M. A. Kurbaniyazov mavzu: XIX asr nemis va ingliz romantizmi. Yevropa tanqidiy realizmi Reja



Yüklə 41,14 Kb.
səhifə5/17
tarix16.12.2023
ölçüsü41,14 Kb.
#183240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
11-mavzu

Yunon va rimliklar merosining ahamiyati haqida fikrlar ekan, Fridrix Shlegel san'at oʻzgaruvchan degan fikrga keladi. Shuning uchun insoniyat rivojlanishidagi har bir yangi bosqich badiiy ijod oldiga yangi vazifalar qo'yadi. Yangi san'atning asosini: "Fransuz inqilobi, Fixtening "Fan ta'limoti" va Gyotening "Meyster'i tashkil etadi", - deb yozadi Shlegel.

Nemis romantiklari san'atkorlarni odamlar orasidagi oliy mavjudot sifatida ulugʻladilar. "Odamlar yer yuzidagi boshqa mavjudotlardan qanchalik ustun boʻlsalar, san'atkorlar odamlardan shunchalik ustundirlar", - deb yozadi Shlegel. Nemis romantiklarining asarlarida bu g'oya u yoki bu darajada o'z ifodasini topdi.

F.Shlagel adabiyotga romantik kinoya tushunchasini olib kirdi; romantik kinoya nafaqat nemis romantiklari, balki keyingi davr yozuvchilariga ham katta ta'sir ko'rsatdi. Shamisso, Gofman, Gyote asarlarida romantik kinoya o'zining konkret ijtimoiy ifodasini topdi. F.Shlagel oʻzining nazariy qarashlarini 1799-yilda yozilgan "Lyusinda" povestida ifoda etdi.

Asar syujeti zamondoshlarini lol qoldirdi, chunki Yuliy va Lyusinda (rassomlar) obrazlarida ular muallif va Doroteya Fetni tanidilar. Romantik yozuvchi nuqtai nazaridan qahramon muallifning aksi bo'lib adabiyotga o'tishi, adabiyot o'z navbatida hayotga aylanishi kerak.

Ernst Teodor Amadey Gofman (1776-1822). Gofmanning fantastik novella va romanlari nemis romantizmining eng katta yutug'i hisoblanadi. U muhitni aql bovar qilmaydigan (irotsional) holda qabul qiladi, chunki shunday holda dunyoviy uyg'unlik (garmoniya) mumkin emas. Gofman asarlarida, ko'pincha, personajlarning ikkiga ko'payish hollarini kuzatish mumkin.

U XIX asr yozuvchilari orasida birinchi bo'lib, inson naturasining ikkiga koʻpayishini ochdi. Ya'ni, Gofman asarlarida insonning qarama-qarshi xislatlari alohida, aralashmagan holda maydonga chiqadi. Bo'lajak yozuvchi Kyonisbergda tug'ildi. Huquq fakultetini bitirdi. Tirikchilik vajidan boy byurgerlarning qizlariga musiqadan saboq berdi.


Yüklə 41,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin