Darsning usuli: Interfaol.
Darsning turi: Sayohat.
Darsning jihozi: Rangli rasmlar, didatik materiallar, tarqatma varaqalar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axborotini tinglash, o‘quvchilarning darsga hozirligini tekshirish.
Darsning shiori:
Chiroyli yoz, yozsang xat,
Chunki bu ham bir san’at.
O‘quvchilar 4 guruhga bo‘linishadi.
guruh – “Nihol”
guruh – “Ko‘chat”
guruh – “Yaproqchalar”
guruh – “Mevalar”
O‘tilgan mavzuni “Klaster” usuli orqali mustahkamlanadi.
1- guruh 2- guruh
Kim?
Nima?
4-guruh
3-guruh
Guruhlar ballanib, o‘tilgan mavzu xulosalanadi. Yangi mavzu bilan o‘quvchilar tanishtirilib dars maqsadi aytilgach, bolalarni tabiat qo‘yniga 10 daqiqalik sayohatga olib chiqiladi. O‘quvchilar sayohat davomida ko‘rganlarini kundaligiga yozib qo‘yadilar.
Masalan:
Shamol esayapti. Yomg’ir yog‘di. Yaproqlar silkinayapti . Suv oqmoqda.
Qushlar sayradi . Qo‘zilar o‘tlayapti. Sigir ma’rayapti. Mashina yurayapti.
Quyidagi savol- javobdan so‘ng o‘quvchilar sinfxonaga qaytadilar va kuzatganlari asosida bahs-munozra yuritishadi. Endi bolalar diqqati kompyuter monitoriga qaratiladi. Ekranda kapalak, sigir, gul, bola rasmlari namoyish etiladi.
Topshiriq:
Ekranda chiqqan rasmlarni harakatlari bilan ifodalab, daftaringizga yozing.
Gul ochiladi, o‘sadi.
Kapalak uchadi qo‘nadi.
Sigir ma’raydi o‘tlaydi.
Bola yugurayapti, o‘ynaydi.
O‘quvchilarning javoblari eshitilib, izohlanadi va quyidagi ta’rif beriladi.
Demak, harakatni bildirgan so’zlar, nima qildi?, nima qilayapti?, nima qiladi? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi.
Bugun biz siz bilan tabiat qo‘yniga sayohat qilish jarayonida narsalarning harakatini kuzatdik va ular qanday harakatlanishini o‘rganib oldik. Men narsa va kishilar nomlarini aytaman, siz ularning harakatini, belgisini, sonini aytasiz. Noto‘g‘ri aytgan o‘quvchilar o‘yindan chiqishadi.
1.Biz toqqa sayohatga … .
2. Tog‘ yon bag‘ri … o‘t bilan qoplandi.
3. Tog‘da … qip – qizil bo’lib ochildi.
4. Qushlar yoqimli … .
5. Men … sinfda o‘qiyman.
O‘quvchilarning javoblari rag‘batlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: |