M. A. Kurbaniyazov mavzu: XIX asr nemis va ingliz romantizmi. Yevropa tanqidiy realizmi Reja



Yüklə 41,14 Kb.
səhifə6/17
tarix16.12.2023
ölçüsü41,14 Kb.
#183240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
11-mavzu

1814-yildan to umrini oxirigacha Berlinda yashadi. Gofman umr bo'yi nochorlikda hayot kechirdi. San'at va san'atkor mavzusi - Gofman ijodining asosini tashkil etadi. Uning asarlarida iqtidorli musiqachilar, san'atkorlar doimo Germaniyaning zerikarli, pastkash hayotida boʻgʻiladilar, oʻz ideallari va nemis hayoti o'rtasidagi qarama-qarshiliklarni ko'rib azob chekadilar.

1809-yilda "Umumiy musiqa gazetasi"da "Kavler Glyuk" novellasi bosilib chiqdi. Shundan so'ng kompozitor Kreyslerga bag'ishlangan boshqa asarlari ham paydo bo'lgan va ularni "Kallo ruhidagi fantaziya" toʻplamiga biriktiradi (1814-1815). (Jak Kallo - XVII asr fransuz rassomi). Ushbu toʻplamdagi hikoyalar markazida musiqachi va kompozitor Iogan Kreysler turadi.

Kreysler - darbadar musiqachi. U juda ham istedodli bo'lsa-da, tirikchilik uchun ko'chada kezib yurishga majbur. U san'atni hayotdan ham ustun qo'yadi. Haqiqiy san'at koʻplab burjua-zodagonlar uchun tushunarli emas. Ushbu jamiyatda san'at ularning past, jirganch, ma'naviyatdan uzoqdagi hayotini bezash, ovunish uchun xizmat qiladi xolos.

Gofmanning «Sinnober laqabli mitti Saxes» (1819) ertagidagi voqealar mitti nemis knyazligida yuz beradi. Romantik bo'yoqlard tasvirlangan barcha voqealar Gofman yashagan davrning hajviy qiyofasini ochib tashlaydi. Saxes kambag'al dehqon ayoli Lizaning xunuk o'g'li. Pari Rozabelverde (Rozenshen) bu ayanchli, bedavo bolaga uch dona tilla sochini sovg'a qiladi.

Atrofdagilar koʻz oldida ajoyib mo'jiza sodir bo'ladi. Odamlar Saxesni haddan tashqari chiroyli, aqlli deb taniydilar. Uning yuqori tabaqadan kelib chiqqanligi va undagi ko'pdan-ko'p fazilatlar haqida gapiradilar. Saxes oliy zot darajasiga koʻtariladi va juda osonlik bilan katta lavozimlarga erishadi. Boshqalar hisobiga boyib, qudratli bo'lib ketadi.

Kichkina Saxes ko'pdan-koʻp tahsinu tasannolarga, mukofot va imtiyozlarga sazovor bo'ladi. Bu mo'jizalarning barchasi knyaz Pafnutiy mamlakatida ro'y beradi. Bu knyaz maxsus farmon bilan oʻz mamlakatida “ma'rifat" joriy qilgan. Mana shunday davlatda mitti Saxes saroyning birinchi ministri boʻladi va knyazlik ishlarini hal qiluvchi qudratli kishiga aylanadi.


Yüklə 41,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin