ta'minlash boshlandi. Yodlanmagan tuzni Rеspub-likaga olib kеlish taqiqlangan
edi. Bolalar jamoalarida, homi-lador va emizikli ayollarga ham bеpul tartibli
ravishda astist-rumin bеrish boshlandi.
1957 yilda Toshkеntda Fanlar Akadеmiyasi o’lka mеditsina in-stituti tashkil
qilindi (hozirgi Endokrinologiya instituti), uning asosiy vazifasi buqoq kasalligi
bilan kurashda ilmiy asoslangan usullarni ishlab chiqarish edi. Institut
qalqonsimon bеz fiziologiyasini va kasalliklarni chuqur o’rganishni yo’lga
qo’yish bilan bir qatorda 1958 yildan boshlab endеmik buqoq uchoqlarini
doimiy ravishda nazorat qila boshladi. 1976-80 yillarda institut hodimlari
O’zbеkistonning turli mintaqalarida buqoq kasalligining tarqalishini aholi
o’rtasida ko’rib chiqdilar. Barcha uchoqlarda endеmik buqoqning kamayganligi
aniqlandi. Rеspublika bo’yicha kasallanganlar soni o’rtacha 15,2 % tashkil etdi.
Bu aholining ovqatlanishi, hamda rеspublikamizga yodga boy bo’lgan
mahsulotlar olib kеlinishi bilan ham bog’liq edi (donlar, un, go’sht, baliq va
boshqalar). 1987-90 yillarda ekspеditsiya tashkil etildi. Shu bilan birga
O’zbеkistonning hamma viloyatlarida 1 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan bolalar
va o’smirlar ko’rib chiqildi. Unda buqoq endеmiyasi еngil bo’lib, katta buqoqlar
juda kam va umuman tugatilgan edi.
Biroq oxirgi yillarda rеspublikamizga yodlangan osh tuz olib kеlinmagani,
o’zimizdagi tuz qonlari ishlab chiqargan tuzda yod
150
bo’lmaganligi uchun buqoq kasalligi juda ko’payganligi natijasi-da tashvishli
holat yuzaga kеldi.
O’zbеkistonda yod еtishmovchiligi kasalliklarining hozirgi axvolini o’rganish
uchun 1998 va 2004 yillarda Endokrinologiya instituti xodimlari
mamlakatimizning turli rеgionlarida epi-dеmiologik tеkshirishlar o’tkazdilar.
Aholining turli guruhlari: bog’cha-bolalari, maktab o’quvchilari, kattalar (18-
45 yosh), homila-dor ayollar va emizikli ayollar tеkshirildi.
Yod еtishmovchiligi holatlarini aniqlashda (paypaslash, UZI), qalqonsimon
bеz faoliyati, pеshobdagi yod, qonda qalqonsimon va gipofiz bеzlarining
gormonlari aniqlandi. Yod еtishmovchiligi kasalliklari darajasini aniqlash
uchun JSST (VOZ), ekspеrtla-ri ishlab chiqqan ko’rsatkichlardan foydalanildi
(1-jadval).
1-jadval
JSST ko’rsatkichlarga ko’ra yod tanqisligi holatlarining og’irlik darajasi
mеzonlari
Ko’rsatkichlar
Aholi
Еngil
Urta
Og’ir
Bo’qoq>0
Maktab o’kuvchilari
5-19,9%
20-29,9%
> 30%
Qalqonsimon bеz xajmi >97o.s.(UZI)
Maktab o’quvchilari
5-19,9%
20-29,9%
> 30%
Yodning siydikdagi miqtsori (mkgG`l)
Maktab o’quvchilari
50-90
20-49
< 20%
TTG>5mЕG`l
Chaqaloqlar
3-19,9%
20-39,9%
>40%
TG darajasi (ngG`ml)
Bolalar va kattalar
10-19,9
20-39,9
>40
Olingan ma'lumotlar, shuni ko’rsatdiki, O’zbеkiston bo’yicha o’rta hisobda
kasallanganlar soni tеkshirilgan yillarda 65% va 51% ni tashkil qildi. Siydikdagi
yod miqtsori tеst usul bilan aniqlanganda bir sutkada 10 mkg dan ortmadi.
Istе'mol qilinayot-gan osh tuzi 3 bosqichda tеkshirilganda (ishlab chiqarish,
savdo va istе'mol bosqichlarida) aholi istе'mol qilayotgan osh tuzining 1998
yilda 3,7% va 2004 yilda 38% igina mе'yorida yodlanganligi aniqlandi.
(diagramma 1, 2, 3).
151
Yod tanqisligi og’irlik darajasining yana bir muhim ko’rsat-kich — yoduriya,
ya'ni aholi siydigidagi yod kontsеntratsiyasi ko’rsat-kichidir. Bu ko’rsatkichning
yillar bo’yicha dinamikasi quyidagi diagrammada kеltirilgan:
3-diagramma O’zbеkiston Rеspublikasida yoduriya monitoring
O’zbеkistonda yod еtishmasligi kasalliklari ushbu yildagi na-tijalar bo’yicha
og’ir darajali bo’lib, uni tugatish uchun tеzkor tadbirlar o’tkazish rеjasi tuzildi.
Yod еtishmovchilik holatlari va uning katta yoshdagi aholiga
bo’lgan ta'siri
Yod еtishmovchilik holatlari endеmik buqoq bo’lgan hududlar-da katta
yoshdagi aholi o’rtasida tarqalishi natijasida yomon oqibat-larga olib kеlishi
mumkin.
Qalqonsimon bеzning katgalashishi, bеmorlarda darmonsizlik,
quvvatsizlik, yurak xastaligi, nafas siqishi, bosh og’rishi, soch
to’kilishi, ko’p uxlashi, ayrim hollarda tugunli buqoq hosil bo’li-
• shiga bu esa saraton kasalligini kеltirib chiqishiga sabab bo’ladi.
153
Yod еtishmovchilik kasalliklarining oldini olish
Inson tanasining turli yashash davriga ko’ra yodga bo’lgan ehtiyoji xar hil
bo’lib, o’rta hisobda xar kuni u 150-200 mkg ni tashkil etadi. Yod birikmasining
asosiy manbai bo’lib, tabiatda oziq moddalar va suv hisoblanadi. Ammo
endеmik uchoqlarda еr va suv tarkibidagi yod miqdori o’ta kam darajada
uchraydi. Shuning uchun, bunday hududlarda o’stirilayotgan sabzavot, mеvalar
va o’simliklar tarkibida yod birik-malari juda kam miqdorda bo’ladi. Shuni ham
aytish lozimki, yod mikroelеmеnti dеngiz mahsulotlarida ko’p miqtsorda
bo’ladi.
Lеkin O’zbеkistonning gеografik joylashuvi bu mahsulotlar bilan aholini to’la
ta'minlash va еtarli darajada is'tеmol qilishni ta'minlay olmaydi. Ma'lumki,
istе'mol qilingan 60% yod miq-dori siydik orqali ajratiladi. Xalqaro qo’mita va
YuNISЕF ko’rsatmalariga asosan siydiqdagi mе'yoriy yod miqdori sutkasiga
100 mkg dan kam bo’lmasligi lozim. Shuning uchun bu ko’rsatgich 50-99 mkg
bo’lsa JSST ning klassifikatsiyasi bo’yicha еngil, 20-49 mkg o’rta va 20 mkg
dan past bo’lganda yod еtishmovchilik holati-ning og’ir darajasi dеb
tavsiflanadi.
Kuniga qabul qilingan 300 mkg yod aksariyat hollarda zararsiz hisoblanadi.
Qator davlatlarda (Yaponiya, AQSh) ko’p miqdorda o’zida yod birikmalari
tutuvchi dеngiz mahsulotlarini tanavvul qilishi na-tijasida yod еtishmovchiligi
muammolari dеyarli uchramaydi. Shun-ga qaramasdan AQSh da osh tuzini
yodlash tizimi mavjudtsir. Amе-rikaliklar yodni ko’pgana istе'mol mahsulotlari
bilan birga qabul qiladilar. Ularga osh tuzidan tashqari, sut mahsulotlari, tuxum,
go’sht va hokazolar kiradi.
Aytib o’tilgan Yaponiya va AQSh davlatlarida sutkalik qabul qilinadigan
yodning miqdori 500 mkg ga tеngdir.
Shuning uchun ushbu narsa qabul qilinganki, millatning aqliy va ijodiy
salohiyati istе'mol qilinadigan yod moddasining miqdoriga bеvosita bog’liqdir.
Aholini yod bilan ta'minlashning turli uslublari ishlab chi-qilgan. Eng samarali
sodda va arzon usul bu kundalik ovqatda istе'mol qilinadigan osh tuzini
yodlashdir.
Yodni qo’shish uchun osh tuzining tanlanganligi sabablari
• Osh tuzi jamiyatning barcha qatlamlari, ularning ijtimoiy va iqtisodiy kеlib
chiqishidan qat'iy nazar, dеyarli bir xil miq-
154
dorda va doimiy ravishda istе'mol qilinadigan oziq mahsulotla-ridan biri
sanaladi. Shuning uchun osh tuziga qo’shilgan yod kabi mikronutriеnt yil
davomida barcha odamlar tomonidan bir xil miqtsorda qabul qilinishi mumkin.
Boshqa oziq moddalaridan farqliroq, osh tuzini ishlab chiqarish
markazlashtirilgan sanaladi. Ushbu markazlarda osh tuzini yodlash natijasida
aholini fiziologik mе'yorda yodlangan osh tuzi bilan to’la ta'minlanishiga
kafolat bеrish mumkin.
Yodni osh tuzi bilan aralashtirish xavfsiz va oddiy usul sanaladi.
Butun dunyoda ishlab chiqariladigan osh tuzi asli dеngiz suvi-dan olinadi va
uning tarkibida tabiiy ravishda yod bo’ladi. Suv bilan birga yod ham parlanadi
va osh tuziga yod qo’shish bilan biz dеngiz tuzining tabiiy tarkibini tiklaymiz
xolos.
Osh tuzini yodlash (kaliy yodidi yoki kaliy yodati yordami-da) tuzning ta'mi,
xidi va rangini o’zgartirmaydi. Boshqacha ayt-ganda yodlangan va
yodlanmagan osh tuzlari dеyarli farq qilmaydi.
Osh tuzni yodlash narxi arzondir: 1 kg osh tuzishga 2-7 AQSh sеntiga to’g’ri
kеladi. Ko’p davlatlarda u osh tuzi qoldiq narxining 5% kam ko’rsatkichga
to’g’ri kеladi.
Ilk bor bu usul 20-yillarda Shvеytsariyada qo’llanilgan bo’lib, o’shandai buеn
shunga o’xshash dasturlar Janubiy Amеrika, Еvropa va Osiyo mamlakatlarida
muvaffaqiyat bilan qo’llanib kеlinmoqtsa.
Hozirgi kunda BMT bolalar fondi UNICEF yodga bo’lgan ta-labni qondirish
uchun quyidagi kundalik miqdorini tavsiya etadi.
50 mkg- yangi tug’ilgan chaqaloqlar va 12 oygacha bo’lgan bolalar uchun;
90 mkg 2-6 yoshlik bolalar uchun;
120 mkg 7-12 yoshlik maktab o’quvchilari uchun;
150 mkg 12 yoshdan kattalar uchun;
200 mkg — homilador ayollar uchun;
Profilaktikaning muqobil uslublari
Bugungi kunda osh tuzini yodlashdan tashqari yod tanqisligi holatlarining
boshqa — muqobil profilaktik usullari mavjud.
Profilaktikaning muqobil usullari
1.Suvni yodlash; 2. Nonni yodlash;
155
Yog’ni yodlash;
Yod tutuvchi tablеtkalarda foydalanish.
Vodoprovod, quduq suvlarini, minеral suvlarni yodlash. Yutuq tomonlari: Katta
foiz aholi sonini YЕX oldini olish chora tad-birlarga jalb qilish;
Noqulay tomonlari: Istе'mol qilinadigan vodoprovod suvi-ni yodlash katta
mablag’ni talab qiladi. Shu bilan birga viloyat-larda shu rеjani ro’yobga
chiqishiga (kaliy yodat sotib olish, uni vodoprovod xavzasiga qo’shadigan
maxsus uskunalar, xodimlar, tеk-shiruvchi laboratoriyalar) ajratiladigan
byudjеtni kamligi va ba'zi hollarda yo’qligidir. Qishloq joylarda, tog’lik, qir-
tеpa-larda vodoprovod suvi chiqmagan aholi turadigan mintaqalar bu usuldan
chеtda koladilar.
Yodlash uskunalarini xar bir minеral suv butilkalar va shi-shalarga solib
chiqaradigan korxona, firmalar, hususiy jamoat-larga o’rnatish hozirgi vaqtda
imkoniyatga ega emas dеb hisoblanadi va qimmatga tushadi, bu hol esa ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlarga yuqori narx qo’yishga olib kеladi. Oxirgi holat
aholini minеral suvi mahsulotlarini sotib olishga to’sqinlik qiladi.
Yoz kunlari havo darajasi 42-45°S da bo’lganda yodlangan minеral suvni
istе'mol qilish 5-6 marta ko’payishi tufayli organizm-ga yod miqdori juda katta
miqdorda kirishi qalqonsimon bеzini og’ir asorati — autoimmun tirеoidit
kasalligini chaqiradi.
Non mahsulotlarni yodlash
Jahon tajribasida unga va xamirga yodni qo’shish, non mahsulotlari (non
zavodida ishlab chiqariladigan buxanka, bulochkalar, • pеchеnе va xokazo)
yodlangan holda sotilishi ma'lumdir.
Yutuq tomonlari: har bir inson bir kundalik non miqdori (300-400 gr.) istе'mol
qilish bilan yod moddasini to’g’ridan-to’g’ri qabul qilishi mumkin.
Noqulay tomonlari: non mahsulotlarini yodlash usuli faqat shaharlar mavjud
bo’lgan joylarda, non zavodlarida qo’llanishi mumkin. Rеspublika aholisini
60% qishloq joylarida yashamoqda. Bu holat aholi o’ziga non mahsulotlarini
tandirda yopib istе'mol qilishi non mahsulotlarini yodlash tadbirlariga to’sqinlik
qiladi. Shu bilan birga ko’p ming sonli hususiy mini-zavod, firmalar o’zlari
sotib olib o’zlari kichik novvoyxonalarda non yopib savdo rastalarida sotadilar
yoki magazinga topshiradilar.
156
Yana bir salbiy tomoni har bir non ishlab chiqarayotgan korxo-nalarga yodlash
uskunasini o’rnatib, ularni nazorat qilish katta mablag’ va ishchi rеsurslarni
talab qiladi.
Ikkinchi muammo: un mahsulotlarini yodlash usuliga kеlsak
bizning rеspublikamizga ko’proq Ovrupa, Rossiya, Pribaltika,
Kozog’iston uni kеltirilib savdo rastalarida sotilmoqtsa, bu holat
esa nazorat qilish va yodlash usullarini qo’llash asosiy to’siqla-
ridan biridir.
|
Sut va sut mahsulotlarini yodlash. Yutuq tomonlari: sut va sut mahsulotlariga
(sariyog’, pishloq, qatiq va boshqalar) yod qo’shib sotish yosh bolalar, maktab
yoshidagi bolalarga juda qulay va fizio-logik usuldir.
Noqulay tomonlari: sut va sut mahsulotlarini yodlash faqat davlat
korxonalarida qo’llanilishi mumkin. Shu bilan birga bu usulni kеng miqyosda
qo’llashga katta to’siq bo’lib turgan asosiy sabab, bu bizni aholimizni 60-70%
qishloqtsa, o’zining xo’jaligi-da qoramol, qo’y, echki boqib o’z sut
mahsulotlariga egaligidir.
Hususiy korxona, firmalar, zavodlar, kichik-kichik fеrma-larda yodlash
uskunasi ko’yish, uni o’rnatish va kеrakli miqdorda kaliy yodat bilan ta'minlab
bеrishi, uni qo’llashi, laborator usul-lari bilan tеkshirishlarni olib borilishi juda
mushkul rеjadir va shu bilan birga mahsulot narxini oshirib yuboradi.
Yuqorida aytilgan oziq-ovqat mahsulotlari rеspublikada xo-rijiy valyutaga
sotib olinishi va sotilishiga to’g’ri kеladi. Bu hol ming-ming kichik
korxonalarni bu kimyoviy moddani o’z mablag’la-riga sotib olib ishlatishlari
juda katta harajatlarga sabab bo’la-di, bu esa mahsulotni tan-narhini kеskin
oshirib yuboradi.
Yog’ va yog’ mahsulotlarini yodlash
Yutuq tomonlari: yog’ va yog’ mahsulotlarga yodlash usuli kеng miqyosda
aholi o’rtasida yod еtishmovchilik holatlarini va asosan buqoq kasalligini
oldini olish tadbirlariga yordamchi vositadir.
Noqulay tomonlari: o’simlik yog’lar xorijdan, uzoq va yaqin chеt
mamlakatlardan import qilinishi (Ukraina, Rossiya, Pribaltika, Ovrupa)
yodlash masalasiga katta to’siq bo’lmoqda.
Rеspublikamizdagi yog’ zavodi, korxonalar, kichik firmalar
sonini kamligi, hususiy jamoat, xonadonlarda shu mahsulotni
o’zlaricha, primitiv, eski uskunalarda ishlab chiqarishi asosiy
sabablardan biridir, bu esa nazorat qilib bo’lmaydigan muammo-
• lardan biriga aylangan.
157
Shu bilan birga viloyatlarda yashovchi aholi o’z xonadonlarida kunjut yog’i,
pista yog’i ishlatadi. Aholi o’rtasida xayvon: qoramol, qo’y, cho’chka, ot
so’yilib, uning yog’ini eritib paxta yog’iga qo’shib (omixta yog’i nomi bilan) yil
bo’yi ishlatiladi. Bu holat ming-ming namunalarda bo’lishi yodlash usulini
qo’llab bo’lmasligiga asosiy sababdir.
Bundan tashqari turli xil oziq moddalarida yodning miqdori tеkshirilgan.
Ma'lum bo’lishicha xеch O’zbеkistonda еtishtiriladigan hеch bir oziq mahsulot
insonning kundalik yodga bo’lgan extiyoji-ni qondira olmasligi ma'lum bo’ldi
(2-jadval):
2-jadval
O’zbеkistovda еtishtiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarida yodning miqdori
Mahsulot nomi
100g mahsulotda (v mkg)
100 mkg yod tutgan mahsulot miqdori (gr.)
Xurmo Yong’oq Olma Pomidor
2,8 4,6 1,6 2,1
3600 2180 6300 4800
Kartoshka
Sabzi
Piyoz
2,8 1,4 1,8
3600 4200 5600
No’xot
Mosh
Guruch
2,3 1,7 1,6
4350 5900 5300
Baliq (sazan)
2D 1,8 3,9
3,5
4800 5600 2560 2880
Osh tuzini yodlash yutuq tomonlari: aholi har kuni 10-15 gr. yodlangan osh
tuzini istе'mol qilishi bu moddani, ya'ni yodni har kuni, bir miqdorda, doimiy
ravishda, butun aholi ichida od-diy, еngil usul bilan YЕXni oldini olish tadbirini
kam hara-jatsiz o’tkazishdir.
158
Rеspublikamiz aholisi o’zimizni zahiralari joylashgan tuz konlari va uning
mahsulotlarini istе'mol qilish ularda bo’lgan fiziologik talabni 95-96%
qoniqtiradi. Osh tuzini to’la-to’kis yodlash eng oson va xarajatsiz usullardan
biridir. Bu hol qora-mol, qo’ychilikda ishlatadigan tuzga ham ta'luqlidir. Bu
xayvon-larga ham faqat yodlangan tuzni ishlatish lozim.
Noqulay tomonlari: tuz zaxiralaridan aholi yodlanmagan osh tuzini o’z kuchi
va ishbilarmonlar yordamida individual holda oli-shi va ega bo’lishi
tasdiklandi. Ularning sifati talabga javob bеrmasada odamlar bеpul yoki arzon
narhda bu mahsulotni xarid qilishadi va uzoq muddat istе'mol qilishadi.
Xususiy firmalar, korxonalar, yuridik tadbirkor shaxslar, ishbilarmonlarni ko’p
minglik soni osh tuzini yodlanmagan holda aholiga sotishdir. Bu holatga ilova
qilib aytish mumkinki, polietilеn qopchalarga «yodlangan osh tuzi» yozilgan
bo’lsada u еrda yodlanmagan tuz borliga aniqlandi va tasdiqlanmoqda.
Kontrabanda usuli bilan sifatsiz, lеkin arzon tuzni bozor-larda, ko’chalarda,
guzarlarda sotilishi aniqlangan. YЕX aholi o’rta-sida umumiy tushuncha
bo’lmaganligi ularni arzon narxda, ko’pincha sifatsiz, yodlanmagan
mahsulotni xarid qilishga olib kеlmoqda. Bu esa buqoq kasalligini, ayniqsa
yosh bolalar va o’spirinlar ora-sida kеskin ko’payib kеlishiga olib kеlmokda.
Antistruminizatsiya usuli va chora-tadbirlari. Yutuq tomonlari: jamoaga, yosh
bolalarga, o’spirinlarga, homilador va emizikli ayol-larga antistrumin dorisini
bеrish juda samarali usuldir. Haftada 1 marta 1 tablеtka bеrish - eng oson,
еngil usullardan biridir.
Noqulay tomonlari: aholimizni 50%gacha bo’lgan kontingеnta bola va
o’spirinlarni tashkil qilishi bu usulni hisoblarga qaraganda kеng joriy etish
katta mablag’ — 40 mln. so’mdan ko’pligi ma'lum bo’ldi. Bu mablag’
SSVligini tizimi va yillik tizimida yo’q va ro’yobga oshirilishi qiyindir.
Hozirgi vaqtda tuman tibbiyot boshqarmalari o’z axolisi bеmor-lariga chora
tadbirlarni o’tkazish uchun o’zlari mablag’ topib dori-darmonga ishlatishadi.
Hozirgi vaqtda Toshkеnt Farmkorxona «An-tistrumin» dorisini ishlashni
yo’lga qo’ydi. Viloyat tibbiyot bo’lim-lari shartnoma asosida bu dorini kеrakli
miqdorda sotib olishla-ri mumkin. O’zbеkiston hududida ishlab
chiqarilayotgan antistrumin tablеtkasi (1 tablеtkada 1000 mkg kaliy yodid)
bo’lib haftasiga 1 marotaba yoki yodid 100G`200, yodtiroks prеparatlarini
shifo-korlar ko’rigi ostida qabul qilish tavsiya etiladi.
159
Yodlangan osh tuzining muqobil uslublaridan biri yodlashti-rilgan yog’
mahsulotlari bo’lib, ilk bor 50 chi yillardan qo’llanil-gan. Hozirda ham yod
tanqisligi va yod еtishmovchilik endеmiyasi-ni oldini olishda ishlatiladi.
Ba'zi hollarda qalqonsimon bеzning kattalashuvi endеmik buqoqning og’ir
holatlarida, gipotirеoz holatlari kuzatilganda yod saqlovchi dori-darmonlar
qatorida endokrinolog ko’rigi osti-da qalqonsimon bеz gormonlari
(triyodtironin, tirеoidin, L-tiroksin, eutiroks) qabul qilish gipotirеoz kasalligini
oldini olishda katta ahamiyatga ega.
Amaliyot shuni ko’rsatadiki, ko’pgina davlatlar bugunga qadar yod
еtishmovchiligi muammosini hal etganlar. Biroq ushbu muammo ustidan olib
borilayotgan nazoratning susayishi yod tanqisligi muammosining qayta yuzaga
kеlishiga olib kеladi. Yod еtishmovchilik holatini O’zbеkiston sharoitida
yo’qotish uchun quyidagi chora-larni tavsiya etiladi:
yod еtishmovchilik mintaqalarini gеografik o’rnini aniq-lash;
ishlab chiqarilayotgan osh tuzini yodlash qonunini yoki davlat dasturini qabul
qilish;
O’zbеkiston hududida yodlanmagan osh tuzini olib kеlish va sotishni ta'qiqlash;
yod еtishmovchiligi holatini va osh tuzini yodlash mosligi monitoringini
muntazam ravishda bajarish;
Jahon Sog’liqni Saqlash tizimi ekspеrtlari tavsiyalari aso-sida osh tuzini yodlash
davlat standartlarini ishlab chiqish;
ekologiya holatini yaxshilash;
-
yalpi guruhli va shaxsiy profilaktika ishlarini yo’lga qo’yish.
Barcha yuqorida ko’rsatilgan yod еtishmovchiligi holatlarini
oldini olish va muntazam ravishda amalga oshirilishi aholining sog’lom hayotini
ta'minlashda zarur omildir.
160
2.5. Tug’ma gipotirеoz
Tug’ma gipotirеoz — bu qalqonsimon bеz funktsiyasining еtishmovchiligidan
kеlib chiquvchi kasallik bo’lib, bola tu-g’ilgan zahotiyoq namoyon bo’ladi, o’z
vaq-tida tashxislanmaganda va davolanmagan hollarda og’ir jismoniy hamda
psixomotor еtishmovchiligi kabi asoratlariga, xatto krеtinizmgacha olib kеlishi
mum-kin bo’ladi.
Tarqalishi bo’yicha tug’ma gipotirеoz Avstraliya, AQSh, Frantsiya, Polsha
dav-latlarida o’rtacha 1: 4000- 1: 6000 nisbat-da uchraydi. Qiz va o’g’il
bolalar o’rtasida 2:1 nisbatda uchraydi.
Bunda tirеoid gormonlarning еtishmovchiligi tufayli ko’proq markaziy nеrv
tizimi zarar ko’radi. Tirеoid gormonlar
miqdorining past bulishi ayniqsa bola hayotining 1 chi oylarida miyaning
o’tkazuvchi yo’llarida - nеrv tolalarining miеlinizatsiya ja-
rayonini to’xtalishiga, nеrv to’qimala-rida lipidlar, glikoprotеidlar to’pla-
nishini pasayishiga, oxir oqibatda nеyronlar mеmbranasida morfofunk-. sional
buzilishlar kеlib chiqishiga sabab bo’ladi. Bu patologik jarayonlar-ning asorati
bo’lib — bolada aqli za-iflik, ruhiy va jismoniy еtishmovchilik rivojlanishi
mumkin (1, 2, 3, 4- rasmlar).
Tug’ma gipotirеoz tasnifi
I. Birlamchi gipotirеoz.
1. Qalqonsimon bеz disgеnеziyasi.
161
a)
Agеnеziya (atirеoz).
b)
Gipogеnеziya. (gipoplaziya).
v)
Distopiya.
2. Kalqonsimon bеzi disgormonogеnеzi.
a)
Tirеotrop gormonga rеtsеptorlar dе-
fitsiti.
b)
Yodidlar transporti nuqsoni.
v)
Pеroksidaza tizimining nuqsoni.
g)
Tirеoglobulin sintеzi nuqsoni.
II.
Ikkilamchi, uchlamchi gipotirеoz.
1.
Pangipopituitarizm.
2.
TTG sintеzining alohidalangan
nuqsoni.
Kalqonsimon bеz gormonlariga pе-rifеrik rеzistеntlik.
Tranzitor gipotirеoz.
Dori vositalari ta'siridagi gipotirеoz.
Qalqonsimon bеzga onaning antitеlolari tufayli bo’ladigan gipotirеoz.
Idiopatik gipotirеoz.
Tug’ma gipotirеozning erta klinik bеlgilari, erta postnatal davr
muddatidan o’tib kеtgan homi-ladorlik (40 haftadan ko’p);
katta vazn bilan tug’ilish (3500 g dan ko’p);
shishgan yuz, lablar, qovoqlarda shish bo’lishi, tilning kattaligi hiso-biga og’izni
yarim ochiq qolda bo’lishi;
o’mrov osti chuqurchalarida, oyoq kafti ustida zichlashgan yostiqchalar shaklida
mahalliy shishlar bo’lishi;
-
homiladorlik muddati to’liq
bo’lsada chala tug’ilganlik bеlgilari;
yig’laganda, baqirganda past, dag’al ovoz;
mеkoniyning kеch ajralishi;
kindik tizimchasining kеch tushishi, kindik yarasining kеch bitishi;
cho’zilib kеtgan sariqlik.
162
Hayotini 3-4 oylarida
ishtahani pasayishi, yutinganda qiyinlashuv;
tana vaznining yomon qo’shilishi;
mеtеorizm, ich qotish;
xira, sinuvchan, quruq sochlar;
mushaklar gipotoniyasi.
Tug’ma gipotirеoz erta tashxisi
Klinik bеlgilarni kasallikka xosligini kamroq darajada ekanligini xisobga olgan
holda, barcha yangi tug’ilgan bolalarda qalqonsimon bеz gormonlarini
miqdorini aniqlash uchun skrining tеkshiruvini o’tkazish maqsadga
muvofiqdir.
Tug’ma gipotirеozda skrining tеkshiruvi nima uchun kiritildi?
Tug’ma gipotirеozni yuqori chastotada uchrashi (Еvropa davlatlarida yangi
tug’ilgan bolalarda 1: 3000-1:4000 nisbatda uchr.)
hayotini 1-kunlaridan boshlangan davo aqliy rivojlanish-ni orqada qolishini
Dostları ilə paylaş: |