Tezkor savollar:
Eng katta uch xonali son qaysi?
Kamalakda necha xil rang bor?
Eng kichik to‘rt xonali son qaysi?
Qaysi hayvon asalxo‘r?
Haftaning yettinchi kuni?
Dunyodagi eng katta ilon? (anakonda )
7.Qattiq holatdagi suv nima? (muz)
8. Eng katta suv hayvoni? (kit)
9. Gap nimadan tuziladi? (so‘z)
10. Xaltasida bolasini olib yuradi? (kenguru)
O‘quvchilar savollarga javob berishadi
O ‘qituvchi: Bo‘g‘irsoq yo‘lida davom etibdi, uning oldidan bo‘ri chiqib qolibdi va bo‘g‘irsoqqa:
Bo‘g‘irsoq yaxshimisan? Ochqab turgandim seni yeyman,- debdi.
Meni yemagin, senga qo‘shiq aytib beraman, - debdi bo‘g‘irsoq.
Qo‘shiq kerak emas, bolalar mana bu konvertdagi topshiriqlarni to‘g‘ri bajarsa seni yemayman,- debdi bo‘ri. Topshiriqlarni bajaramizmi?
Mavzular yuzasidan amaliy ishlar.
1. 6 minutni sekundda ifodalang.
6* 60 = 360 sekund
2. 3 soatni minut bilan ifodalang.
3* 60 = 180 minut
3. Sekundda ifodalang:
2 min 15 sek = 2* 60 + 15 = 120 + 15 = 135 sekund
7 min 40 sek = 7 * 60 + 40 = 420 + 40 + 460 sekund
4. Minutda ifodalang:
600 sek = 600: 60 = 10 minut
2 soat 30 min = 2* 60 + 30 = 120 + 40 = 150 min
5. Soatda ifodalang:
60 min = 60:60 = 1 soat
5 sutka 5 * 24 = 120 soat
O‘quvchilar topshiriqlarni bajarishadi.
O‘qituvchi: Bo‘ri ham bo‘g‘irsoqni yemabdi. Bo‘g‘irsoq yo‘lida davom etibdi. Oldidan sher chiqib qolibdi va bo‘g‘irsoqqa:
Qalaysan bo‘g‘irsoqjon? Qornim ochib turganda yo‘limdan chiqib qolganingni qaraya, endi seni yeyman,- debdi.
Meni yemagin, senga qo‘shiq aytib beraman, - debdi bo‘g‘irsoq.
Qo‘shiq kerak emas, bolalar mana bu topshiriqlarimni bajarishsa seni yemayman,- debdi sher. Bo‘g‘irsoqqa yordam beramizmi?
Soat ichida 1 dan 12 gacha bo‘lgan raqamlar joylashtirilgan. Shu sonlar ishtirokida shunday sonni hosil qilish lozimki, barcha natijasi 13 yoki 14 sonlar hosil bo‘lsin, bir marta ishlatilgan son qayta takrorlanmasin.
1) 12 + 1 = 13 1) 12 + 2 = 14
2) 11 + 2 = 13 2) 10 + 4 = 14
3) 10 + 3 = 13 3) 11 + 3 = 14
4) 9 + 4 = 13 4) 9 + 5 = 14
5) 8 + 5 = 13 5) 8 + 6 = 14
O‘quvchilar topshiriqlarni bajarishadi.
Dostları ilə paylaş: |