M behbudiy nomidagi samarqand viloyat xalq ta’limi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti maktabgaca va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi boshlang‘ich sinflarda matematika fanidan ochiq dars ishlanmalari
M. BEHBUDIY NOMIDAGI SAMARQAND VILOYAT XALQ TA’LIMI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
MAKTABGACA VA BOSHLANG‘ICH TA’LIM KAFEDRASI BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANIDAN OCHIQ DARS ISHLANMALARI SAMARQAND-2011 Boshlang‘ich sinflarda matematika fanidan ochiq dars ishlanmalari. (Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun metodik tavsiyanoma). Samarqand VPKQTMOI. 2011-yil. 25 bet.
Tuzuvchilar: J.Bo‘stonqulova – maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi.
D.Rabbanayeva – maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi.
Taqrizchilar: R.Jo‘raqulov – Sam.VPKQTMOI dotsenti
Sh. Hayitmurodov – tabiiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi
Ushbu tavsiyanomada matematika fanidan umumlashtiruvchi va 1 soatlik dars ishlanmalaridan namunalar berilgan bo‘lib, boshlang‘ich siunf o‘qituvchilariga metodik yordam bo‘ladi degan umiddamiz.
M.Behbudiy nomidagi Samarqand viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, 2011-yil.
II sinf Matematika Dars mavzusi: Yakunlovchi dars II – chorak davomida o`tilganlarni mustahkamlash.
Dars maqsadi: O`quvchilarni bilim ko`nikam va malakalarini tekshirish. Ularni mustaqil misol, masalalar yecha olishini kuzatish. Tezkor misollar javoblarini ayta olishini 100 ichida (+); (-) ni kuzatish.
Dars jihozi: Darslik kitobdan (+); (-) ga doir tarqatma qog`ozlardan, meva, sabzavotlar, o`quv qurollaridan foydalanish.
Darsning borishi: a) tashkiliy qism. b) uy vazifasini aniqlash 492-493 – misollar. O`quvchilar daftarlarini ko`rib chiqib so`rab baholash.
Baholash. Yangi mavzu: Yakunlovchi dars II – chorak davomida o`tilganlarni mustahkamlash.
O`quvchilarni o`tilgan mavzular bo`yicha mustaqil misol masalalar berib, o`tilganlarni esga solib takrorlash.