Bayron Volter, Russo, Lokk, Gibbon asarlarini ham sevib o'qidi. 1807-yilning yozida nashr etilgan birinchi she'riy to'plami «Farog'at damlari»da yoshlik orzu-xayollari, ishqu muhabbat, hayotning quvonchu tashvishlari haqidagi she'rlardan iborat edi. Bayron 1809-1811-yillarda chet el sayohatiga chiqadi. Bu sayohat yosh shoirning hayot voqeligini keng, atroflicha tushinishida katta yordam beradi.
U sayohati davomida Napaleon intervensiyasiga qarshi qaqshatqich zarba bergan ispan partizanlari harakatining guvohi bo'ldi. U Gretsiyadagi milliy ozodlik qoʻzgʻalonining guvohi boʻldi. U hatto Villington qumondonligidagi Britaniya armiyasida Napaleon qoʻshinlariga qarshi kurashda qatnashdi.
Shu bilan birga Maltada - O'rta dengiz harbiy bazasidagi harakatlarini ko'rib, Buyuk Britaniya reaksion hukumatining tashqi siyosatini qoraladi. Bayron bu davrda turk, yangi grek, alban va italyan tillarini hamda xalq ogʻzaki ijodini oʻrgandi. 1816-yilda arman tilini o'rganishga kirishdi. Bayron sayohatlarining mevasi sifatida 1812-yilda «Chayld Gorold» dostoni yaratiladi.
Bu asar Bayron shuhratini Angliya va uning tashqarisiga yoydi. Bu asarning ilk qo'shiqlarida Bayron she'riyatidagi demokratik ruhiyat ko'zga tashlanadi. Bayron o'z ona yurtiga qaytganida Angliyada ishchilarning stixiyali norozilik to'lqinlari ko'tarilgan, ozodlik harakatlari kuchaygan edi. Ammo reaksiya bu harakatni ayovsizlik bilan bostiradi.
1799-1800-yillarda ishchilar harakatiga qarshi qonunlar qabul qilinishi natijasida bu harakat 25 yil davomida yashirin faoliyat olib borishga majbur bo'ldi. Bayron Lordlar palatalarida bir necha marotaba nutq so'zladi. U o'z nutqlarida luddachilik harakati deb nom olgan ishchilar harakatini yoqlab chiqadi. Bayronning 1814-1815-yillar davomida «Yahudiy ohanglari» she'riy to'plami nashr etildi.
Ma'lumki, Bayron bolaligidan «Injil»ni yaxshi bilgan. Bu she'riy turkumida shoir Injil obrazlariga murojaat qiladi. Bayron sharq adabiyotining chinakam muxlisi boʻlgan. Firdavsiy, Shayx Sa'diy, Xo'ja Hofiz singari so'z san'atkorlarining asarlari bilan yaqindan tanishgan. Bu "Sharq dostonlari" turkumining paydo bo'lishiga turtki boʻlgan.