M behbudiy nomidagi samarqand viloyat xalq ta’limi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti maktabgaca va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi boshlang‘ich sinflarda matematika fanidan ochiq dars ishlanmalari


O‘quvchi: Bahorda qushlar uchib keladi, daraxtlar kurtak chiqaradi, gullaydi. Yer yuzi yam–yashil giyohlar bilan qoplanadi. O‘qituvchi



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə6/15
tarix12.11.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#68674
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Mate.ochiq darslar

O‘quvchi: Bahorda qushlar uchib keladi, daraxtlar kurtak chiqaradi, gullaydi. Yer yuzi yam–yashil giyohlar bilan qoplanadi.
O‘qituvchi: Barakalla. Lekin mana bu daraxtni qaranglar barg ham chiqormabdi, gullamabdi ham. Bolalar daraxtga yordam beramizmi? Buning uchun mana bu qushlar, giyohlar, barglar, gullarning savollariga javob berishimiz kerak. Shunda ular o‘z o‘rinlarini topishadi. Tayyormisiz?
M ana bulutlar ham quyosh yuzini to‘sib turibdi daraxtimiz gullashi uchun, bulutlarni tarqatishimiz kerak. Bulutlarning ham savollari bor ekan, javob bera olasak, ular tarqab ketadi.






Bulut topshiriqlari:
1. Sanoq qaysi son bilan boshlanadi? (1)
2. Eng katta bir xonali son qaysi? (9)
3. Alisher Navoiy bobomiz nechanchi fevralda tug‘ilgan? (9)
4. Ertaklar qaysi son bilan boshlanadi? (1)
O‘quvchilar savollarga javob berishadi.
O‘qituvchi: Bolalar qaysi son kelib chiqdi? Vatanimiz tarixida shu yili qanday qutlug‘ sanalar esda qoldi?
1- o‘quvchi: 31-avgust – Vatanimiz mustaqil beb e’lon qilindi.
2- o‘quvchi: 1- sentabr – Mustaqillik bayrami deb e’lon qilindi.
3- o‘quvchi: 18- noyabr – Davlat bayrog‘imiz qabul qilindi.
4- o‘quvchi: 29-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tkazildi va 86 foiz ovoz bilan I.A.Karimov O‘zbekistonning birinchi Prezidenti etib saylandi.
O‘qituvchi: Biz bulutlar topshirig`ini bajarib ularni haydadik. Endi esa qushlarni chaqiramiz. Lekin qushlarning ham savollari bor ekan. Bolalar savollarimizga javob bersagina biz sizning yurtingizga uchib kelamiz demoqda. Tayyormisiz?




O‘tilgan mavzular yuzasidan savollar:
1. Uzunlik o‘lchov birliklarini aytib bering.
2. Og‘irlik o‘lchov birliklarini aytib bering.
3. Vaqt o‘lchov birliklarini aytib bering.
4. Eng kichik og‘irlik o‘lchov birligini ayting.
5. Eng kichik vaqt o‘lchov birligini ayting.
6. Eng kichik uzunlik o‘lchov birligini ayting.
7. 2 sutka necha soat bo‘ladi?
8. 3 asr necha yil bo‘ladi?
9. Perimetr qanday topiladi?
10. 8 ga ko‘paytirish jadvalini aytib bering.
O‘quvchilar savollarga javob berishadi.
O‘qituvchi: Mana qushlar ham uchib kelishdi. Aha endi daraxt barglariga navbat. Barglarning ham topshiriqlari bor ekan. Tayyormisiz?




Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin