Barglarning topshiriqlari. Mavzular yuzasidan amaliy ishlar. 1. 6 minutni sekundda ifodalang.
6* 60 = 360 sekund
2. 3 soatni minut bilan ifodalang.
3* 60 = 180 minut
3. Sekundda ifodalang:
2 min 15 sek = 2* 60 + 15 = 120 + 15 = 135 sekund
7 min 40 sek = 7 * 60 + 40 = 420 + 40 + 460 sekund
4. Minutda ifodalang:
600 sek = 600: 60 = 10 minut
5. Soatda ifodalang:
60 min = 60:60 = 1 soat
5 sutka 5 * 24 = 120 soat
O‘quvchilar topshiriqlarni bajarishadi. Dam olish daqiqasi. Bahor fasli haqida she’rlar, qo‘shiqlar aytish. O‘qituvchi: Mana barglar ham chiqdi. Aha endi yer yuzini bezaymiz. Yam-yashil maysalar unib chiqishi kerak, lekin ularning ham savollari bor. Marhamat.
Mavzular yuzasidan test savollari. 1. 1000 dan bitta kam sonni ayting. a) 999 b) 99 d) 899
2. 1 kg necha gramm ? a) 10 g b) 100 g d) 1000 g
3. 1 sr necha kg ? a) 100 kg b) 1000 kg d) 10 kg
4. 1 t necha kg ? a) 100 kg b) 1000 kg d) 10 kg
5. 1 t necha sr ? a) 1 sr b) 10 sr d) 100 sr
6. 1 minut necha sekund ? a) 50 sekund b) 60 sekund d) 100 sekund
7. 1 soat necha minut ? a) 60 minut b) 45 minut d) 40 minut
8. 1 sutka necha soat ? a) 20 soat b) 24 soat d) 25 soat
9. 1 hafta necha sutka ? a) 7 sutka b) 6 sutka d) 5 sutka
Dam olish daqiqasi. Matematik maqollar. O‘quvchilar bilgan maqollarini aytib beradi. Bir yigitga qirq hunar oz.
O‘qituvchi:Mana barglar, giyohlar ham unib chiqdi, endi daraxtimiz gullashi kerak. Albatta gullarning ham sizga beradigan topshiriqlari bor. Tayyormisiz? Marhamat.