M aqolani qayta chop etish O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qat'iyan taqiqlanadi!


Ovulyasiya testiga aniq ishonsa bo'ladimi?



Yüklə 428,69 Kb.
səhifə2/7
tarix14.12.2023
ölçüsü428,69 Kb.
#179565
1   2   3   4   5   6   7
! - Ovulyasiya - ХАҚИДА БАТАВСИЛ МАЬЛУМОТ

Ovulyasiya testiga aniq ishonsa bo'ladimi?
Hozrigi kunda ovulyasiyani aniqlashda ovulyasiya testi UTD dan so'ng eng aniq yo'l hisoblanadi. Lekin uning yordamida ovulyasini tutib olish uchun anchagina test tayoqchalarini ishlatish kerak bo'ladi. Bu esa moliyaviy mablag'ni talab etadi.
Ovulyasiyani uy sharoitida hisoblash (bazal harorat)
Homilador bo'lishni niyat qilib, lekin ma'lum sabablarga ko'ra bo'la olmayotgan ayol o'z ovulyatsiya davri haqida bilishi lozim. Chunki aynan ovulyasiya payti yuz bergan jinsiy aloqa homiladorlikka olib keladi. Ovulyasiyani bilish uchun Ultra tovushli diagnostika eng aniq yo'ldir. Lekin uy sharoitida ham taxminan ovulyasiya kunini aniqlash imkoniyati mavjud. 
Uy sharoitida ovulyasiya bazal haroratni aniqlash orqali amalga oshiriladi.
Buning uchun:
1. Oddiy istma o'lchaydigan termometrni tayyorlaymiz. Harorat ayolning orqasi (anus)ida aniqlangani tufayli termometr toza bo'lishi kerak. Buning uchun uni spirt bilan artib chiqib har kuni kechqurun karavot yoniga idishga solib tayyor qilib qo'yamiz. 
Termometr bilan nihoyatda ehtiyot bo'lish kerak. Uning sinib ichidagi rtutning to'kilishi hayot uchun o'ta xavflidir. Termometr sinmasligi kerak. Nobodo sinib qolsa, uyni maxsus tez yordam brigadasi bilan tozalash talab etiladi.
2. Daftarga quyida ko'rsatilgandek jadval chizamiz:
Hayz kunlari - bu sizning hayz davom etish davri (odatda 28-38 kunni tashkil etadi);
Ovulyasiyani aniqlash uchun kamida 6 hayz siklini nazorat qilish talab etiladi. Ya'ni siz shunday jadvaldan 6 ta tayyor qilib to'ldirib chiqishingiz kerak bo'ladi.

Har kuni haroratni ushbu jadvalga yo'zib, grafikda nuqta bilan belgilab borasiz.
O'ltita hayz sikli bo'lib o'tgandan keyin siz ovulyasiya kunlaringizni qachon bo'lishini taxmin qilishingiz mumkin bo'ladi.
3. Jadvaldan ovulyasiya kunlarini bilish.
Normada hayz boshlangandan so'ng o'rtacha 2 hafta davomi (hayz siklining 1 fazasi)da bazal harorat 37.0 darajadan oshmaydi. Hayz siklining 2-fazasi boshlanishidan oldin harorat biroz pasayib birdan 0.4-0.5 pog'onaga ko'tariladi. Aynan shu ko'tarilish ovulyasiya bo'lib o'tganidan dalolat beradi. Agar siz 6 sikl davomida har kuni bazal haroratni o'lchab yozib borsangiz, keyingi oyda qachon ovulyasiya kutilishi mumkinligini taxmin qila olasiz. Keyingi hayz boshlangunicha harorat ko'tarilgan bo'lib turadi, uning pasayishi bilan hayz boshlanadi. Harorat muntazam pasaymasligi homiladorlik yuz berganligidan dalolat berishi mumkin.
Misol uchun, har siklda harorat 14chi kuni biroz pasayib 15chi kundan boshlab ko'tarilayotgani namoyon bo'lsa, demak sizda hayz siklining 14chi kunida ovulyatsiya bo'ladi. Aynan shu kunda qilingan jinsiy aloqaning homiladorlikka olib kelish ehtimoli eng katta bo'ladi.
 

Yüklə 428,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin