Fransuz adabiyotida realizmning hukmronlik davrini ikki bosqichga bo’lish mumkin: 1) Realizmning paydo bo‘lishi va tan olinishi (20-yillarning oxiri va 40-yillar) Beranje, Merime, Stendal, Balzak. 2) XIX asrning 50-70-yillar realizmi (1848-yildan keyingi adabiyot).
Stendal va Balzak realizmining merosxo‘ri va E.Zolya “naturalistik realizm” maktabining o‘tmishdoshi G.Flober nomi bilan bog‘liq. Fransuz realizmining gullab-yashnagan davri 30-40-yiIlarga to‘g‘ri keladi, ayni shu yillarda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan yozuvchilar o ‘zlarinmg salmoqli asarlarini yaratdilar. Yozuvchining jamiyatdagi o'rni haqida O.Balzak “Insoniyat komediyasi”da “Fransuz jamiyati o'ziga-o‘zi tarixchidir.
Men esa uning tarixini tasvirlovchi oddiy kotibman”, - deb yozgan edi. Ta’kidlash joizki, XIX asrning ikkinchi yarmigacha “romantizm” va “realizm” terminlari o ‘rtasida ajralish bo'lmagan, realistlar - romantiklar deb atalgan. Faqat Stendal va Balzakning o ‘limidan keyin 1857-yili Shanfleri hamda Dyurantilar maxsus deklaratsiyalarida “realizm” terminini taklif qildilar.
Fransuz realizmining tarixi Beranjening qo‘sfiiqqa oid ijodi bilan boshlanadi va bu tamoman tabiiy hamda obyektiv qonuniyatlarga asoslangan. Chunki, adabiyotning kichik janri bo‘Igari qo‘shiq,o‘z zamonining barcha diqqatga sazovor hodisalariga o‘z vaqtida va shiddatli javob qaytaradi. Realizmning shakllanish davrida u birinchilikni ijtimoiy romanga bo‘shatadi.
O'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan aynan shu janr, yozuvchiga voqelikm keng tasvirlash va chuqur tahlil qilish uchun katta imkoniyatlami yaratgani uchun, Stendal vaBalzak o ‘zlarining asosiy ijodiy vazifasi - o‘z ijodlarida Fransiyaning tirik siymosini to‘laqon!i aks ettira oldilar. Bu davrda novella janrining tengsiz namoyandasi P.Merimening hikoyalari romandan keyingi o ‘rinni egalladi.
Ingliz tanqidiy realizmi.XIX asming 20-30-yillarida Bayron va Shelli, Kits va Skottlar olamdan o‘tdilar. Romantizm bor imkoniyatlarini sarf qilib b o iib , yangi nomlar paydo bo‘lmadi. Ingliz adabiyoti rivojlanishida roman janri strukturasining yangi xususiyatlar bilan boyishi, ingliz tanqidiy realizmining gullab-yashnagan davri XIX asr 30-40-yillarga to‘g ‘ri keladi.