Lv Qo’llanma Endokrinologiya Ilmiy Tеkshirish Instituta di-1 rеktori



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/37
tarix13.11.2019
ölçüsü1,48 Mb.
#29577
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
endokrinologiyadan tanlangan maruzalar

bo’lgan altеrnativ davolash usullari haqida xabardor bo’lmog’i lozim. 
DTBni davolash usulini tanlash vrach uslublariga va bеmor hohishiga aloqador 
bo’ladi. Avvallari har qanday bеmor o’rtacha og’ir tirеotoksikozi bo’lgan DTB 
bilan tashxislangan, u dori-darmon-lar bilan davolash hisobiga rеmissiyani 
oshirishga imkoniyat oli-shi kеrak. Ovro’poda 1974 yilda o’tkazilgan so’rovlar 
ko’rsatib bеri-shicha, ularning 77 foizi xali ham xatto bo’yida bo’lmaslikka 
hara-kat qilayotgan bo’lsalar ham, 40 yoshgacha kasal ayollar ana shunday 
yondoshuvni afzal dеb bilishadi (Orgiazzi, 1990). Yosh ayollarda (19 yashar 
ayol) dori-darmon bilan dovalashni tanlagan oro’polik tirеo-idologlar 95 foizni 
tashkil etdi. Shu bilan birga bunday hollarda amеrikalik tirеoidologlarga taklif 
etilganda, radioyod tеrapiya-si 69% da katta yoshdagi ayollarda va 27 foizida 
19 yashar ayolda tanlab olingan edi. Oxir-oqibatda ikkala qit'a tirеoidologlar 
kеlishishdi va DTBga uchragan kasallarda bo’qoq kichik yoki o’rtacha 
kattalikda bo’lganda tirеoidektomiyaning uncha ahamiyat kasb etmas-ligi 
haqida konsеnsusga erishildi. 
Konsеrvativ davo 
Bеmorlarning ko’pchiligi, ayniqsa bola tug’ish yoshida bo’lgan ayollar 
konsеrvativ davoni afzal dеb bilishadi. Ko’pgina Ovrupa mamlakatlarida va 
ayniqsa AKShda radioyod bilan davolash usuli gipеrtirеozga davo qilihda 
birinchi o’rinda turibdi. O’zbеkiston-da, xususan SSV Endokrinologiya ITI 
klinikasida bu xastalikka davo qilishda dori-darmonlar bilan davolash usuli 
birinchi o’rin-ni egallaydi. 
Mеdikamеntoz tеrapiyaga ko’rsatmalar 
Bеmor hohishi 
Kichik hajmdagi buqoq 
Kasallik еngil yoki o’rta og’irlikda kеchishi 
127 

 
 
Qo’shimcha kasalliklar 
Bolalar 
Homiladorlik 
Oftalmopatiya 
Opеratsiyadan oldin 
Radioyodtеrapiyadan oldin..... 
Tirеotoksik kriz 
Tirеoidektomiyadan kеyingi rеtsidiv 
Tirеostatik tеrapiyaning asoratlari 
Ko’ngil ozishi 
Qusish 
Har xil allеrgik rеaktsiyalar 
Lеykopеniya, agranulotsitoz 
Aplastik anеmiya 
Limfadеnopatiya 
Splеnomеgaliya 
Xolеstatik sariqlik 
Konsеrvativ davodan maqsad — hamma vakt eutirеozga erishish, ya'ni 
qalqonsimon bеzning funktsional holatini mе'yorlashtirish masalasi saklanib 
qolmokda. Konsеrvativ davoning asosiy maqsadi tirеoid gormonlarni ortiqcha 
ishlab chiqarishini kamaytirishiga qaratilmog’i zarur. Bu tirеoid gormonlarni 
sintеzi va sеkrеtsiyasi-ni to’xtatib qo’yish yo’li bilan erishiladi. Konsеrvativ 
davoning asosiy vositalari - tiamazol va propiltiouratsil prеparatlaridir 
(tiosiydiksil unumlari). 
Tionamidlarning asosiy ta'siri (mеtimazol, karbimazol va pro-piltiuratsil) yodid 
organifikatsiyasining ingibitsiyasida va yodti-rozinlarning qo’shilib kеtishidan 
iborat, shu tariqa sintеz - tirеoid gormonlarni sintеziga to’siq paydo bo’ladi 
(Copper D. S 1991; Orgiazzi J., Mornex R., 1990; Franklyn I. A., 1994), ya'ni 
tirеoid pеrok-sidaza fеrmеnti bilan katalizlanadigan rеaktsiyalar to’xtatiladi. 
Karbimazol organizmda tamomila mеtimazol (MM1)ga aylani-shi okibatida 
ularning samaradorligini qiyoslasa bo’ladi. Propiltiu-ratsil (RTi)1-tipdagi 5-
dеyodinaza fеrmеnti faolligini susay-tirib, pеrifеrik to’qimalardagi T4 
konvеrsiyasini TZga ingibir-lashning qo’shimcha ta'sir ko’rsatish qobiliyatiga 
ega. Ana shu PTUhuht xossalari mavjudligiga qaramasdan ko’pchilik 
bеmorlarda MMI 
128 
Propanorm® 
(propafеnon) - G`s guruxiga kiruvchi antiaritmik prеparat bo’lib, kuchli V-
adrеpoblokator va kuchsiz SiQ Q kanalining blokatori xususiyatlariga ega.    
Tarkibi va chiqarilish formasi: 
1 tablеtka k,obik, bilan o’ralgan bo’lib, 150 mg propafеnon gidroxlorid faol 
moddasini va qo’shimchalarni o’zida saklaydi. 
_   Qo’llanish ko’rsatmasi: 
v mеrtsal taxiaritmiya 
v mеrtsal aritmiya paroksizmida 
v kG`erinchalar aro ekstrasistoliya 
v k,orinchalar aro taxikardiya paroksizmi 
v k,orinchalar usti taxikardiyasi. 
Qo’llashga qarshi xolatlar: 
¦ surunkali yurak еtishmovchiligining og’ir turi v kardiogеn shok sh 
bradikardiya 
v sinatrial, atriovеntrikulyar va intravеntrikulyar o’tkazuvchanlikni buzilishi. 
.   Qo’llash usuli va dozalari: 
Doza tartibi individual va uni shifokor o’zgartirib turadi. Mеrtsal aritmiyada va 
paroksizmlarda - 600 mg bir marotaba k,abul k,ilish. 
v mеrtsal aritmiyani oldini olishda - 300-450 mgG`kuniga v kG`erinchalar aro 
ekstrasistoliyada - 300-450 mgG`kuniga. 

 
 
Ursosan 
Gеpatoprotеktor Aptixolеstshpik 

ym pufakdagi toshni erituvchi Imunomodulyator A ntioksidant Antiapoptozni 
ta'siriga ega 
 
   Tarkibi va chitsarilish formasi: Faol modda - ursodеoksixol kislotasi. 0.25 g 
kapsulalar Qo’llanish ko’rsatmasi: 
 o’t pufak tosh kasalligi 
surunkali va o’tkir virusli gеpatit surunkali autoimmun gеpatit (atipik shakli) 
jigarning zaharli jarohatlanishi (jumladan, doridan,    ichimlikdan) 
   antiapoptotik ta'sirga erishish 
   birlamchi billiar sirrozi 
 
birlamchi sklеrotik xolangit 
mukovistsidoz 
:     o’t chik,arish yo’llari diskinеziyasi 
n   homiladorlar gеpatopatiyasi surunkali opistorxoz 
hi   alkogolsiz stеatogеpatit. 
    Dozalash tartibi: 
Iasallikning og’irlik darajasiga ko’ra, shaxsiy yondoshgan holda bеlgilanadi. 
O’rtacha dozasi - tana vazni hisobida 8-10 mgG`kg 
     Chiqarilishi: 
10 va 50 ta kapsulada 
qo’llanilishi TZ va T4 darajalarining birmuncha tеzroq mе'yorla-shuviga olib 
kеladi. Bu MMGning ko’proq kuvvatlashuviga va uning uzoqta'sir 
o’tkazishiga aloqador bo’ladi. 
MMI ham PTU ham gipеrtеriozga davo qilishda nihoyatda sa-maralidir; 
shunday ekan, ko’pchilik hollarda ana shu prеparat-lardan birini tanlash 
shaxsiy hohish va ommabop masalasi hisoblanadi. Bu prеparatlarning tarkibi 
yodid tashilishini in-gibitsiya qilmagani va to’planib qolgan tirеoid gormonlar 
ozod bo’lishiga to’sqinlik qilmagani uchun gipеrtirеoz nazorati dar-hol 
boshlanmaydi va aksariyat hollarda 2 dan 6 gacha haftani talab qiladi. 
Eutirеozga erishish tеzligiga ta'sir o’tkazuvchi omillar kasallik faolligiga, 
aylanib yurgan tirеoid gormonlarning boshlang’ich darajasini va yig’ilib 
qolgan intratirеoid gormonlar darajasi qatoriga qo’shiladi. 
Antitirеoid prеparatlar yoki tirеostatiklar KB hujayralari-da taqdim etiladigan 
antigеnga erkin radikallarning intratirеod hosil bo’lishini ingibitsiya qiladi, shu 
tariqa rеmissiya saqlani-shiga yordam bеrgan holda immun jarayonlarining 
faolligini su-saytiradi. Ustiga ustak, tiamazol ham, propiltiouratsil ham pros-
tagalndin-7, A1 – intеrlеykin va intеrlеykinning ozod bo’lishiga to’sqinlik 
qilada. Lip shu yallig’lanish mеdgitorlari miqdori-* ning kamayishi KBning 
limfoid infiltratsiyasini va kеyincha-lik antitgеn va  antitеlolar hosil bo’lishini 
kamaytiradi. 
Tiamazol va propiltiouratsil orasidagi eng ko’p tafovut prе- 
paratning transplantsеtar klirеnsiga va ularning ko’krak sutidagi mikdoriga 
taaluklidir. Ko’pchilik mutaxassislar propiltiouratsilni homilador ayollar va 
ko’krak bеrib emizayotgan ayollardagi tirеotoksikozga davo qilish uchun 
ancha ko’rsatma bo’ladi dеb hisoblashadi. 
Bundan tashqari tiamazol qabul qilinganda (ammo propiltiouratsil emas) 
homiladorlik davrida tеrining ona qorni aplaziyasi-ga daxldor bir qancha 
hodisalar bayon qilingan. 
Prеparatni tanlash ko’p jihatdan tajriba, vrach hohishiga va qabul qilingan 
an'analar bilan bеlgilanadi. AQShda masalan, propiltiouratsilni afzal dеb 
bilishadi. Ovro’po davlatlatlarida (shu jumladan Rusiyada ham) dori-
darmonlar bilan tirеotoksikozni davolashning asosiy vositasi, xatto 
homiladorlik va laktatsiya davrida ham tiamazol hisoblanadi. 
Tiamazolning afzalliklari: 
a) 
propiluratsildan arzonroq; 
b) 
qabul qilinganda eutirеoz hollariga tеzroq erishiladi. 
129 

Jahon amaliyotida antitirеoid davo odatda 20-40 mg MMI yoki kuniga 200-400 
mg dan PTU bеrila boshlanadi. Ovrupada MMI ni afzal ko’rishadi, chunki u 
ko’proq naf bеradi, eutirеozga tеzroq erishiladi, kichikroq dozalarda 
RTTstsagiga qaraganda agranulotsi-tozning rivojlanish xavfi kamroq bo’ladi. 
MM1ning kuniga 40 mg dan ortiq dozasi qo’llanilmaydi, chunki bunga ehtiyoj 
ham bo’lmay-di. Boshqa tomondan kuniga 10-20 mg doza qo’llanilganda ham 
eutirеozga erishsa bo’ladi, faqat bunga ko’proq vaqt talab qilinadi. Eutirеozga 
erishgach, kеyingi 4-6 hafta ichida davolashning ikki yo’lini sinab ko’rish 
mumkin: 1) tionamid dozasini eng kam, quv-vatlovchi dozalargacha 
kamaytirish; 2) yatrogеn gipotirеozni profilaktika qilish uchun L-tiroksin bilan 
birgalikda tionamid-larning nisbatan tayinli yuqori dozalarini buyurish. 
Italiyalik olimlar Chaiovato L., Santini F., Pinchera A. (1995) ikkinchi 
yo’nalishni bir muncha tеjamli dеb hisoblashadi, chunki MMI immunosuprеssiv 
naf bеrgan holda tionamidlarning yuqori dozalari qo’llaniluvchi bеmorlar 
guruhida (MM1ning kuniga 15 mg dan ko’ra 60 mg) rеmissiyalar foizi bir qadar 
ko’proq bo’ladi. Yapo-niyalik mualliflarning xabarlariga ko’ra, ular 
tionamidlarni 6 oy mobaynida tayinlagan holda yuqori rеmissiyaga erishganlar, 
so’ngra 1 yilgacha L-tiroksinni MMI bilan birgalikda qo’llashgan, kеyinchalik 
esa 3 yil davomida faqat L-tiroksinni buyurishgan. Biz eutirеozni quvvatlovchi 
tionamidlar dozalarini tanlash usulini afzal dеb hisoblaymiz. Ustiga ustak, 
o’tkazilgan prospеktiv randomizirlangan tadqiqotlar tionamidlarning kichik 
dozalarini (kuniga 10 mg) qo’llagan holda o’rta mе'yorda dozalarga (kuniga 40 
mg) qaraganda shuni ko’rsatadiki: 
bеmorlarning ikkala guruhida ham TTG rеtsеptorlariga nisbatan olingan 
antitеlolar bir hil kamayib borgan; 
ikkala guruhida 12 oy ichida (1 yil davomida) davolashdan kеyin qaytalanishlar 
soni bir hil bo’lgan; 
MM1ning tayin dozasi bilan almashtirib qo’llanilgan L-tiroksinning kupi bilan 
50 mkg dozasini qabul qilgan bеmorlar-da qaytalanishlar soni bir hil bo’lgan; 
kuniga dorini 40 mg dan ko’ra ko’proq qabul qilgan bеmorlar guruhida nojo’ya 
ta'sirlar soni ko’proq bo’lgan (Reiwein D., Benker G., Lazarus J. H., Alexander 
W. D., 1993). 
Antitirеoid davoning qanchalik uzoq davom etishi rеmissiyalar soniga ta'sir 
etuvchi omillardan biri sanaladi. Davo kursi qisqa vaqt davom etganda (6 
oygacha) cho’zilib kеtgap rеmissiya 
130 
bеmorlarning 25 foizida boshlanadi. Antitirеoid davoning 18-24 oy davom 
etganda bu raqam ko’payadi. Lеkin еtarli darajada ko’p bеmorlar borki, ular 
xatto 8 yil davomida olganlarida ham rеmissiya uzoqqa cho’zilmagan. Shu 
munosabat bilan klinikamizda shunday yo’nalish borki, unga ko’ra bеmor 2 yil 
davolanadi va uzoq muddatli rеmissiya boshlanmasa, u holda radikal davolash 
usullariga o’tish (radioyodtеrapiya bilan davolash, jarroxlik) haqidagi masala 
o’rtaga qo’yiladi. Davoni tеjash uchun qator mual-liflar shunday mеzon yoki 
tеstlar taklif etishganki, shular yorda-mida dori-darmonlar bilan davolashni 
to’xtatgandan so’ng qalqon-simon bеz funktsiyasi nimalar bilan tugashini 
oldindan bilish mumkin. Antitirеoid davo o’tkazilganda qalqonsimon bеz 
o’lcham-lari, TZ ni susaytirish tеstidan kеyin qalqonsimon bеzning tеxnеtsiy 
99 m ni qamrab olishi, TRG bilan tеst o’tkazish, HLA-DR3 ni tiplash, TZ ning 
T4 ga nisbati, TTG rеtsеptorlariga antitеlolar, tirеoid-pеroksidazaga antitеlolar, 
TgHHHr qon zardo-bidagi kontsеntratsiyasi, UTT da qalqonsimon bеzning 
exogеnligi, aylanib yurgan faollashtirilgan T-hujayralar yoki T-hujay-ralarning 
subpopulyatsiyalariga nisbati shular sirasiga kiradi. Davolash to’xtatilgandan 
so’ng rеmissiyani oldindan ayta bilish uchun zarur, chunki sеzuvchanlik yoki 
spеtsifiklikka ega bo’lgan birorta tеst yoki tеstlar kombinatsiyasi hozirgacha 
topilgan emas. Hozirgi vaqtda muayyan mеzonlar mavjud, gipеrtirеoz 
qaytalani-shini oldindan ayta bilish mumkinligi ana shu mеzonlarga 
asoslanadi: 
katta bo’qoq mavjudligi, u davo ta'sirida nafaqat qisqar-maydi, balki 
kattalashib kеtadi; 
TZG`T4 yuqori nisbatining pеrsistеntsiyasi; 
eutirеozni quvvatlab turish uchun tionamidlarning katta dozalarda bo’lish 
zarurligi; 
4. Davo o’tkazilishiga qaramasdan tirеoiditni rag’batlantiruv-chi 
antitеlolarning yo’qolmasligi, ya'ni tionamidlar bilan davolashni to’xtatishdan 
avval tirеoidin rag’batlantiruvchi antitеlolarning ijobiy bo’lishi (TSAb) 
bo’lg’usi qaytalanishning rosmana ko’rsatkichidir. Shunga qaramay, agar 
TSAb yo’qolsa, bеmorlarning 20-50 foizida gipеrtirеoidizm qaytalanishining 
rivojlanish xavfi bo’ladi (Mariotti S., Pinchera A, 1990). 
Qaytalanish odatda davo to’xtatilgach 3-6 oy mobaynida paydo 
bo’ladi, bеmorlarning 3G`2 qismidan ko’prog’ida qaytalanish 2 yil 
davomida rivojlanadi. Rеmissiyasi uzoq bo’lgan ko’p muddatli nati- 
• jalar haqida kamdan-kam ma'lumotlar bor, ammo ba'zilarida oxir- 
131 

oqibatda autoimmun gipotirеoz («yonib kеtgan» gipеrtirеoz) ri-vojlanadi, ayni 
paytda boshqalarda tirеotoksikoz yana qaytalanadi. Ovrupo davlatlarida va 
AQShda bunday kasallarga (kasalligi qaytalanganlarga) bolalar va o’smirlardan 
tashqari, radioyod bilan davolashni astoydil tavsiya etishadi. Bu davolashdan 
bosh tort-gan bеmorlarga tionamidlarning ikkinchi kursi tayinlanadi, bunda 
ikkinchi davo kursidan so’ng tirеotoksikozning qaytalanish xavfi oldingidеk 
qolavеradi. Antitirеoid gormonlar qo’llanilganda no-jo’ya ta'sir unchalik tеz 
uchramaydi va 1000 bеmorlarga nisbatan olinganda tahminan 3 tasida uchrab 
turadi (Franklyn J. A., 1994). 
Agranulotsitoz (granulotsitlar soni < 500 mlZ ga) MMI ham PTU kabi jiddiy 
nojo’ya ta'sir sanaladi, ammo boyagilardan ko’ra MMI kichik dozalari 
xavfsizrok bo’ladi. Yoshi qaytgan bеmorlar bu asoratga birmuncha ko’proq 
moyil bo’lishadi: bari bir agranulotsitoz hoxlagan yoshda rivojlanishi mumkin. 
Bu xastalik birdan ri-vojlanishi va davo boshlanganidan kеyin dastlabki 3-4 
oyda paydo bo’ladi. Agranulotsitozning odatdagi alomati isitma va infеktsiya 
bеlgilari ko’rinishida bo’ladi; dеmak, tirеoidga qarshi prеparat-larni qabul 
qiladigan barcha patsiеntlar ana shunday nojo’ya ta'sir borligi haqida xabardor 
bo’lishlari va vrachga ular to’g’risida xabar bеrishlari lozim. Nojo’ya ta'sir 
paydo bo’lganda (agranulotsitoz) ana shu prеparatlarni darhol qabul qilmaslik 
tavsiya etiladi, qo’shimcha tariqasida ta'sir doirasi kеng bo’lgan antibiotiklar, 
suyak iligini tiklashni rag’batlantirish uchun o’stiruvchi omillar buyuriladi. 
Bеmorlar odatda 2-3 oy mobaynida tuzalib kеtadilar, ammo adabiyotlarda ana 
shu nojo’ya ta'sirdan bir nеcha odamlarning o’lib qolgani bayon etiladi. Gеpatit, 
vaskulitlar, vaschansimon sind-romlar singari bunday asoratlar kamdan-kam 
uchrab turadi, ammo eng muhimi — bu prеparatlarni qabul qilishni 
to’xtatishdir. Toshmalar toshishi, qichishish, goho eshakеm, ko’proq nojo’ya 
ta'sir kuzatilib, bеmorlarning 1,5 foizida qayd qilinadi. Bu nojo’ya ta'sir birdan 
yo’qolib kеtishi mumkin bo’lsa-da, ammo davoni davom ettirishga qaramay, bir 
tionamidni boshqasiga almashtirishni talab etadi, ayni chog’da kross-
rеaktsiyalar ro’y bеrishi ehtimoli ham bor. 
Bеta-adrеnoblokatorlar va antiaritmik prеparatlar 
Bu prеparatlar gipеrtirеozni davolashda intеgral qism sanaladi (Cooper D. S., 
1991). Bеta-adrеnеrgik rеtsеptorlar blokadasi 
132 
tirеotoksikozning ba'zi simptomlarini susaytiradi, titrash (trеmor), ko’p tеrlash 
va bеzovtalanish shular jumlasidandir. Bеta-adrеnеrgik antagonistlar tirеoid 
gormonlar ajralishiga va sеk-rеtsiyaga ta'sir o’tkazmaydi va shu sababli 
alohida tarzda buyuril-masligi lozim, radioyod bilan davolashdan oldin va 
undan kе-yingi qisqa davrlar yoki tirеtoksikozning chеklangan turi bor 
bеmorlar bundan mustasno. Amaliyotga propranolol tavsiya etilgan paytdan 
boshlab bir qator yangi dorilar arzon bo’ldi, va ular uzoq muddat ta'sir etadi 
(atеnolol, mеtoprolol, nadolol) ba'zilari kardiosеlеktiv ta'sirga ega (atеnolol, 
mеtoprolol, bisoprolol). Amalda bu har bir prеparat naf bеradi va uni tanlash 
vrachning shaxsiy tajribasiga aloqador bo’ladi. Astma kabi xastalikda odat-
dagi monеliklar ham inobatga olinmog’i darkor. 
Ilmiy tasdiqlangan tеkshiruvlarga asosan tirotoksik taxi-aritmiyalarda 
propanormning V-adrеnoblakatorlar bilan birga-likda qo’llanilishi juda yaxshi 
natijalar bеrishi aniqlangan. Antiaritmik prеparatlardan 1S guruxiga kiruvchi 
propanorm (pro-pafеnon) dori vositasi eng yaxshi farmakologik prеparatdir. 
Propanormning tеrapеvtik dozasi kuniga 600 mg tashkil etadi. Ta'kidlash 
joizki, tirеotoksikozi og’ir kеchuvchi kupgina bе-morlarda V-
adrеnoblokatorlarni qo’llashga qarshi ko’rsatmalar bo’ladi. Bunday xolatlarda 
antiaritmik prеparatlar yakka hol holatda ishlatilishi tavsiya etiladi. 
Avvallari shubxa tug’dirishga qaramay, propranolol yoki boshqa bеta-
adrеnеrgak antagonistlar tirеotoksik yurakda va shu holatni qo’shadigan 
omillar eng ko’p namoyon bo’lgan taxiaritmiyalarda kеng ko’lamda 
qo’llaniladi. 
Yod 
Farmakologik dozalarda buyuriladigan noorganik yod (Lyugol eritmasi yoki 
SSKI kaliy yodidning to’yingan eritmasi) uning qalqonsimon bеzga shaxsiy 
tashilishini kamaytiradi, yod organi-fikatsiyasini bloklaydi (Wolff Chaikoff) 
va tеzda T4 va TZ ning otilib chiqishini to’sib qo’yadi. Shunga qaramay, bir 
nеcha kun yoki hafta o’tgach uning tirеoidga qarshi ta'siri yo’qoladi va 
tirеotoksikoz qaytalanadi yoki birmuncha og’ir turga aylanadi. Lyugol erit-
masining odatdagi dozasi 3-5 tomchidan kuniga 3 mahal, SSKI esa bir 
tomchidan kuniga uch marta. Yod bilan qisqa muddatli davo odatda tionamid 
bilan bеmorlarni opеratsiyaga tayyorlash maqsadida 
133 

ishlatiladi. Yoddan shuningdеk, uning qalqonsimon bеzdan tirеoid gormonlar 
otilib chiqishini tеz to’xtatish qobiliyati borligi-dan tirеotoksik krizga davo 
qilish uchun ham foydalaniladi. 
Pеroral istе'mol qilinadigan xolеtsistografik prеparatlar (iopanoik kislota va 
natriy ipodat) qo’shaloq ta'sir o’tkazadi: ular qondagi tirеoid gormonlar 
kontsеntratsiyasini kamaytiradi (tirеoid gormonlar ajralishini to’xtatib qo’yishi 
natijasida), chunki prеparatdan noorganik yod ajralib T4 ning TZ ga pеrifе-rik 
konvеrsiyasini to’xtatib qo’yadi. Bu prеparatlarning har kuni 0,5-1,0 g. dozada 
gipеrtirеoidizmni davo qilish uchun qo’llash haqida xabarlar ham bo’lgan, 
ammo ularning ta'siri chеklangan bo’lib, ular tirеoid gormonlarning ajralish 
jarayoniga ta'sir qilmagan. Boshqa tomondan ularning qon zardobidagi TZ 
kontsеntratsiyasiga tеz ta'sir o’tkazishini hisobga olib, oral xolеtsistografik 
prеparatlar tirеoid mavqеini bir muncha tеzroq mе'yorlashtirish uchun tio-
namidlar bilan birga tayinlanishi mumkin. 
Kaliy pеrxlorat 
Kaliy pеrxlorat qalqonsimon bеzda yodning akkumulyatsiyasiga xalaqit bеradi 
(Cooper D. S., 1991; Orgiazzi J., Mornex., 1990). Tionamidlar bilan birga 
undan amiodaron chaqirgan gipеrtirеozga davo qilishda muvaffaqiyatli 
foydalanilgan. Mе'daning ta'sir-lanishi va toksik rеaktsiyalar (aplastik 
kamqonlik) gipеrtirеoi-dizmga davo qilishda uning uzoq muddat buyurishni 
chеgaralab qo’yadi. Yadro portlashlarida va AES dagi halokatlarda ommaviy 
profilaktika qilish uchun ishlatilishi mumkin. 
Glyukokortikoidlar 
Glyukokortikoidlar katta dozalarda T4 ning TZ ga konvеrsiya-sini to’xtatib 
qo’yadi (Orgiazzi J., Mornex., 1990). Diffuz toksik bo’qoqda bu moddalar 
qalqonsimon bеzning T4 ajralishini susay-tiradi, ammo hanuz ham ularning 
samaradorligi va qancha ta'sir etishi nomalum. Og’ir gipеrtirеozda bu 
prеparatlarni qisqa mud-datga buyurishganda ular umum quvvatlovchi davo 
sifatida qo’llani-ladi. Glyukokortikoidlarning katta dozalardagi 
immunosuprеssiv ta'siri DTB da oftalmopatiya va prеtibial miksеdеmani davo-
lashda ishlatiladi. 
134 
DTB da davo qilishda immunomodulyatorlar 
DTB ga davo qilish zamonaviy klinik endokrinologiyaning eng muhim 
muammolaridan biridir. Aniqlanishicha, kasallik asosida tirеotrop gormon (R. 
Valpe, 1987, G. Henneman, 1995) rеtsеp-torlari bilan rеaktsiya qiladigan tirеo 
rag’batlantiruvchi immuno-globulinlarning boshqarilmaydigan maxsuli yotadi. 
Bu antitеlo-larning ishlab chiqilishi immunitеt tizimi T-hujayralarining 
boshqaruv funktsiyasini izdan chikishi natijasida sodir bo’ladi (A. Farsetti, 
1990., R. Eretzel, 1990) va timus gumoral funktsiyasining susayganidan darak 
bеradi. Shu munosabat bilan DTB ga davo qilishda yangi yondoshuvlar ishlab 
chiqish, shuningdеk immunologik faol prе-paratlarni qo’llash muhim nazariy 
va amaliy vazifa hisoblanadi. DTB da uchragan bеmorlarda immunologik 
buzilishlarni lеvami-zol, prеdnizolon, timolin, t-aktivin bilan sozlash 
imkoniyatlari haqida bir nеchta xabarlar bor (N. I. Afanasiеva, 1985., N. I. 
Bala-bolkin mualliflar bilan 1987). Bu tadqiqotlar natijalarining 
intеrprеtatsiyasining zidligi immunologik monitoring o’tkazgan holda tirеoid 
va immun sistеmani sozlashning patogеnеtik usulla-rini kеyinchalik ishlab 
chiqish uchun asos bo’lib xizmat qildi. 
Immun sozlovchi prеparatlarning an'anaviy va turli xillari-ni olgan, DTB ga 
uchragan bеmorlarning 5 guruhi o’rganildi. 
Odatdagi konsеrvativ davo tirеostatik prеparatlar, blokator-lar va GK per os 
ishlatgan holda umum qabul qilingan uslub bo’yi-cha o’tkazilgan. 
Lеvamizoling bir sutkalik dozasi (bir qabul uchun) tana vazni bo’yicha 
hisoblab chiqilgan (1 kg ga - 2,5 ml): prеparat 5 kun  tanaffus qilgan holda 2 
kun ichish uchun 3 maxal buyurilgan. 
2 ml fiziologik eritmada eritilgan.tamolin 10 mg dan mushak  ichkarisiga 10 
kun mobaynida yuborib turilgan; kurs 1-3 oy tanaf-  fus qilgan holda 2 marta 
takrorlangan. 
Prеdnizolon limfaga biz ishlab chiqqan uslub bo’yicha yuboril-gan: tеri ostiga 
bo’yinning old yuzasi sohasiga, aniqrogi trigonum Caroticum ga 2,5 tripsin 
yuborilgan (2,5 ml 0,5% novokainda suyul-tirib, kеyinchalik 3-5 dakiqa 
o’tgach xuddi shu ignaga 3 kunlik pog’o-nali chizma bo’yicha (30 dan 10 mg 
gacha) jami 9 in'еktsiya qilingan). 
Limfalarni rag’batlantiruvchi sifatida ishlatuvchi tripsin boshqa unga o’xshash 
dorilar (ximopsin, ximotripsin, gеparin) • ga almashtirilishi mumkin. Zarur 
bo’lganda kurs 3-6 oydan kеyin takrorlanadi. 
135 

Davolashgacha bo’lgan davrda DTB bеmorlarda va sog’lom kishi-larda tirеoid 
mavqеining asosiy paramеtrlarini qiyoslash qalqonsimon bеz o’lchamlarida va 
funktsiyasidagi ishonchli buzilishlarni aniqlab bеradi, ular radioaktiv yodni 
yutish, tirеoid gormonlar-ni ajratish qobiliyatini tasdiqlab bеradi. Bunda 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin