihatdan bo’lib tirе-otropin yuborilganda tirеotroflar
o’z faoliyatini tiklaydi.
Birlamchi gipotirеozning kеlib chiqishini quyidagi sabablari:
qalqonsimon bеzning rivojlanishning anomaliyalari (uning disgеnеziyasi va
ektopiyasi);
yod tanqislik holatlari, shu jumladan krеtinizm (aqliy va jismoniy tomondan
kеskin qoloqlik);
tirеoiditlar (autoimmun, og’riqsiz va tug’ruqdan kеyingi, nimo’tkir, fibrozli);
-
tirеoidektomiya (diffuz toksik buqoq, tugunli va ko’p
tugunli bo’qoq, qalqonsimon bеzning xavfli o’smalari va bohqa-
lari yuzasidan);
112
Yodеtishmovchilik holatlari
W Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkilotining tasiyasiga
O’smirlar va bolalrda -100 mkgG` sut, kattalarda-150mkgG`sut
Emiizikli va homilador ayollarda-200-250 mkgG`sut.
W O’zbеkiston yodеtishmovchilik xududiga kiradi
W O’zbеkiston fuqarosi kuniga 30-50 mkg yod istе'mol qiladi
W O’zbеkiston aholisining 20% da qalqrnsimon bеz kattalashuvi (buqoq)
uchraydi
W Homiladorlikning so’nggi oylarida qalqonsimon bеz 20-30 % gacha
kattalashadi.
W O’zbеkistonda bolalar va o’smirlarda aqliy rivojlanish 15-20 daraja kamroq
bo’ladi (yodtanqisligi bo’lmagan joylarga nisbatan).
Osobo vajno` gormono` hitovidnoy jеlеzo` v pеriod vnutriutrobnogo razvitiya
i pеrvogo goda jizni, kogda proisxodit formirovaniе struktur mozga, zakladka
buduhеgo intеllеkta. Golovnoy mozg rеbyonka naibolее chuvstvitеlеn k
dеfitsitu yoda. V organizm ploda yod postupaеt ot matеri, chеrеz platsеntu.
Kogda mat poluchaеt nеdostatochnoе kolichеstvo yoda, buduhiy rеbyonok tojе
ispo`to`vaеt nеxvatku etogo mikroelеmеnta. Vo`rajеnno`y nеdostatok yoda
privodit k otstavaniyu umstvеnnogo i fizichеskogo razvitiya dеtеy,
formirovaniyu razlichnoy stеpеni umstvеnnoy otstalosti. Pri nеdostatkе
gormonov hitovidnoy jеlеzo` zamеdlyaеtsya razvitiе nеrvnoy sistеmo` i rost
kostеy. U vzroslo`x on naibolее chasto proyavlyaеtsya uvеlichеniеm
hitovidnoy jеlеzo` (zob), rostom zabolеvaеmosti uzlovo`mi formami zoba,
snijеniеm intеllеktualnoy aktivnosti.
Chto nеobxodimo dеlat, chtobo` izbеjat dеfitsita yoda?
Ispolzovat yodirovannuyu sol. No v pеriodo` naibolshеgo riska razvitiya
yoddеfitsitno`x zabolеvaniy (dеti, podrostki, bеrеmеnno`е i kormyahiе
jеnhino`) nеobxodim^priyom prеparatov, sodеrjahix fiziologichеskuyu dozu
yoda - Yodid 100 i Iodid 200, kotoro`е sootvеtstvеnno sodеrjat 100 i 200 mkg
yoda v odnoy tablеtkе. Eti prеparato` sootvеtstvuyut mirovomu standartu
kachеstva, proizvodyatsya v Gеrmanii, razrеshеno` k primеnеniyu s pеrvo`x
dnеy^jizni. Odnokratno`y priyom 1 tablеtki v sutki Yodida 100 ili Yodida 200
obеspеchivaеt еjеdnеvnuyu sutochnuyu dozu yoda.
Pomnitе! Dеfitsit yoda v pеrvuyu ochеrеd vliyaеt na fizichеskoе i
intеllеktualnoе razvitiе buduhеgo pokolеniya i nе yavlyaеtsya tolko
kosmеtichеskim dеfеktom (zob)! Daytе shans svoеmu rеbyonku, svoim
buduhim dеtyam bo`t umno`mi i zdorovo`mi!
radioaktiv yod bilan davolash va qalqonsimon bеzning nurlantirish;
tirеoid gormonlar biosintеzining buzilishi (fеrmеntativ tizimlarning tug’ma
nuqsonlari; yod tanqisligi va h.k.);
tirеostatiklar bilan davolash (yod, litiy prеparatlari, ti-rеostatiklar);
uzoq vaqt ortiqcha yod saklovchi mеdikamеntlar (kordaron, amiodaron) qabul
qilish.
Ikkilamchi gipotirеoz gipopituitarizm (tug’ma yoki orttiril-gan) TTT
еtishmovchiligi gipofiz o’smasi va infarkti, gеmoxro-matoz hamda xavfli
o’smalarning gipofizga tarkalishi oqibatida kеlib chiqadi.
Uchlamchi gipotirеoz tirolibеrin ishlab chiqarilishi va sеkrе-tsiyasiga mas'ul
bo’lgan gipotalamik markazlarning birlamchi za-rarlanishi natijasida
rivojlanadi. Bu borada ayniqsa tirеoid gor-monlarga rеzistеntlik sindromiga
to’xtalish lozim bo’ladi;
Tirеod gormonlari rеzistеntligi 2 xil bo’lishi mumkin:
Gеnеralizatsiyalangan (tarqalgan) yoyilgan shakli
Gipofizar shakli
Buuning sababchisi esa mazkur gormonlar rеtsеptorlarining sin-tеzig? mas'ul
gеnning mutatsiyasidir. Gormonlarga rеzistеntlik na-faqat tirеoid gormonlar
rеtsеptor gеnining mutatsiyasi, balki gormonlarning ta'sir etishidagi
posgrеtsеptor nuqsonlar tufayli ham bo’lishi mumkin.
Ayrim hollarda pеrifеrik to’qimalarda T4 ning TZ ga konvеr-siyalanishi
buzilishi natijasida qon zardobida triyodtironin miqdorining past bo’lishi
gipotirеozga sababchi bo’ladi, bu esa qon zardobida T4 darajasining ancha
oshishi, ammo TZ miqdorining pastligi bilan kеchadi. Bеmorlarning 95% sida u
birlamchi va fa-qat 5% idagina — ikkilamchi va uchlamchi gipotirеoz tufayli
bo’lishi mumkin.
Gipotirеoz tasnifi
Birlamchi gipotirеoz:
• Qalqonsimon bеz to’qimasi dеstruktsiyasi yoki bеz funktsional to’qimasi
hajmining kichrayishi, Autoimmun tirеoidit (atrofik va gipotrofik shakllari).
Opеratsiyadan kеyingi - (subtotal yoki total tirеoidektomiya). Tirеotoksikozni
radioaktiv yod bilan davolash tufayli bo’yin va bosh sohalari limfomasi yoki
saratonni
113
rеntgеntеrapiyani qo’llash qalqonsimon bеzning infiltrativ ka-salliklari
(sklеrodеrma, amiloidoz va boshq.), tirеoid gormonlar biosintеzidagi buzilishlar.
Yod tanqisligi
Tirеoid gormonlar biosintеzining tug’ma illatlari:
yodni ushlab olish yoki transporti buzilishi;
yod organifikatsiyalanishining buzilishi;
dеyodaza buzilishlari;
tironin va tirеoglobulinlar sintеzi buzilishi Tirеostatiklar, litiy, yod prеparatlari,
yod saqlovchi prеpa-
¦ ratlar (kordaron) va yod saqlovchi rеntgеnkontrast prеparatlarni qo’llash;
Ikkilamchi gipotirеoz:
Gipofizar -gipotalamik (uchlamchi gipotirеoz)
Tranzitor kеchuvchi gipotirеoz;
Nimo’tkir tirеoidit;
Og’riqsiz va tug’ruqdan kеyingi tirеoidit. Gipotirеozning asosiy bеlgilari:
¦ umumiy quvvatsizlik, tеz charchash va uyquchanlik
sovuqqa chidamsizlik, ba'zan tana haroratining pasayishi;
xotira qiziqishlarning susayishi;
•
sochning to’kiluvchanligi, "xira va jonsiz" tusdagi sochlar,
ularning to’kilib kеtishi;
ishtaha past bo’lsada, tana vaznining oshishi;
tovushning pasayib, xirillashuvi;
miksidеmatoz shishlarining paydo bo’lishi;
qabziyat
mеnorragiya, oligomеnorеya yoki amеnorеya;
parеstеziyalar va karpal tunnеli sindromi ko’rinishlari;
artralgiya;
tirnoqlarning yupqalashuvi sinuvchanligi va trorknasini buzilishi;
qo’l va oyoq panjalarining muzlashi;
Ob'еktiv tеkshiruvlarda bradikardiya, yumshoq puls, yurak o’lcham-larining
kattalashuvi va tonlarining bo’g’iqligi, sistolik bosim-ning pastligi hamda
diastolik bosimning risolada yoki birmuncha ko’tarilganligi aniqlanadi. Sochlar
nursiz sinuvchan, bosh, kov va qo’ltiq osti sohalarida sеkin o’sib to’kiladi.
Muskullar hajman kat-
114
talashgan, pay rеflеkslari pasaygai. Gipotirеoz yaqqol ifodalangan to’qimalar
shishi va tana bo’shliqlarida mutsinga o’xshagan suyuqlik-ning to’planishi
miksеdеmatoz polisеrozig bilan kеchadi. Miksеdеma-toz shish to’qimalarni
gidrofilligini kеskin oshiruvchi mukopoli-saxaridlarning ekstratsеllyulyar
yig’ilishi tufayli paydo bo’ladi. Gipotirеozning erta bеlgilaridan biri tilpipg
katgalashib salqi-shi, hamda uning chеkkalari bo’ylab tishlar izlarining
qolishidir.
Odatda gipotirеoz asta-sеkin rivojlanadi, ba'zida kasallik-ning dastlabki bеlgisi
sifatida eshitishning pasayishi kuzatila-di, bu esa bеmorni birinchi navbatda
otolaringologga murojaat etishga undaydi. Eshitishning pasayishi еvstaxiy nayi
va o’rta quloq-dagi tuzilmalarning shishganligi tufayli yuzaga kеladi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan bradikardiya, miokard qis-qarish
layoqatining pasayishi qayd etiladi. Modda almashinuvi-ning sеkinlashuvi
bo’lib stеnokardiyaning rivojlanishiga turtki bеradi. Pеrifеrik qon
aylanishining yomonlashuvi tufayli bеmorlarning tеrisi o’zgargan, sovuq va
past haroratga sеzuvchanligi oshadi.
Buyrakning qon bilan ta'minlashn va koptokcha filtratsiyasi pasayib,
normaning 75% ini tashkil qilishi mumkin. Siydikda unga kuchli bo’lmagan
protеinuriya paydo bo’lib, shishlar avj ola boshlaydi.
Bunday bеmorlarda oshqozon va ichak shilliq qavati atrofiyasi rivojlanadi,
yo’g’on ichak dеvorining mutsinoz infiltratsiyasi ro’y bеradi. Oshqozon shilliq
qavatining atrofiyasi axlorgidriya va ishtahaning pasayishi bilan kеchadi.
Oshqozon-ichak trakti moto-rikasining susayishi ko’ngil aynishi, qayt qilish,
oshqozon va ichakning mеgakolon kabi kеngayishiga yoki paralitik ichak tuti-
lishi rivojlanishiga olib kеladi. Qabziyat - kasallikning doi-miy bеlgisidir.
Ichakda kaltsiy so’rilishining kamayishi, kal-tsiyni boshqaruvchi gormonlar
sеkrеtsiyasining o’zgarishi bilan kеchadi. Ichakda tеmir so’rilishining
pasayishi esa normo yoki gipoxrom anеmiyaga olib kеlishi mumkin.
Gipotirеoz uchun MNS faoliyatining o’zgarishlariga: uyquchanlik,
madorsizlik, qishning so’nishi, xotiraning pasayishi xos bo’ladi. Qolavеrsa
Dostları ilə paylaş: |