M behbudiy nomidagi samarqand viloyat xalq ta’limi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti maktabgaca va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi boshlang‘ich sinflarda matematika fanidan ochiq dars ishlanmalari



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə8/15
tarix12.11.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#68674
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Mate.ochiq darslar

Gullarning topshiriqlari.
O‘tilgan mavzular yuzasidan amaliy ish . Masala.
Yuk mashinasi 5 soatda 200 km yurganidan keyin yana 100 km yo‘l qoldi. Agar mashina o‘z tezligini soatiga 10 km oshirsa, qolgan yo‘lni o‘tishi uchun yana qancha vaqt kerak bo‘ladi?
Yechish:

  1. 200 : 5 = 40 km/s

  2. 40 + 10 = 50 km/s

  3. 10 : 50 = 2 soat

Javob: Yana 2 soat vaqt kerak bo‘ladi.
O‘quvchilar topshiriqni bajarishadi.
O‘tilgan mavzular yuzasidan shu kabi masalalar yozma va og‘zaki ravishda bajariladi.
O‘qituvchi: Mana bolalar daraxtimiz gullab, chiroyli tusga kirdi. Shu bilan birga o‘tilgan mavzularni ham takrorlab oldik. Bugun darsda faol qatnashgan o‘quvchilarga mana shu bahor gullaridan beraman.
Darsga faol qatnashgan o‘quvchilar e’lon qilinadi va bahor gullari bilan rag‘batlantiriladi.
Uyga vazifa.
1000 ichida ko‘paytirish va bo‘lishga doir misol va masalalar tuzish va yechish.


MATEMATIKA III sinf
III sinf yil davomida o‘tilgan mavzular yuzasidan umumlashtiruvchi dars ishlanmasi
Darsning mavzusi: yil davomida o‘tilganlarni takrorlash va mustahkamlash.
Darsning maqsadi:

  1. Ta’limiy maqsad: yil davomida o‘tilgan mavzular: uzunlik, vaqt, massa birliklari, 1000 ichida qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish mavzularini takrorlash va umumlashtirish.

  2. Tarbiyaviy maqsad: turmushda uchraydigan turli miqdoriy munosabarlar bilan bog‘liq holda bajariladigan ishlarda o‘lchov birliklari, nisbatlari o‘rtasidagi boglanishlarni to‘g‘ri ko‘ra bilishga o‘rgatish.

  3. Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning hisob-kitob ilmiga oid bilimlarini rivojlantirish, vaqt o‘lchovlari jadvalini tuzish, bu bilimlardan misol va masalalar yechish jarayonida foydalanishga o‘rgatish.


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin