kelishuv komissiyasini tuzish m um kin.
Kelishuv komissiyasining har bir palatada ko'rsatilgan a’zolari o 'z tarkibi-
dan ko'pchilik ovoz bilan komissiyaning hamraisini saylaydi. Kelishuv komis-
122
siyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida Senatning har bir e ’tirozini alohida-alohida ko‘rib chiqadi. Kelishuv komissiyasi qonun ning Senat e ’tiroz bildirmagan ayrim moddalari tahririni o'zgartirish to'g'risida, agar bunday o'zgartirishni Senatning takliflari asosida ishlab chiqilgan qonun moddalarining tahriri taqozo etadigan bo'lsa, qaror qabul qilishga haqli. Kelishuv komissiyasi ishining natijalari yuzasidan kelish- movchiliklami bartaraf etish bo'yicha takliflami o'z ichiga olgan xulosa qabul qilinadi. Kelishuv komissiyasini tuzish tartibi, komissiyaning tarkibi va ishi Reglamentda belgilanadi. Qonunchilik palatasi faoliyatini moliyalashtirish O'zR Davlat budjetining mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi. 4.3. Prokuratura organlari faoliyati O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo'ysunuvchi proku- rorlar O'zbekiston Respublikasi hududida qonunlam ing aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar. Prokuratura organlari o 'z faoliyatini quyidagi asosiy yo'nalishlar bo'yicha amalga oshiradi: • vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish oi^anlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashki lotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tom onidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish; • fuqarolarning huquq hamda crkinliklarini ta’minlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan nazorat qilish;