Yuqoridagi rasmda hayz siklining 14chi kunida ovulyasiya sodir bo'lgani yaqqol namoyon bo'lmoqda. Hayz siklining 12-13 kuni harorat pasayib, 15 kunda keskin ko'tarilgan. Demak, 14chi kuni ovulyasiya bo'lib o'tdi.
Ovulyasiya bo'lmagan sikl:
Bu grafikda harorat butun hayz sikli davomida past bo'lib, hayz siklining 2 fazasida ham ko'tarilmadi. Demak, ovulyasiya ma'lum sabablarga ko'ra sodir bo'lmagan.
Shuni unutmaslik kerakki, uyqusizlik, qattiq asabiylashish, stess va boshqa ruhiy holatlar bazal haroratni o'zgartirib yuborishi mumkin. Natijada harorat natijasi xato chiqadi. Shuning uchun ovulyasiyani aniq bilishni istayotgan ayol asabiylashmaslikka, stress holatiga tushmaslikka va haroratni to'g'ri o'lchashga ahamiyat bermog'i lozim.
4. Bazal haroratni o'lchash tartibi. Bazal harorat orqali ayol tuxumdoni faoliyatini kuzatsa bo'ladi. Uni aniqlash ba'zi xususiyatlarga ega:
Harorat tongda o'rindan turmasdan o'lchanadi. Bundan oldin kamida 3 soat uxlagan bo'lish zarur. Shuning uchun termometrni kechqurun uyqudan oldin karavot yoniga tayyorlab qo'yish kerak. Tongda karavotda yotgan holda, qo'pol harakatlar qilmay, termometrni anusga 5 daqiqaga joylaysiz;
Ovulyasiyani o'lchab yurish davrida stress, alkogol ichimliklar, og'ir sport mashg'ulotlari, muzlash va shamollashdan xoli bo'lmoq zarur. Chunki bu holatlar harorat ko'rsatkichini xato qilib ko'rsatadi.
Harorat darajasini aniq bilib shu zahoti yozib qo'yishni unutmang. Chunki 0.1 pog'onaga bo'lgan o'zgarish ham ovulyasiya kunini aniqlashda muhim rol o'ynaydi.
Qo'shimcha:
Agar hayz sikllining 1 - fazasida ham bazal harorat 37.0 dan yuqorida bo'lsa, sizda jinsiy kasalliklar mavjud bo'lishi mumkin;
Agar hayzning 2 - fazasi boshlanib tana harorati oshishi faqatgina 5-6 kunga cho'zilib, keyingi hayz boshlangunicha pasasaysa, organizmda gormonal buzilish mavjud bo'lishi mumkin;
Hayz kelayotgan kunlarda ham bazal harorat 37.0 dan yuqori bo'lishi, endometrit yoki endometrioz mavjudligidan dalolat berishi mumkin;
Hayz siklining barcha kunlarida harorat 37.0dan yuqori bo'lishi kuchli yallig'lanish mavjudligidan dalolat berishi mumkin.