M behbudiy nomidagi samarqand viloyat xalq ta’limi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti maktabgaca va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi boshlang‘ich sinflarda matematika fanidan ochiq dars ishlanmalari


Barglarning topshiriqlari. Mavzular yuzasidan amaliy ishlar



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə7/15
tarix12.11.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#68674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Mate.ochiq darslar

Barglarning topshiriqlari. Mavzular yuzasidan amaliy ishlar.
1. 6 minutni sekundda ifodalang.
6* 60 = 360 sekund
2. 3 soatni minut bilan ifodalang.
3* 60 = 180 minut
3. Sekundda ifodalang:
2 min 15 sek = 2* 60 + 15 = 120 + 15 = 135 sekund
7 min 40 sek = 7 * 60 + 40 = 420 + 40 + 460 sekund
4. Minutda ifodalang:
600 sek = 600: 60 = 10 minut
5. Soatda ifodalang:
60 min = 60:60 = 1 soat
5 sutka 5 * 24 = 120 soat
O‘quvchilar topshiriqlarni bajarishadi.
Dam olish daqiqasi. Bahor fasli haqida she’rlar, qo‘shiqlar aytish.
O‘qituvchi: Mana barglar ham chiqdi. Aha endi yer yuzini bezaymiz. Yam-yashil maysalar unib chiqishi kerak, lekin ularning ham savollari bor. Marhamat.


Mavzular yuzasidan test savollari.
1. 1000 dan bitta kam sonni ayting.
a) 999 b) 99 d) 899
2. 1 kg necha gramm ?
a) 10 g b) 100 g d) 1000 g
3. 1 sr necha kg ?
a) 100 kg b) 1000 kg d) 10 kg
4. 1 t necha kg ?
a) 100 kg b) 1000 kg d) 10 kg
5. 1 t necha sr ?
a) 1 sr b) 10 sr d) 100 sr
6. 1 minut necha sekund ?
a) 50 sekund b) 60 sekund d) 100 sekund
7. 1 soat necha minut ?
a) 60 minut b) 45 minut d) 40 minut
8. 1 sutka necha soat ?
a) 20 soat b) 24 soat d) 25 soat
9. 1 hafta necha sutka ?
a) 7 sutka b) 6 sutka d) 5 sutka


Dam olish daqiqasi. Matematik maqollar.
O‘quvchilar bilgan maqollarini aytib beradi.

  1. Bir yigitga qirq hunar oz.

  2. Birni kessang mingni ek.

  3. Bilagi zo‘r birni yengar, bilimi zo‘r mingni.

  4. Yetti o‘lchab bir kes.

  5. Besh qo‘l barobar emas.

O‘qituvchi: Mana barglar, giyohlar ham unib chiqdi, endi daraxtimiz gullashi kerak. Albatta gullarning ham sizga beradigan topshiriqlari bor. Tayyormisiz? Marhamat.


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin