M agistrlik dissertatsiya



Yüklə 1,91 Mb.
səhifə11/16
tarix20.06.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#133274
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Sobirova Fotimaxon Asilbek qizi2

II-Bob bo’yicha xulosa


Ushbu bobda Elektron o’quv materiallarga ishlov berish va yaratish yo’lida skrinkasting texnologiyasi ya’ni ekran video yozuv bilan bog’liqligi va krinkasting bu-kompyuter ekranidagi barcha xarakatlarning video, audio yozuvlarini maxsus dastur yordamida yozish va ishlov berishni taklif etishi bayon etilgan.
Ta’lim jarayonda skrinkastingni qo’llash quyidagi qulaylik va imkoniyatlarni ochib beradi.

  • har bir xarakat va so’z o’rganuvchi tomonidan kuzatiladi va jaryoanni tadbiq etadi;

  • tushunish murakkab bo’lgan joylarni bir necha marta qaytarib ko’rish va o’rganish imkoniyati mavjud;

  • o’quv materialni mustaqil o’zlashtirish;

  • o’sha vaqtning o’zidayoq eshitgan va ko’rganlarini amaliy tadbiq etish.

Ta’limning bunday shakli turli kanallardan olingan axborotlarni faollashtirishga imkon beradi: ko’rishga oid, eshitishga oid, ekranga oid. Bularning aralashuvidan ta’lim jarayonini intenvifikatsiyasi yuz beradi va o’zlashtirlayotgan materiallar darajasi sezilarli darajada ortadi.

III-BOB. TA’LIM PLATFORMALARI UCHUN VIDEO MASHG’ULOTLAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI

3.1. Camtasia Studio dasturi interfeysi


Camtasia Studio dasturi kompyuter ekrani, veb kamera videolarni yozish, qayta ishlash (montaj), taxrirlash, maxsus effektlarni qo’llash uchun ishlatiladi. Produce and share bo’limi yordamida turli formatdagi video fayllar (avi, mp4, iPed, iPhone, HD, Web, YouTube), audio fayllar va gif fayllar ustida ish olib boradi. Undan tashqari bu dastur video fayllarni YouTubega joylash, tarqatish imkoniyatlari ham mavjud. Ushbu dasturni maxsus internet saytlaridan ko’chirib olish va kompyuterga o’rnatish mumkin.


2-rasm. Dastur start oynasi
Dastur ishga tushganda ushbu oyna paydo bo’ladi.
Запис экрана” (“Recorded inputs”) bo’limi ishga tushiraladi va kompyuter ekranidagi xarakatlar video yozuvga olinadi.
Запись речи” bo’limi mikrofonni ishga tushiradi va audio tovushlarni yozadi, saqlaydi.
Запись PowerPoint” prezentatsiyalarni yozadi va saqlaydi.
Импорт файлов” kompyuter xotirasidagi videolar, audiolar, rasmlar dasturning bibliotekasiga, klipbinga import qilinadi.
Показать этот диалог при запуске” faol bo’lsa bu dialog oyna dastur ishga tushganda namoyish etiladi (faol bo’lishini tavsiya etamiz.)
Закрыть” knopkasi ushbu oynani yopish uchun xizmat qiladi.
Запис экран”ni tez ishga tushirish uchun C:/Program Files/TechSmith/Camtasia Studio 7 papkasida joylashgan “CamRecorder” fayl ustida o’ng tugmani bosib ish stolga yarlik yaratib olamiz. Endi ushbu yarlikni ishga tushirsak va F9 klavishini bosish bilan ekran yozuvini boshlashmiz mumkin bo’ladi.
Dastur interfeysi
Bu mashg’ulotimizda Camtasia Studio dastur interfeysi bilan tanishamiz. Dastur interfeysi asosiy 4 ta bo’limdan iborat.

  • Bosh menyu qatori-undagi buyruqlar dasturning boshqa bo’limlarida ham takrorlanadi.

  • Oynaning chap tomonida funktsiyalar bo’limi joylashgan.

  • Oynaning o’ng tomonida namuna ko’rish bo’limi joylashgan.

  • Oynaning quyi qismida vaqt shkalasi o’rin olgan.



3-Rasm. Bosh menyu qatori.


4-Rasm. Funktsiyalar bo’limi


5-rasm. Namuna ko’rish bo’limi




6-Rasm. Vaqt shkalasi bo’limi

Ushbu bo’limlarning har biri to’g’risida alohida mashg’ulotlarda batafsil to’xtalib o’tamiz.


Interfeysni bayon etishda ularga qisqacha to’xtalamiz.
Funtsiyalar bo’limining yuqori qismida asosiy funktsiyalar joylashgan.
Yangi proekt yaratish.
Xotiradagi proektni ochish.
Joriy proektni xotiraga olish. Bu buyruqni proekt tayyorlayotgan vaqtda ko’proq ishlatib proektni xotirda saqlab turishni maslaxat beramiz. Chunkki ish vaqtida kutilmagan nosozliklar (elektr o’chib qolishi, kompyuter ishlamay qolishi, ...) yuz berishi mumkin.

Record the screen”-kompyuter ekranning yoki veb kameraning video yozuvini olib borish, PowerPoint dagi slaydlarning video yozuvini olib borish amallari bajariladi.

Import media”-Kliplar Korzinasiga (Clip Bin) media fayllarni qo’shish. Media fayllar -video, ovoz, musiqa, rasm yoki effektli fayllar bo’ladi.

Produce and share”-prodakshin video bo’lib,tayyor bo’lgan proektni kerakli (video, ovoz, rasm, gif va boshqa turli) formatlarda xotiraga oladi. Undan tashqari video yozuvni YouTube saytiga joylash va publikatsiya qilish mumkin.
knopka yuqoridagi funktsiyalarni oynada aks ettirish yoki bekor qilishni bajaradi.
Kliplar Korzinasida proekt uchun zarur bo’lgan barcha media ob’ektlar joylashtiriladi. Undagi ob’ektlarni Delete klavishi bilan o’chirish, sichqon yoki kontekst menyu yordamida vaqt shkalasiga joylash, (Library) bibliotekaga joylashtirish mumkin.
Bibliotekada proekt tayyorlayotgan vaqtda zarur bo’ladigan standart biblioteka fayllar, media ob’ektlar, tayyor effektli fayllar joylashtiriladi. Biblioteka uchun effekt fayllarni internetdagi maxsus saytlardan ham olish mumkin.
Vinoskalar. Vinoska-video yozuvdagi kerakli joylarni turli vositalar yordamida foydalanuvchi diqqatini jalb etish uchun ishlatiladi. Masalan strelka, to’rtburchak, ellips, yorug’ kadr, fonli kadr, matn yozish, klavishlarni oynada aks ettirish va shu kabilar.
Masshtab. Video yozuvning kerakli joylarini kattalashtirish yoki kichiklashtirish, ob’ektlarni animatsiyalash uchun qo’llaniladi.
Zvuk. Ovozlarni ko’tarish, pasaytirish, shovqinlarni yo’qotish, ovozni umuman yo’qotish, ovozni sozlash ishlari bajariladi.
Kliplar orasida effektli almashuvlarni amalga oshiradi.
Kursor effekt. Sichqoncha ko’rsatkichlariga turli effektlarni tadbiq etish. Bu video yozuvda sichqonchaning xarakatlarini aniqroq ko’rishga va ekranning qaysi sohasida xarakatlanayotganini yaqqol ko’rishga imkon beradi. Bu ish faqat camrec, camproj formatlari uchun amalga oshiriladi.
Zapis mikrofon. Mikrofon orqali ovozni yozish va *.wav formatida xotiraga olish, ovozni sozlash uchun xizmat qiladi.
Web kamera yozuvini amalga oshiradi va uni sozlaydi.
Video yozuvga matn yozish, uning ekranning turli joylariga qo’yish, matnga fon berish, rasmli fon berish va shu kabi ishlash bajariladi.

Camtasia Studio dasturi bosh menyusi va Recorded (skrinkasting)


Bu mavzuda bosh menyu buyruqlari bilan qisqacha tanishib chiqamiz. Ayrim buruqlar keyingi mashg’ulotlarda batafsil o’rganiladi. Boshqa dasturlar kabi Camtasia Studio ham buyruqlarni bir necha xil usulda amalga oshiradi. Bir necha xil usulda amalga oshiriladigan buyruqlarni dublikati bilan bayon etamiz. Deyarli barcha buyruqlar funktsional klavishlarda ham amalga oshiriladi [18].



Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin