M. A. Kurbaniyazov mavzu: XIX asr nemis va ingliz romantizmi. Yevropa tanqidiy realizmi Reja



Yüklə 41,14 Kb.
səhifə8/17
tarix16.12.2023
ölçüsü41,14 Kb.
#183240
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
11-mavzu

Angliya romantizm adabiyoti. XVIII asr oxirlaridan 1830-yillargacha bo‘lgan davmi o‘z ichiga oladi. Ilk romantik ijodkor Uilyam Bleyk (1757-1827) sanaladi. Angliya romantizmining birinchi davri “Ko‘l maktabi” shoirlari U.Vordsvort, S.T.Kolridj va R.Sauti nomlari bilan bog'liqdir. Ular shahar muhitidan yiroqda Kezik ko‘li yaqinida istiqomat qilganlari bois “leykistlar” yoki “ko‘l maktabi” vakillari deb ataladi.

Bu davr adabiyotida tabiat manzaralari fantastika, oddiy kishilar hayoti tasviri asosiy o‘rin egallaydi. She’r va poemalari bilan adabiyotga kirib kelgan, 1810-yillardan keyin “tarixiy romanlar otasi” sifatida nom qozongan V.Skott faoliyatining boshlanishi ham shu davrga to‘g‘ri keladi.

Ikkinchi davr Bayron va Shellinmg ijodga kirib kelishi bilan belgilanadi. Jamiyatda shakllangan tartiblami qabul qila olmaslik, olamni satirik bo'yoqlarda tasvirlash, siyosiy lirikaning shakllanishi shu davriga xos xususiyatlar edi. Angliya romantizmida “Darbadar melmot” falsafiy romani muallifi Charlz Metyurin (1870-1824) ijodi ham muhim o‘rin tutadi.

Ingliz romantizmida otashin va hassos shoir Jorj Gordon Noel Bayron (1788-1824) ijodi muhim o'rin tutadi. U 1788-yil 22-yanvarda Londonda tug'ildi. Uning otasi Angliya aristokratiyasining kambag'allashib qolgan tabaqasiga, onasi esa shotlandiyalik boy dvoryan oilasiga mansub edi. Otasi 1791-yilda Fransiyada vafot etadi.

Bayronning bolaligi Shotlandiyada - onasi yonida oʻtadi. Bo'lg'usi shoir dunyoqarashining shakllanishida Shotlandiya tabiatiga boʻlgan chuqur muhabbat alohida ahamiyatga ega bo'ldi. Bayron o'n yoshga to'lganda unga lordlik unvoni meros sifatida qoladi. Bayron jahon tarixining, Angliya hayotining shiddatli davrida yashadi, ijod qildi.

U fransuz burjua inqilobi va xalq harakatining guvohi bo'ldi. Bu inqlobning maqsadi sanoat to'ntarishiga, Angliya ijtimoiy hayotini oʻzgartirishga qaratilgan edi. Bayron bolaligidan siyosat bilan qiziqdi. U maktabda o'qib yurgan paytlaridanoq notiqlik san'ati bilan tanishdi. Shu bilan birga o'qigan kitoblarining asosiy qismini tarixiy asarlar tashkil etar edi.


Yüklə 41,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin