Maqolani qayta chop etish O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qat'iyan taqiqlanadi!
H ar bir ayol ovulyasiya haqida qandaydir ma'lumotga ega bo'lishi kerak. Homilador bo'lish uchun u juda muhim bo'lsa, homiladorlikdan saqlanish maqsadida ham undan xabardor bo'lish kerak. Ovulyasiya haqida eng dolzarb savollarga javob olamiz.
1. Nega menga ovulyasiya kunlarini bilish kerak?
Ovulyasiya homilador bo'lish uchun eng muhim davr hisoblanadi. Normada ayolda bir hayz sikli davomida o'rtacha 6 kun ichida urug'lanish imkoniyati mavjud bo'ladi. Aynan shu kunlarda jinsiy aloqa yuz bersa, ayol homilador bo'lish ehtimoli mavjud bo'ladi.
Ovulyasiya kunlarini bilish ayniqsa, bepushtlik muammosi yuz berganda, jinsiy aloqalar muntazam bo'lmaganda, hayz sikli har xil bo'lganida juda muhim bo'ladi. Shunda homilador bo'lish uchun barcha harakat aynan o'sha o'vulyasiya kunlariga qaratilgan bo'lishi talab etiladi.
2. Qanday qilib ovulyatsiya bo'layotganidan xabar topishim mumkin?
Ba'zi ayollar o'zidagi gomonal o'zgarishlarni kuzatish jarayonida o'z ovulyasiya kunlarini ayta oladilar. Bu o'zgarishlarga bel og'rishi, qindan ko'proq suyuqlik ajralishi va boshqalar kiradi. Lekin bu alomatlar orqali ovulyasiyani aniq belgilab bo'lmaydi.
Undan tashqari aptekada sotiladigan ovulyasiya testlari va Ultra tovushli diagnostika ovulyasiya bo'layotganini aniq ko'rsatishi mumkin.
3. Bazal harorat nima degani?
Bazal harorat dumba kirish joyi (anus) dagi haroratga aytiladi. Bu haroratning o'zgarishiga qarab ham ovulyasiyani aniqlash mumkin. Chunki ovulyasiyaga sababchi progesteron gormoni tana haroratini oshiradi.
Bazal harorat orqali ovulyasiyani bilish:
Har kuni ertalab o'rindan turmagan holda o'z bazal haroratingizni o'lchaysiz va bir joyga yozib qo'yasiz. Ovulyasiya yaqinlashayotganda shu harorat asta ortishni boshlaydi. Aynan harorat ortishidan 1-2 kun keyin siz urug'lanish uchun moyilsiz. Harorat oshishini prognoz qilish uchun bazal harorat kamida 3 oy davomida kuzatilib yozib borilishi kerak. Shunda keyingi siklda tahminan harorat ko'tarilishi kuzatilishidan so'ng jinsiy aloqada bo'lish homiladorlikka olib kelilshi mumkin. Haroratning ko'tarilgandan so'ng pasayishi ovulyasiya o'tib ketganidan dalolat beradi. (Ko'tarilish va pasayish odatda 0.4-0.6 darajani tashkil etadi)
4. Ovulyasiya kunlarini bilib homiladorlikdan saqlansam bo'ladimi?
Ba'zi ayollar homilador bo'lmaslik uchun ovulyasiya kunlarini bilib, shu kunlarda jinsiy aloqa qilmaslikka, yoki shu kunlari qo'shimcha saqlanish vositalaridan foydalanishga amal qiladilar. Afsuski, bu yo'l homiladorlikdan saqlanish uchun qo'l kela olmaydi. Chunki ovulyasiya sodir bo'lishi organizmning umumiy gormonal holatiga bog'liqdir. Hattoki, asabiylashish ham rejadagi ovulyasiya kunlarini o'zgartirib yuborishi mumkin.
5. Ovulyasiya kunlarini kutib aynan o'sha kunlar oralig'ida jinsiy aloqada bo'lsam, homilador bo'lishim aniqmi?
Albatta homilador bo'lish uchun ayolda ovuyasiya bo'lishi darkor. Lekin undan tashqari erkakning salomatligi, ayoldagi boshqa gormonal holatlar va jinsiy kasallliklar mavju bo'lmagani muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun homiladorlikka tayyorgarlik ko'rayotgan ayollar ovulysiyaga bog'lanib qolib fikri-hayoli uni hisoblab, aynan o'sha kunlari aloqada bo'lishni mo'ljallab stressga tushmay, o'z hayotlarini har doimgidek davom etishlari kerak. Stress, ba'zida ovulyasiya bo'lmasligini ham keltirib chiqaradi.
Ayol umuman ovulaysiya kunlarini tahminan bilib, shunga muvofiq yo'l tutishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Lekin ertayu-kech barcha harakatini ovulyasini hisoblashga qaratib yurgan ayollarda asabiylashish kuchli bo'lib, homiladorlik yuz berishiga ba'zida to'sqinlik qilishi ham mumkin.