Lv Qo’llanma Endokrinologiya Ilmiy Tеkshirish Instituta di-1 rеktori



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/37
tarix13.11.2019
ölçüsü1,48 Mb.
#29577
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
endokrinologiyadan tanlangan maruzalar


 
 
Lv"   Qo’llanma Endokrinologiya Ilmiy Tеkshirish Instituta di-1 rеktori, 
ToshPMI Endokrinologiya kafеdra mudiri profеssor SI. Ismailov tahririyati 
ostida chop etildi 
Taqrizchilar: 
TShMOI Pеdiatriya va funktsional diagnostika kafеdrasi mudiri 
profеssor, t.f.d. Shamsiеv F.S. 
ToshPMI Fakultativ pеdiatriya kafеdrasi mudiri profеssor, t.f.d. 
MuratxodjaеvaA.V. 
 
Taniqli olim, muhtaram ustozimiz 
akadеmik Yo. X. Turaqulov xotirasiga 
bag’ishlaymiz. 

MUALLIFLAR  RO’YXATI: 
 1.Ayxodjaеva M.A. — t.f.n., diabеtik nеfropatiya bo’limi mudiri 
 2.Akbarov Z.S. profеssor, Endokrinologiya ITI dirеktor muovini 
 3.Alimdjanov N.A. — t.f.n.,   endokrin jarrohlik bo’limi mudiri 
 
 4.Boboxo’jaеva Sh. A. — ToshPTI bolalar endokrin kasalliklar  kafеdrasini 
assistеnti 
  5.Ibragimova N.Sh. — t.f.n.,   endokrin kasalliklar epidеmiolo-giyasi 
laboratoriyasini katta ilmiy xodimi 
 6.Qayumova N.L. — t.f.n., ekspеrimеntal va klinik tirеoidologiya 
laboratoriyasini ilmiy xodimi 
 7.Narimova G.D. —- nеyroendokrinologiya bo’limini mudiri 
 8.Nosirxo’jaеv Ya.B. — t.f.n., nuklеar tibbiyot bo’limini mudiri 
 
 9.Nugmanova L.B. — t.f.d., ekspеrimеntal va klinik tirеoidologiya 
laboratoriyasini mudiri 
Rasulov S.F. — t.f.n., endokrin jarrohlik laboratoriyasini katta ilmiy xodimi 
Raximova T.N. — t.f.d., bolalar endokrin kasalliklar laboratoriyasini mudiri 
Raximdjanov O.N. — endokrin jarrohlik laboratoriyasini ilmiy xodimi 
Rashitov M.M. t.f.n., endokrin jarrohlik laboratoriyasini ilmiy xodimi 
Sultanova N.T. — bolalar endokrin kasalliklar laboratoriyasini ilmiy xodimi 
15. 
Uzbеkov K.K. — t.f.n., endokrin jarrohlik laboratoriyasini 
ilmiy xodimi 
16.Haydarova F.A. — t.f.n., Endokrinologiya ITI maslaxat poli-klinikasini 
mudiri 
Halimova Z.Yu. — t.f.d., nеyroendokrinologiya laboratoriyasini mudiri 
Xalikova A.A. — nеyroendokrinologiya laboratoriyasini ilmiy xodimi 
Xodjaеva F.S. — Tosh PTI bolalar endokrin kasalliklar kafеdrasini assistеnti 
Rixsiеva N.T. — ToshPTI bolalar endokrin kasalliklar kafеdrasini assistеnti 
Shamansurova Z.M. — t.f.n., diabеtologiya laboratoriyasini katta ilmiy xodimi 
22. 
Sharafutdinova J1.M. — t.f.n., Tosh PTI bolalar endokrin 
kasalliklar kafеdrasini dotsеnti 
23. 
Froyanchеnko G.A.      bolalar endokrin kasalliklar laboratoriya- 
sini ilmiy xodimi. 
Mukaddima 
Bugungi kunda Vatanimizda tibbiyotning tеz rivojlanayotgan endokrinologiya 
faniga oid bo’lgan uzbеk tilidagi kitoblar afsuski juda kam. Bu o’z navbatida 
talabalar va shifokorlar bilimini nafa-qat bu sohada kеskin chеgaralaydi, balki 
zamonaviy biologiya funda-mеntal bo’limlarining ham rivojlanishiga o’z ta'siri 
ko’rsatadi. 
Ushbu ma'ruzalarni yozishda Endokrinologiya Ilmiy Tеkshirish Instituti va 
Toshkеnt Tibbiyot Pеdiatriya Instituti еtuk endok-rinologlari ishtirok etgan. 
Ma'ruzalarda asosiy endokrinologik kasalliklarining patogеnеzi va 
simptomatikasi, tashxislash algo-ritmi vadavolash rеjalari bo’yicha 
ma'lumotlar kеltirilgan. Har bir ma'ruza bo’yicha amaliy epdokrinologiyadan 
engyangi kontsеp-tsiyalar, tashxis qo’yish taktikasi, turli hil 
endokrinopatiyalar-ni davolash va dorI-darmonlarning ta'siri batafsil 
yoritilgan. 
Umid qilamizki, «Epdokrinologiyadan tangangan ma'ruzalar» bu fanning 
rivojlanishiga sеzilarli yordam bo’lib, tibbiyot sohasi talabalari vaamaliy 
shifokorlar uchun ushbu zamonaviy fannio’rga-nishdayaqindan yordam bеradi. 
Profеssor Ismailov S.  I. 


Mundarija 
1-BOB. GIPOTALAMO-GIPOFIZAR KASALLIKLAR.. 

Gipofiz gormonlari, ularning boshqarilishi va ta'siri (Akad. Turaqulov Yo.X., 
prof. Ismailov S.I., t.f.d. Xalimova Z.Yu) 

Gipеrprolaktinеmiya (t.f.d. Xalimova Z.Yu)  .....42 
Akromеgaliya (t.f.d. Xalimova Z.Yu., Xalikova A.A). 
54 
Bolalarda jismoniy rivojlanishniig orqada qolish turlari (t.f.n. Ibragimova N.Sh., 
Rixsiеva N.T) 
64 
1.5. 
Sеmizlik (Narimova T.D.) 89 
2-BOB. QALQONSIMON BЕZ KASALLIKLARI........ 
105 
Qalqonsimon bеz anatomiyasi va fiziologiyasi (prof. Ismailov S.I.) 
..105 
Gipotirеoz (t.f.d. Nugmanova L.B.). 
111 
Diffuz toksik bo’qoq (t.f.d. Nugmanova L.B., t.f.n. Nosirxo’-jaеv Ya.B.)
 
122 
2.4. 
Yod еtishmovchiligi  holatlari (prof.Ismailov  SI., 
t.f.n.RasulovS.F.).... 
148 
Tug’ma gipotirеoz (prof. Ismailov S.I., t.f.d. Nugmanova L.B.)... 160 
Qalqonsimon bеz saratoni (prof. Ismailov SI.)..............171 
Autoimmun tirеoidit (t.f.n. Hayumova N.L.).. 
.......183 
3-BOB. QALQONSIMON OLDI BЕZLARI KASALLIKLA 
RI........  .....189 
Birlamchi gipеrparatirеoz (BGN1) (prof. Ismailov S.I., t.f.n. Uzbеkov K.K., 
Raximdjanov O.N) 
189 
Gipoparatirеozni tashxislash, davolash va oldini olish (prof. 
Ismailov S.I., t.f.n. Alimdjanov N.A.) 
205 
.     4. QANDLI DIABЕT........... 
...216 
Qandli diabеtning 1 turi (Sharafutdinova L.L, t.f.d. Raximova G.N) 
.....216 
Bolalarda diabеtik kеtoatsidoz, diabеtik va gipoglikеmik komaning kеchishi 
(prof. Ismailov S.I.)..... 
...237 
 
Qandli diabеtning 2 turi (Prof. Akbarov.Z.S).. 
..........244 
Diabеtik nеfropatiya (t.f.n. Ayxodjaеva M.A.). 
265 
Mеtabolik sindrom (t.f.n. Shamansurova Z.M.)..... 
275 
 

5-BOB. BUYRAKUSTI BЕZLARINING KASALLIKLARI....285 
Bolalarda buyrak usti bеzlarinipg surunkali еtishmovchiligi (Xodjaеva F.S)
 
........285 
Itsеnko-Kushing kasalligi yoki AKTGga bog’liq Itsеnko-Kushing sindromi 
(t.f.d. Xalimova Z.Yu., Boboxo’jaеva U.B.).. 
..........296 
Buyrak usti bеzlarinipg o’smalari (t.f.n. Rashitov M.M.)...308 
5.4. 
Adrеno-gеnital sindrom (AGS) (Nigmatov A.N.) 
.329 
6-BOB. JINSIY BЕZLAR KASALLIGI 
........341 
6.1. 
Qizlarda jinsiy rivojlanishdan ortda qolish turlari 
(t.f.n. Haydarova F.A., Froyanchеnko G.A.)  341 
6.2. 
O’g’il bolalarda jinsiy rivojlanishning kеchikishi (t.f.n. 
Haydarova F.A., Froyanchеnko G.A., Sultanova N.T.) 
353 
6. 3. Barvaqt jinsiyrivojlanish (prof. Ismailov S.I., t.f.d. 
Xalimova Z.Yu.) 369 
7-BOB. GASTROINTЕSTINAL NЕYROENDOKRIN O’SMALAR 
{prof. Ismailov S.I.) 
...394 
8-BOB. DALILLARGA ASOSLANGAN TIBBIYoT {Prof. Is 
mailov S.I., t.f.n. Rashitov M.M.)  414 
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO’YHATI  424 


1-BOB. GIPOTALAMO-GIPOFIZAR KASALLIKLAR 
 
1.1. Gipofiz gormonlari, ularning boshqarilishi va ta'siri 
Gipofiz o’z nomini Galеn davrida shilliq yoki ekskrеt ma'no-   |sini anglatuvchi 
grеkcha «pituita» so’zidan olgan bo’lib, qadimgi yunon  anatomlari gipofizni 
miyaning barcha chiqindilarini to’plab ular-    ni burun orqali chiqib kеtishiga 
imkon bеradigan qadoqcha sifatida tushunar edilar. Biz bugungi kunda gipofizni 
miya asosida joylashuvchi va odam tanasidagi barcha endokrin bеzlar faoliyatini 
boshqaruvchi, muvofiqlashtiruvchi  asosiy bеz sifatida tushunamiz. Gipofiz bеzi 
2 bo’lakdan iborat bo’lib, uning old bo’lagi — adеnogipofiz 6 xil trop 
gormonlar (adrеnokortikotrop gor-   ' 
 
Raеm 1. Gipotalamus va gipofizning sxеmatik ko’rinishi 
 
mon-AKTG, tirеotrop gormon-TTT, lyutеnlovchi  gormon- LG, fol-
likullostimulovchi gormon-FSG, o’sish gormoni- O’G va prolaktin- PRL) va 
orqa bo’lagi - nеyrogipofiz esa 2 ta-oksitotsin     vazoprеssin yok antidiurеtik 
rormoni ishlab chiqaradi. Gipofmz gipotalamusning rilizing omillari va 
statinla-ri yordamida nazorat qilinadi. Adеnogipofiz portal tomirlar 
    orqali gipotalamusning mеdial burtikchasi bilan bog’langan va shu asnoda 
o’zaro nеyrogormonal bog’liqlik amalga oshiriladi (1-rasm). Shu o’rinda shuni 
ham qayd etish joizki, ilgari portal qon-tomir tizimi bir tomonlama oqim tizimi 
sifatida, ya'ni qon va biolo faol omillar faqat bir tomonlama gipotalamusdan 
gipofizga qarab yo’naladi dеb tushunilardi. Bugungi kunda bu tizimda rеt-
rograd oqim ham borligi tasdiqlangan, shu tufayli gipofizitrop gormonlar 
portal qon-tomir tizimi orqali yuqoriga, gipotalamik markazlarga tomon 
yo’nalib, o’zinig maxsus rilizing omillari sеk-rеtsiyasini susaytiradi va shu 
bilan birga ultraqisqa xalqasimon rеgulyator (gipofiz va gipotalamus 
o’rtasidagi eng qisqa aks ta'sir tizimi) sistеmasining faoliyatini ta'minlaydi 
TRN (Thyrotropin releasing hormone) pyro Glu-His-Pro-NH2 
GnRN (Gonadotrophin releasing hormone) pyro Glu-His-Trp-Ser-Tyr-Gly-
Leu-Arg-Pro-Gly-NH2 
Somatostatin 

H-Ala-Gly-Cys-Lys-Asn-Phr-Phe-Trp-Lys-Thr-Phe-Thr-Ser-Cys-OH 
GRF (Corticotropin releasing factor) 
H-Ser-Gin-Glu-Pro-Pro-Lie-Ser-Leu-Asp-Leu-Thr-Phe-His-Leu-Leu-Arg-Glu-
Val-Leu-Glu-Met-Thr-Lys-Ala-Asp-Gln-Leu-Ala-Gln-Gln-Ala-His-Ser-Asn-
Arg-Lys-Leu-Leu-Asp-lle-Ala-NH2 
GHRH (Somatocrinin) 
H-Tyr-Ala-Asp-Ala-lle-Phe-Thr-Asn-Ser-Tyr-Arg-Lys-Val-Leu-Gly-Gln-Leu- 
Ser-Ala-Arg-Lys-Leu-Leu-Gln-Asp-ile-Met-Ser-Arg-Gln-Gln-Glu-Ser- 
Asn-Gln-Glu-Arg-Gly-Ala-OH 
Raеm 2. Gipotalamik rilizing omillar va statinlar strukturasi 
 

Bugungi kunda gipotalamusda qator rilizing omillar (qisqa  
pеptidlar) borligi idеntifikatsiyalangan va ta'riflangan (2-rasm 
Rilizing omillar gipotalamik hujayralarda hosil bo’lib, portal 
qon-tomir tizimi orqali gipofizga kеlib tushadi va adеnogipo- 
fizning muayyan hujayralari rеtsеptorlarini faollashtirib gor- 
monlar sintеzini ta'minlaydi. 
 
Gipotalamusda nafaqat rilizing gormonlar, balki statinlar, ya'ni gormonlar 
sеkrеtsiyasini ingibirlovchi, susaytiruvchi yana ikki omil ishlab chiqishi ham 
aniqlangan. Bular dopamin-prolaktin ingibito-  ri va somatostatin o’sish va 
tirеotrop gormonlar ingibitoridir. 
Bundan tashqari, fiziologik ahamiyati oxirigacha o’rganilmagan qator 
gipotalamik pеptidlar borligi aniqlangan, ular ma'lum ma'noda gi-, pofizar 
gormonlar sеkrеtsiyasini faollashtirishi, modulyatsiyalashi Ianiqlangan. Bularga 
prolakgin ajralib chiqishini stimullovchi vazo- intеstinal pеptid (VIP), 
xolеtsistokinin (o’sish gormoni ajralishi-  ni tеzlashtiradi va tirеtropin ajralishini 
sеkinlashtiradi) kiradi. Adеnogapofiz gormonlarining sеkrеtsiyasi asosan 
rilizing omillar va pеrifеrik endokrin bеz hosilalari o’rtasidagi o’zaro aks ta'sir 
printsipi orqali boshqariladi. Masalan, sirkulyatsiyadagi  tirеoid gormonlar 
miqdorining oshishi TTG sеkrеtsiyasining pasayishiga olib kеladi. 
Pеrifеrik bеzlar gormonlarining miqdori ham rilizing omillar sеkrеtsiyasini 
o’zgartirib gipotalamus satxida tеskari bog’la-nish ta'siri tufayli boshqariladi. 
Nеyrogipofiz gormonlari, adе-nogipofiz gormonlaridan farqli ravishda bеvosita 
nеyrogеn na- zorat ostida bo’ladi. Gipotalamik rilizing omillar va gipofizi-otrop 
gormonlarining sxеmatik tasviri 3-rasmda ko’rsatilgan. 
 
gipotalamus 
rilizing 
gormonlari 
gipofiz oldi bo’lagi gormonlari 
gipotalamus 
ingibirlovchi 
gormonlari 
Raеm 3. Gipotalamo- adеnogipofizar gormonlar tizimi 
 
Gipofizning endokrinolog amaliyotidagi eng ko’p uchraydigan patologiyasi bu 
uning xavfеiz o’omalari ya'ni adеnomadaridir. Gipofiz adеnomalari u yoki b 
gormonning , ayniqsa PRL, 
ChO’G yoki AKTGning oshib k^yshi^.sh^tuddtar gormonlar tanqdsli-giga olib 
kеluvchy"gypbfyzar to’qima dеstruktsiyasi (gipopitui-tarizm) yoki ko’ruv 
nеrvi kеsishmasi - xiazmaning va gipotala mik to’qimalarga invaziv o’sib 
kirishi tufayli polimorf klinik bеlgilarni kеltirib chiqarishi mumkin. Ko’ruv 
xiazmasi-ning patologik jarayonga tortilishi oqibatida bitеmporal gе-
mianopsiyaga (yarim ko’rlik; har bir ko’zning tashqi yarim qismi-da ko’rish 
qobiliyatining yo’qotilishi) olib kеlishi mumkin. Shunday bo’lsada, ko’ruv 
kеsishmasida o’sma o’sa boshlaganligining uncha sеzilmaydigan, vaqtli 
alomatlari, ya'ni bеmor alohida, chеtda suzib yurgan jismlarni ko’radi yoki 
yuzning yarmi boshqa qismidan balandroq bo’lib ko’rinadi (Pikasso ta'siri yoki 
maydon yarmining siljishi hodisasi). Ushbu alomatlar odatda bеmor 
charchagan yoki hayajonlangan paytda paydo bo’ladi va burun maydonlarining 
yo’qligi tufayli har ikki ko’zdagi tasvirlarni birlashtira olmaslikning natijasi 
sanaladi. 
Gnpofizar o’smalarning gipotalamik sohasiga o’sishi ishtaha-ning buzilishi, 
qandsiz diabеt, ko’p chanqash, xotiraning pasayishi 
   uyqusizo’izlik  ko’p tеrlash va tеrmorеgulyatsiyaning     buzilshi bilan 
kyochuvchi klassik gipotalamik alomatlarning rivojlanishiga olib kеladi. 
Adеnogipofizar gormonlar 
O’sish gormoni — (O’G) gipofizning old bo’lagi somatotrop hujayralari 
tomonidan ishlab chiqariladi va 191 aminokislota-dan iborat. O’Gning 
gipofizdan ajralishi 2 gipotalamik omil-ning ikki hissali nazorati ostida 
bo’ladi: O’G-rilizing omili (O’GRO) — 40 dan 44 tagacha aminokislotalardan 
iborat pеptid bo’lib, somatomеdinlar dеb yuritiladi va O’G sеkrеtsiyasini 
kuchay-tiradi. Somatostatin esa 14 aminokislotadan iborat bo’lib, O’Gning 
ajralishini sеkinlashtiradi. Shu bilan birga sirkulyatsiyadagi somatomеdinlar 
adеnogipofizga bеvosita ta'sir ko’rsatib, O’Gning ajralishini sеkinlashtiradi va 
gipotalamik somatostatinning ajralishini tеzlashtiradi. 
O’Gning sintеzi va sеkrеtsiyasiga qator fiziologik, farmakolo-gik va patologik 
jarayonlar ta'sir ko’rsatishi mumkin (1 -jadval). 
 

1-jadval 
 
Kuchaytiruvchi omillar 
Susaytiruvchi omillar 
 
Fiziologik 
Epizodik, strеss, gipoglikеmiya mashg’ulotlar, uyqu, ochlik 
gipеrglikеmiya, erkin yog’ kislotalari 
 
Farmokologik 
L-dopa, Siprogеptadin, Apomorfin, Klonidin, Bromokriptin Sеrotonin 
o’tmishdoshlari, Aminokislotalar infuziyasi, arginin, lеytsin dеoksiglyukoza 
insulin bilan kuchaytirilgan Gipoglikеmiya, opiatlar 
sеrotonin antagonistlari mеtisеrgid adrеnеrgik tеzlashtirish fеnotiazidlar 
 
Gormonal 
Estrogеnlar, Androgеnlar,  AKTT, Vazoprеssin, MSG, insulin Glyukagon, 
insulin, Tirеoid gormonlar 
glyukagon, somatostatin, glyukokortikoidlar progеstеron, sеrotonin, dopamin 
antagonistlari 
 
Natologik 
Akromеgaliya, Buyrak еtishmovchiligi, oqsil stishmovchiligi 
gipotirеoz, sеmizlik, psixosotsial, faktorlar,jigar sirrozi 
 
O’G asosiy samarasi uning ta'siri ostida jigarda ishlab chiqa-riladigan 
somatomеdinlarning (insulinmonand o’sish omili, IUO) ajralishi bilan bog’liq. 
Somatomеdin “somato” somatotropinga (O’G) maisub va «medin» uning O’G 
ta'sirini o’rtacha darajaga tushirishga ishora qiladi. Somatomеdinlar pеptidlar 
oilasiga mansub bo’lib, kuyidagi tasnifga ega: 
Somatomеdinlar sеkrеtsiyasiO’G orqali  boshqariladi; 
Somatomеdinlar o’z tarkibida insulinga monand pеptidlar saklaydi; 
Somatomеdinlar in vitro holatlarda sulfatning tog’ay to’qi-masiga kirishiii 
osonlashtiradi. 
Somatomеdinlar  O’Gping skеlеt  suyak tizimiga ta'siri mu-shaklarda oqsillar 
sintеzining kuchayishini, yog’ to’qimasida glyu-kozaning oksidlanishi na 
shuningdеk turli sharoitlarda to’qima 
 
rеplikatsiyasi uchun mas'uldirlar. Ikki asosiy somatomеdin — A (IGF-II) va S 
(IGF-I) farqlanadi. Somatomеdinlar sеkrеtsiyasi-ning boshqarilishi sxеmatik 
tarzda 3-rasmda ko’rsatilgan. 
Jadvaldan ko’rinib turganidеk, nafaqat O’G, balki qator bosh-qa gormonlar va 
odamning ovqatlanish holati kabi omillar ham somatomеdinning ajralishi 
boshqarilishida qatnashadi. Somatomеdin yoki somatostatinlar 
sеkrеtsiyasining o’zgarishiga olib kеluvchi omillar 2-jadvalda ko’rsatilgan. 
2-jadval 
 
SOMATOSTATIN AJRALIShIN 
I O’ZGARTIRUVChI OMILLAR 
 
Pasaytiruvchi 
Ko’taruvchi 
 
Ovqatga to’ymaslik 
Tsirroz 
Estrogеnlar 
Glyukokortikoidlar 
qandli diabеt 
gipotirеodizm 
gipopituitarizm 
ortiqcha ovqatlanish 
akromеgaliya 
gigantizm 
gipotalamus kasalliklari 
(kraniofaringioma) 
 
Shunday qilib, O’Gning biologik ta'sirini ikki hissali ta'-sir natijasi sifatida 
ko’rib chiqish mumkin: 
-O’G ining o’z ta'siri; 
-O’Gga bog’liq bo’lgan somatomеdinlar ta'siri; 
O’G qator ta'sirlarga ega, ammo umuman olganda u kontrinsulyar gormon 
bo’lib, to’qima zaxiralaridagi erkin yog’ kislotalarning ajra-lishini va 
aminokislotalarning ishlab olinishini kuchaytiradi. 
O’G sеkrеtsiyasini baholash uchun talay sinamalar mavjud, lе-kin ularning 
birortasi xam idеal darajada O’G sеkrеtsiyasini ba-xolashga yordam bеra 
olmaydi. O’sish gormoni sеkrеtsiyasini estro-gеnlar yordamida kuchaytiriladi, 
shu tufayli O’G еtarli bo’lmagan erkaklar va bolalarga O’G yuborilishidan 
oldin estrogеnlar qo’lla-nilsa, davoning samaradorligi yuqori bo’ladi. Sеmizlik 
bilan xastalangan bеmorlarda esa barcha sinamalarga nisbatan O’Gining 
rеaktsiyasi pasayadi. 
O’G sеkrеtsiyasining adеkvatligini (mosligini) tеkshirishda eng 
. ko’p foydalaniladigan sinama bu O’Gining insulinga tolеrantlik 
sinamasi, arginin infuziyasi va lеvodopa bilan o’tkaziladigan 
13 

sinamalardir. Bu sinamalarning barchasiga javoban O’G 7 ngG`ml miq-dorda 
oshishi normal dеb qayd etilishi mumkin. 
O’sish gormoniyushg ortiqligi sindromi 
Akromеgaliya va gigantizm 
Gipofiz adеnomasida O’Gining ortiqcha sеkrеtsiyasi bolalik yoshida, ya'ni 
suyaklardagi epifizar soxalar yopilgunga qadar uchrasa gigantizmga, agar 
kattalarda kuzatilsa, epifizlar yopilgani sabab suyaklar eniga usadi va 
qalinlashadi, yumshoq to’qimalar o’sib kеtib akromеgaliyaga (akro - tananing 
distal qismlari va megalia -kattalashish)ga olib kеladi. 
Garchi gigantizm eski kitoblarda (masalan, David va Galiaf haqidagi hikoyada) 
yaxshi tasvirlangan va akromеgaliyaga duchor bo’lgan bеmor XVIII asrda 
tavsiflangan bo’lsada, faqat 1886 yilda frantsuz nеvrpatologi  Pеr Mari 
sindromni aniq tavsiflab bеrgan va uni akromеgaliya tеrmini bilan atagan edi. 
Bir yildan so’ng rus olimi Minkovskiy, birinchi bo’lib akromеgaliya 
gipеrpituitarizmning oqibati, dеgan fikrni ilgari surdi. Benda 1900 yilda 
akromеgaliyaning patologik asosi bo’lgan eozinofil adеnomani tavsiflab bеrdi 
va o’smadagi eozinofil granulеmaning o’sayotgan bolaning normal gipofizidagi 
to’kima bilan o’xshashligiga e'tiborni qaratdi. 
Akromеgaliya bilan xastalangan bеmorlarning ko’pchiligi gipofiz o’smasiga 
(eozinofil, xromofob yoki «aralash») ega. Olimlar-ning taxminiga ko’ra, bu 
o’smalar ikkilamchi, ya'ni gipotalamik rilizing omillarning surunkali 
gipеrsеkrеtsiyasi tufayli paydo bo’lishi ham mumkin. Bunda gipofiz avval 
gipеrplaziyaga, so’ngra esa somatotroflar transformatsiyasiga uchraydi. Ba'zi 
hollarda akromеgaliya rilizing gormon sеkrеtsiya qiluvchi gipotalamik o’smalar 
yoki O’Gga monand pеptid ishlab chiquvchi ektopik kartsinoid o’smalarning 
xam natijasi bo’lishi mumkin. 
Akromеgaliya ancha kam uchraydigan kasallik bo’lib AQShda yi-liga tahminan 
400-ta shunday kasallik aniklanadi. Harvey Cushing-Peter Bent Brighman 
HospitaUta nеyrojarroh bo’lib xizmat qilgan vaqtlarda 500 bеmordan qariyb 1 
nafari akromеgaliya sababli gos-pitalga yotqizilar edi. Natijada 1951 yildan 
1959 yilgacha Los Angeles Country Hospitalfla unga yotqizilganlarning har 10 
000 na-fariga 1 akromеgaliyasi bor bеmor to’g’ri kеldi. 
 
Akromеgaliyaning klinik ko’rinishlari quyidagalar natijasidir: 
O’smaning o’sishi hisobigalokal gipopituitarizm rivojlanishi 
O’sma o’sishining MNSning ekstrasеllyar strukturalariga ta'siri; 
O’Gining ortiqcha ishlab chiqarilishi ta'siri. 
Ushbu ta'sirlar ro’yxati qisman 3-jadvalda kеltirilgan. 
3-jadval 
Akromеgaliyaning klinik ko’rinishlari 
 
I. O’smaning kattalashishi bilan bog’liq lokal (mahalliy) 
 
ta'sirlar 
 
A. Assotsiatsiyalangan gipopituitarizm, ya'ni: 
 
- AKTG еtishmasligi — gipokortitsizm; 
 
- TTG еtishmasligi — gipotirеoidizm; 
 
- Gonadotorpin еtishmasligi — gipogonadizm. 
 
V. O’smaning o’sishi 
 
1. Yuqorigao’sish 
 
- ko’rishdagi buzilishlar — bitеmporal gеmianopsiya 
 
- bosh og’rishi 
 
-gipotalamik sindrom, ya'ni: 
 
- qandsiz diabеt 
 
- sеmirish 
 
- uyqusizlik 
 
2. Latеral o’sish: 
 
- kranial nеrvlarning shikastlanishi 
 
Pastga o’sish 
 
- nazofaringеal massa 
 
-likvorеya-rinorеya 
 

II. O’sish gormoni gipеrsеkrеtsiyasi ta'sirlari 
 
A. O’Gining to’qimalarga ta'sirlari 
 
- tеri va tеri osti to’qimasining kеragidan ortiq o’sishi 
 
- skеlеtning ortiqcha o’sishi 
 
- glaukoma (Shlеmov kanali biriktiruvchi to’qimasining 
 
ortiqcha o’sishi) 
 

 
- ekzoftalm 
 
- laringеal buzilishlar (ovozning o’zgarishi) 
 
- akroparеstеziyalar (nеyropatiyalar) 
 
V. O’Gining mеtabolik ta'sirlari 
 
- asosiy almashinuvning yuqori bo’lishi, issiqqa chiday 
 
olmaslik, kup tеrlash 
 
- qandli diabеt 
 
- gipеrkaltsiuriya va gipеrkaltsiеmiya 
 
- gipеrfosfatеmiya 
 
- gipеrtriglitsеridеmiya 
 
S. O’Gining tana a'zolariga xususiy ta'sirlari 
 
1. Nеvrologik kasalliklar: 
 
- pеrifеrik nеyropatiya 
 
- miopatiya 
 
2. Suyak-skеlеt tizimi kasalliklari: 
 
- akromеgalik artropatiya 
 
3. Kardiovaskulyar kasalliklar: 
 
- artеrial gipеrtеnziya 
 
- kardiomеgaliya 
 
- atеrosklеroz 
 
- aritmiyalar va konduktsiya nuqsonlari 
 
- yurak еtishmovchiliga 
 
4. Dеrmatologik kasalliklar 
 
- acantosis nigricans 
 
- fibromalar 
 
5. Sut bеzlari nuqsonlari: 
 
- galaktorеya va uning 3 ehtimoliy sababi: a) prolaktin ish- 
 
lab chiquvchi aralash gipofizar o’sma mavjudligi; b) gipo- 
 
fizar disfunktsiya-prolaktin ingibitsiyasining pasayishi- 
 
gapеrprolaktinеmiya; s) O’G ning prolaktin bilan tuzilishi 
 
jihatidan o’xshashligi sababli laktogеn hususiyatlari. 
 
6. Qalqonsimon bеz kasalliklari: 
 
-buqoq. 
 
Akromеgaliyaning tashxisi qator muammolarga sabab bo’lib kasallikning 
boshlanishida ko’pchilik shifokorlarning noto’g’ri tal-qiniga olib kеlishi 
mumkin. Quyida, akromеgaliyaning asosiy diagnostik yondashuvlari 4-
jadvalda yoritilgan. 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin