M aqolani qayta chop etish O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qat'iyan taqiqlanadi!



Yüklə 428,69 Kb.
səhifə1/7
tarix14.12.2023
ölçüsü428,69 Kb.
#179565
  1   2   3   4   5   6   7
! - Ovulyasiya - ХАҚИДА БАТАВСИЛ МАЬЛУМОТ


Ovulyasiya testi


M aqolani qayta chop etish O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qat'iyan taqiqlanadi!


Ovulyasiya sodir bo'layotganini aniq qilib faqat UTD aytib berishi mumkin. Lekin hozirgi kunda uy sharoitida ham ovulyasiyani aniqlash yo'li bor. Dorixonalarda sotiladigan Ovulyasiya TESTibunda yordam beradi.
Ovulyasiya testi qanday ishlaydi?
Ovulyasiya testi siydikdagi lyutein gormoni (LH) miqdorini aniqlaydi va homiladorlik bo'lish uchun eng qulay kun-ovulyasiya kuni qachon ekanligini ko'rsatib beradi. ayol tuxum hujayrasining urug'lanishga tayyorlovchi gormon LH gormoni hisoblanadi. U ayollarda hayz sikli davomida mavjud bo'ladi, lekin aynan homilador bo'lishga tayyor davr(ovulyasiya) oldidan uning miqdori oshadi va test buni ko'rsatadi.
Ovulyasiya testini hayz siklining qaysi kunida o'tkazish kerak?

 Hayz sikli davomiyligi

Ovulyasiya testini o'tkazish kerak bo'lgan kun (hayz boshlangan kundan boshlab)

21 kun

5

22 kun



23 kun 

8

24 kun 



25 kun

10 

26 kun 

11 

27 kun 

12 

28 kun

13

29 kun 

14 

30 kun

15

31 kun

16 

32 kun 

17 

33 kun

18 

34 kun 

19 

35 kun

20

36 kun

21 

37 kun 

22 

38 kun

23 

*Hayz kelgan kun hayz siklining birinchi kunidir.
**Hayz kelgan kunidan boshlab keyingi hayz kelguncha bo'lgan davr - hayz sikli.
Testni jadvalda ko'rsatilgan kundan boshlab har kuni muntazam ravishda o'tkazish lozim. Test natijasi ijobiy chiqqandan so'ng homiladorlik yuzaga kelish uchun jinsiy aloqa keyingi 24-48 soat ichida amalga oshiriladi. 
Hayz sikli doim har xil bo'lsa, qaysi kuni test o'tkazish tavsiya etiladi?
Agar hayz sikli davri o'zgaruvchan bo'lsa, u holda ovulyasiyani tutib olish oson bo'lmaydi. Buning uchun hayz boshlanganidan 5 kun o'tgach testni ijobiy natija chiqquncha har kuni muntazam ravishda bajarish talab etiladi. 
Ovulyasiya testini qaysi payt o'tkazgan ma'qul?
Aniqroq natija uchun kunning ikkinchi yarmida o'tkazgan ma'quloq. Muhimi testni har kuni bir vaqtda bajarish lozim. Test bajarish oldidan 3-4 soat siymagan bo'lish kerak. Test o'tkazish oldidan juda ko'p suyuqlik ichilishi test natijasiga ta'sir qilishi mumkin.
Ovulyasiya testi ijobiy natija ko'rsatsa, homilador bo'lish uchun qachon jinsiy aloqada bo'lish zarur?
Test ijobiy natija ko'rsatganidan so'ng 24-48 soat ichida jinsiy aloqada bo'lish homiladorlik yuzaga kelish imkoniyatini beradi. Ya'ni, test ijobiy chiqqan kun va undan keyin 2-3 kun davomida jinsiy aloqa qilish tavsiya etiladi.
Ovulyasiya testi ikki chiziq ko'rsatsa-yu, lekin biri och rangda bo'lsa, ovulyasiya sodir bo'lgan bo'ladimi?
Yo'q. Homiladorlik testidan farqli ravishda och rangdagi chiziqlar ovulyasiya hali sodir bo'lmaganidan dalolat beradi.
Ovulyasiya testida ikkala chiziqning yaqqol namoyon bo'lishi necha kun davom etadi?
Odatda 1-2 kun davom etadi. Ba'zi ayollarda bu davr, ya'ni ovulyasiya bo'lishidan oldingi lyutein gormonining ortishi davri, uch kungacha davom etishi mumkin.
Ovulyasiya testini qanday bajarish lozim? 
Ovulyasiya testi 2 xil bo'ladi. Biri siydik oqimi ostiga qo'yilgan holda qilinsa, ikkinchisi idishdagi siydik ichiga testni bir necha soniyaga joylagan holda bajariladi. Testni o'tkazish haqida foydalanish tartibidan bilib olsa bo'ladi.
O vulyasiya testini natijasini bilish:

Suratda ko'rsatilganidek, birinchi ustundagi ikki test natijasi yaqin kunda ovulyasiya sodir bo'lishidan dalolat beradi. Unda kontrol chiziq ham, test chizig'i ham ravshan bo'yalgan. Pastdagisida esa test chizig'i hatto kontrol chizig'idan ham yorqinroq. Ya'ni shu kuni va undan keyin 2-3 kun davomida homilador bo'lish uchun jinsiy aloqa qilish kerak.


Qolgan ikki ustundagi test natijalari ovulyasiya uchun yetarlicha LH gormoni ishlab chiqilmaganidan dalolat beradi. Demak, testni keyingi kunlar ham amalga oshirishda davom etish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Yüklə 428,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin