M behbudiy nomidagi samarqand viloyat xalq ta’limi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti maktabgaca va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi boshlang‘ich sinflarda matematika fanidan ochiq dars ishlanmalari



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə10/15
tarix12.11.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#68674
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Mate.ochiq darslar

Yil davomida o‘tilgan mavzular: uzunlik, vaqt, massa birliklari, 1000 ichida qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish.
O‘qituvchi: Barakalla bolalar. Kampir bo‘g‘irsoq pishirishga ketibdi. Lekin sizga yana bir topshiriq berib ketdi. Bo‘g‘irsoq pishgunicha bolalar mana bu geometrik shakllarni nomlarini va ularni hayotda qanday narsalarga o‘xshashligini topishsin deydi. Tayyormisiz?
Masalan:aylana – nonga,uchburchak – tomga, to‘tburchak – kitobga o‘xshaydi.
O‘qituvchi: Kampir mana bu bo‘g‘irsoqni pishirib kelibdi va uni deraza tokchasiga qo‘yib ketibdi. Chol boboni ishi tugayvermabdi. Bo‘g‘irsoq esa turaverib zerikibdi va derazadan bir sakrab pastga tushibdi. O‘rmon oralab, qo‘shiq kuylab keta boshlabdi.
Men bo‘g‘irsoq, bo‘g‘irsoq, surpadagi un-urvoq.
Supurishib oldilar, xamir qilib qordilar.
Pishirdilar tovada, sovitdilar havoda,
Qochib ketdim bobomdan, qochib ketdim buvimdan.
Shunda oldidan quyon chiqib qolibdi va bo‘g‘isoqqa:

Bolalar bo‘g‘irsoqqa yordam beramizmi?
O‘tilgan mavzular yuzasidan savollar:
1. Uzunlik o‘lchov birliklarini aytib bering.
2. Og‘irlik o‘lchov birliklarini aytib bering.
3. Vaqt o‘lchov birliklarini aytib bering.
4. Eng kichik og‘irlik o‘lchov birligini ayting.
5. Eng kichik vaqt o‘lchov birligini ayting.
6. Eng kichik uzunlik o‘lchov birligini ayting.
7. 2 sutka necha soat bo‘ladi?
8. 3 asr necha yil bo‘ladi?
9. Perimetr qanday topiladi?
10. 8 ga ko‘paytirish jadvalini aytib bering.
O‘quvchilar savollarga javob berishadi.
O‘qituvchi: Bo‘g‘irsoq yana yo‘lida davom etibdi, oldidan ayiq chiqibdi:

  • Bo‘g‘irsoqjon yaxshimisan? Juda vaqtida uchrading-da, qornim ochib turgandi seni yeyman,- debdi.

  • Meni yemagin, senga qo‘shiq aytib beraman, - debdi bo‘g‘irsoq.

  • Qo‘shiq kerak emas, bolalar mana bu tezkor savollarga javob berishsa seni yemayman,- debdi ayiq. Bolalar bo‘g‘irsoqqa yordam beramizmi?


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin